Morfologiya. Ot so‘z turkumi Sifat, son, olmosh so‘z turkumlari


Download 96.78 Kb.
bet5/16
Sana13.09.2023
Hajmi96.78 Kb.
#1676465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-ma`ruza 4

О‘rin-payt kelishigi. Bu kelishikni hosil qiladigan quyidagi affiks variantlari uchraydi:
-da/-dә jarangli undosh va unli bilan tugagan sо‘zlarga qо‘shiladi: Qayg‘uda za’if boldi (QR). Yүzүңdә nuri tajalli, labiңda javhari ruh (Lutfiy).
-ta/-tә jarangsiz undosh bilan tugagan sо‘zlarga qо‘shiladi: Bu ishtә ixtiyarim yoq turur (Atoiy). Tanimaqta mәgәr yanilmish-sen (Navoiy).
О‘rin-payt kelishigining –ta/-tә affiksi «Boburnoma»da va ayrim boshqa asarlarda uchrasa ham, odatda, jarangsiz undoshlardan keyin ham –da/-dә affiksi qо‘shila bergan.
Chiqish kelishigi. Bu kelishikni hosil qiluvchi quyidagi affikslar mavjud:
-din/-din unli va jarangli undosh bilan tugagan sо‘zlarga qо‘shiladi: Charx qasridin quyash har kүn tүshәr ālamarā (Navoiy). Andijanniң nәshbәtisidin yaxshiraq nәshbәti bolmas (BN).
-tin/-tin jarangsiz undosh bilan tugagan sо‘zlarga qо‘shiladi: Sen bashtin ayaq jan-sen (Muhabbatnoma), lekin jarangsiz undoshlar tugagan sо‘z negizlariga ham –din/-din affiksi qо‘shila beradi. Aksincha jarangli undosh bilan tugagan sо‘zlarga ham –tin \\ -tin affiksining qо‘shilishi qayd qilinadi: Xojandtin Axsig‘a kelүr (Bobir).
-dan/-dәn//-tan/-tәn. Bu affiks XV asrdan oldingi yodgorliklarda uchraydi va ular fakultativ xarakterdadir: Uch kundin sөң zindandan chiqardilar (QR).
Chiqish kelishigining qadimgi turkiy tilga oid –dun/-dүn//-tun/-tүn affikslari sо‘zning oxirgi bо‘g‘inlari lab unlilari bilan kelgan negizlarga qо‘shiladi. Eski о‘zbek tilida bu affikslar faqat «О‘g‘uznoma»da uchraydi: Qirq kundun sөң, kөp toqushg‘udun sөң, anuң kөzү kөktүn kөkrәk yerdi.
Til tarixi faktlari shuni kо‘rsatadiki, chiqish kelishigi formasi keyingi davrlarda shakllangan bо‘lib, uning о‘rnini ma’lum davrlarda о‘rin-payt kelishigi bajargan. Garchand bu xususiyat qadimgi turkiy tilga xos bо‘lsa ham, eski о‘zbek adabiy tilida chiqish kelishigi ma’nosida о‘rin-payt kelishigi formasi qо‘llangan: Bashini uch yerdә yardilar(Tafsir). Bu ishlәrdә birini qqilsaңiz (QR).

Download 96.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling