Morfologiya. Ot so‘z turkumi Sifat, son, olmosh so‘z turkumlari


Download 96.78 Kb.
bet4/16
Sana13.09.2023
Hajmi96.78 Kb.
#1676465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-ma`ruza 4

Tushum kelishigi. Eski о‘zbek adabiy tilida tushum kelishigi –ni \\-ni \\ -n \\-i \\-i variantlariga ega bо‘lgan.
-ni\\-ni. Bu affiks о‘zbek tili taraqqiyotining barcha davrlarida qо‘llanib kelgan: Yolni berkitәyin, qamug‘ni qutqarayin (QR). Bu sөzni kizlәdilәr (TF). Bu qо‘shimcha «Bobirnoma» asarida qaratqich ma’nosini bildirgan: Bir qirg‘avulni үskүnәsini tөrt kishi yeb tugata almaydur (BN).
-n. Bu qо‘shimcha varianti eski о‘zbek tilida ancha faol qо‘llangan Lekin u III shaxs egalik qо‘shimchasidan keyin qо‘shilgan: Qilich birlә bashin kesti (О‘N). Ismāilniң evin sordi (QR). Tushum kelishigining bu qо‘shimchasi she’riy asarlarda keng qо‘llangan.
-i\\-i. Bu qо‘shimcha I va II shaxs egalik qо‘shimchalaridan keyin qо‘shilgan: Adl qulag‘i-la eshit halimi (Muqimiy). Aqlimi tamam aldi tүgmәi giribaniң (Furqat).
Tushum kelishigining belgisiz qо‘llanishi ham eski о‘zbek tili uchun xarakterlidir: Qoymag‘umdur etәgiң (Bobir). Kөңүl shәkәr bikin ag‘ziң kөrүp (Sakkokiy).
Tushum kelishigininү qadimgi turkiy tilga xos bо‘lgan –g‘\\-g,-ig‘\\-ig\\-ug‘\\-үg variantlari eski о‘zbek tilida uchramaydi.
Jо‘nalish kelishigi. Bu kelishik qо‘shimchasi eski о‘zbek tilida –qa\\-g‘a \\- kә \\ -gә, –a\\-ә va –na \\-nә kabi variantlarga ega. Shu bilan birga, qadimgi turkiy tilga xos bо‘lgan –g‘aru\\ -gәrү \\ -qaru \\ -kәrү, -ra \\ -rә, -ru \\-rү qо‘shimchalari ham ayrim yodnomalarda uchraydi.
-g‘a\\–g‘gә varianti unli va jarangli undosh bilan tugagan sо‘zlarga qо‘shiladi, –qa qо‘shimchasi jarangsiz undoshlar va g‘,h undoshlari bilan tugagan negizlarga qо‘shiladi: Eykim bari she’r ahlig‘a sen xān yaңlig‘ \\ She’riң bHari she’rlәrgә sultān yaңlig‘ (Bobir). Lāla qadahina tashqa urduң \\ Jāla gүhhәrini bashqa urduң (Xamsa).
XIII-XIV asr yodgorliklarida bu tartib buzilgan, ya’ni, -g‘a о‘rnida –qa qо‘shimchasi yoki aksincha qо‘llanavergan: Ibrahimg‘a \\ Ibrahimqa, avg‘a \\ avqa, otg‘a \\ otqa (QR).
-kә\\ -gә. Til oldi unlilari qatnashgan negizlarga qо‘shiladi. Eski о‘zbek tilida qay hollarda –kә, qaysi hollarda –gә qо‘shimchasining qо‘shilishini aniqlash birmuncha qiyin, chunki arab yozuvida bu ikki variant ham (kof) harfi bilan yozilgan. Shunga qaramasdan, jarangli va sonor undoshlar va unlilardan sо‘ng –gә, jarangsiz undoshlardan sо‘ng –kә qо‘shimchasining qо‘llanganini mushohada qilish mumkin: Kөңlүmgә dәrd kelgәli...(Boburnoma). Elikkә meniң yashim yeti (SH. turk).
-a /-ә. Bu affikslar undosh bilan tugagan sо‘zlarga qо‘shiladi. Lekin uning qо‘llanishi janrlar bо‘yicha chegaralangan. Bu forma XIII- XIV she’riy asarlarda ham, prozaik asarlarda qо‘llangani holda, XV asr va undan keyingi davrlarda asosan she’riy asarlarda uchraydi: Bashlarini qashima yetkүrүңүz (Shayboniynoma). Kel, taqi yurtuңa egә bol (SH.tar.). Ne uchun avval өzүңә āshnā qqildiң meni (Otoiy). Yā rabb, ne ajab yāri jafākāra yoluqtum \\ Kөzi-yu qashi jādu-vu makkara yoluqtum (Lutfiy). 
Qadimgi turkiy tilga oid bо‘lgan –g‘aru/-gәrү//-qaru/-kәrү//-ru/-rү affikslari eski о‘zbek tilida о‘zining kelishik funksiyasini yо‘qotgan. Ular keyinchalik eski о‘zbek tilida ham ravish yasovchilarga aylanib ketgan.
Qadimgi turkiy tilga oid bо‘lgan –ra/-rә affiksi «Tafsir»da uchraydi: Ya Muhammad, tashra chiq. Biroq keyinchalik bu affiks ham ravish yasovchiga о‘tib ketgan: ichrә (ichkari), asra (pastki, quyi).
Jо‘nalish kelishigining belgisiz qо‘llanishi ham eski о‘zbek tili uchun xarakterli bо‘lgan. Misollar: Senki ul yan әzimәt etkүңdүr (Navoiy). Bir inisin yibәrүr boldi Hisār (Shayboniynoma).

Download 96.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling