Mt grafika – yozuv tizimining yetakchi komponenti. Grafika tiplari


Grafemalar O‘zlarining tildagi muqobili (kodlashtirilgan referenti) va yozuvdagi vazifalariga ko‘ra fonografema, prosodemografema, logografema, orfografik belgi va signalizator kabi tiplarga bo‘linadi


Download 21.39 Kb.
bet2/8
Sana31.01.2024
Hajmi21.39 Kb.
#1820229
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MT-2. GRAFIKA – YOZUV TIZIMINING YETAKCHI KOMPONENTI. GRAFIKA TIPLARI

Grafemalar O‘zlarining tildagi muqobili (kodlashtirilgan referenti) va yozuvdagi vazifalariga ko‘ra fonografema, prosodemografema, logografema, orfografik belgi va signalizator kabi tiplarga bo‘linadi.

Grafemalar O‘zlarining tildagi muqobili (kodlashtirilgan referenti) va yozuvdagi vazifalariga ko‘ra fonografema, prosodemografema, logografema, orfografik belgi va signalizator kabi tiplarga bo‘linadi.

Fonografema tovush tilidagi fonemani ifodalaydi, a fonografemasi a fonemasini, z fonografemasi z fonema-sini ifodalagani kabi. Fonografemaning ifoda plani (optik-grafik tasviri) bitta harfga teng bo‘lishi (masalan, k) yoki ikki harf qo‘shilmasidan tarkib topishi (masalan, ng) mumkin. Bunday paytda ular monograf (bir harfli fonografema) va poligraf (ko‘p harfli fonografema) nomlari bilan farqlanadi. Poligraflar O‘z navbatida ikki harfli (digraflar), uch harfli (trigraflar) va hatto to‘rt harfli shakllarda bo‘lishi mumkin. hozirgi (kirillcha) O‘zbek yozuvida ng, sh, ch digraflari mavjud. Uch yoki to‘rt harf qo‘shilmasidan iborat poligraflar O‘zbek yozuvida yo‘q. Ular Garbiy evropa tillarining yozuv tizimlarida uchraydi. Masalan, nemis yozuvida sh tovushi sch trigrafi bilan, ch undoshi esa tsch poligrafi (to‘rt harf qo‘shilmasi) bilan ifodalanadi. Poligraflar tilshunoslikda analitik grafemalar deb ham ataladi1

Prosodemografemalar (prosodemogrammalar). Grafemalarning bu tipi fonografik yozuvning noharfiy belgilarini birlashtiradi hamda tovush tilining ritmik-intonatsion vositalarini(urg‘u, ohang, melodika, pauza kabilarni) yozuvda ifodalash uchun xizmat qiladi. Xususan, urg‘u belgisi so‘zning urg‘uli bo‘g‘inini yozuvda ko‘rsatish zarur bo‘lgan paytlarda ishlatiladi. U urg‘uli bo‘g‘indagi unli tovushni ifodalagan harf ustiga qiya chiziq tarzida qo‘yiladi. Atlas matoning bir turi), atlas (geografik atlas) kabi. Tinish belgilari esa gap va nutqning mazmun mundarijasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydigan fonetik-fonologik vositalarni (ko‘tariluvchi ohang, pasayuvchi ohang, to‘lqinli ohang, sanash ohangi, pauza kabi supersegment birliklarni) yozuvda ifodalash uchun qo‘llanadi.


Download 21.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling