filtrlash elementi 3 dan sizib o‘tib, tozalanib, В teshik orqali
karbyuratorga o‘tadi. Sizib o‘tish jarayonida kir va zarrachalar sopol
filtrlovchi elementning
tashqi sirtida ushlanib qolib, sekin-astalik
bilan pastga cho‘kadi. Qotiruvchi skobani bo‘shatib, stakan 6 ni
chiqarib cho‘kindilami yuvib tozalab, qayta o‘miga qotiriladi.
Havo tozalagichlar. Avtomobillar har xil sharoitlarda ishlaydi,
ayniqsa, qishloq xo‘jaligida. Agar karbyuratorga so‘rilayotgan havo
tozalanmasa, uning tarkibidagi chang zarrachalari
silindr-porshen
guruhini ishqalanishini orttiradi. Natijada dvigatelning tejamkorligi
va ishonchli ishlashi pasayadi, ishlash muddati qisqaradi.
Shuning uchun korbyuratorga so‘riliyotgan havoni tozalashning
ahamiyati katta. Havoni tozalash uslubiga
qarab havo tozalagichlar
uch guruhga boiinadi: inersiyali, filtrlovchi va kombinatsiyalashgan.
Hozirda kombinatsiyalashgan xili keng tarqalgan boiib, ularda
silindrlarga kirayotgan havo ikki yoki uch bosqichda tozalanadi.
Avtomobillarda qoilanilayotgan kombinatsiyalashgan
havo tozala-
gichlaming konstruksiyalari
xilma-xil. Lekin ulaming tozalash
uslubi
bir xil boigani uchun, quyida ko‘proq yuk avtomobillarida
qoilaniladigan xilining tuzilishini keltiramiz, 7.10-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: