Morfologiya. Ot so‘z turkumi Sifat, son, olmosh so‘z turkumlari


Download 96.78 Kb.
bet3/16
Sana13.09.2023
Hajmi96.78 Kb.
#1676465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-ma`ruza 4

Bosh kelishik. Odatdagidek, bu kelishik maxsus kо‘rsatkichga ega bо‘lmaydi. Uning asosiy sintaktik funksiyasi ega vazifasida kelishidir: Sakkākiy ul ay manzilina xud yetә bilmәs (Sakkokiy). Anda kөp ulamālar davra alib olturubturlar (Furqat). Shu bilan birga, bosh kelishikdagi sо‘z kesim va ikkinchi darajali bо‘lak vazifasida ham keladi.
Qaratqich kelishigi. Bu kelishik qо‘shimchasi kо‘p variantlidir. Negizning fonetik xususiyatiga qarab, affiksning maxsus variantlari qо‘shila beradi:
-niң \\-niң. Mazkur qо‘shimcha har qanday negizlarga qо‘shila beradi: qoychiniң iti (Tafsir). Elchiniң shahdliq zahri shi:shәsi... (Xamsa). Bu qо‘shimcha XV asrgacha bо‘lgan yodnomalarda tarkibida lablanmagan unlilar bо‘lmagan negizlarga qо‘shilgan. Keyingi davrda esa har qanday negizga qо‘shilgan.
-nuң \\-nүң. Qaratqich kelishigining bu varianti oxirgi bо‘g‘inda lablangan unlilar qatnashgan negizlarga qо‘shiladi: Rasulnuң sөzi (Tafsir). Xarunnuң aqli (QR). Kөzүңnүң allida nargis kelib qatig‘ kөzlүg...(Xamsa). Bu qо‘shimchaning yuqoridagi negizlarga qо‘shilishi XV-XVI asrlargacha davom etgan. Shuningdek, bu qonuniyatdan chekinish hollari ham uchraydi: Kөzniң niyati (Atoiy), xalqnuң ranji (Tafsir).
-iң \\-iң \\-үң. Qadimgi turkiy tilda undosh bilan tugagan negizlarga qо‘shiladigan bu qо‘shimchalar eski о‘zbek tilida ham uchraydi.Lekin uning qо‘llanishi ayrim sо‘z shakllarigagina xosdir. Bu davr yodnomalaridan mazkur qо‘shimcha faqat «Tafsir»da ancha keng qо‘llangandir: ul eliң evlәri, anlariң evlәri.
-үң qо‘shimchasi. Bu qо‘shimcha kim olmoshi bilangina qо‘llangan: Sen kimүң og‘li-sen?
Qaratqich kelishigi qо‘shimchasining bunday variantlari singarmonizmli turkiy tillarda va singarmonizmli о‘zbek shevalarida ham uchraydi.
Bu kelishikning belgisiz qо‘llanishi eski о‘zbek adabiy tili uchun ham xarakterli bо‘lgan: Mүlk ikki bāg‘i ikki ālam \\ Sultanlig‘ erүr saңa musallam (Xamsa).

Download 96.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling