Orfografik belgilar - to‘g‘ri yozish normalarini ta`minlashda qo‘llanadigan maxsus noharfiy grafik vositalar. Rus grafikasi asosidagi O‘zbek yozuvida bunday belgilarning bir turi (defis) mavjud, defis juft va takroriy so‘zlar orasiga qo‘yiladigan gorizontal (tiredan qisqaroq)chiziqchadir. Masalan, erta-kech, katta-kichik, qop-qop, ko‘p-ko‘p kabi. Izoh 5-sinf, 9-modda, 24-maktab kabi birikmalarda defis logogramma vazifasida qo‘llanadi, chunki u bunday holatlarda tartib son tarkibidagi -inchi (-nchi) morfemasini (ma`noli qismni) ifodalaydi Orfografik belgilar - to‘g‘ri yozish normalarini ta`minlashda qo‘llanadigan maxsus noharfiy grafik vositalar. Rus grafikasi asosidagi O‘zbek yozuvida bunday belgilarning bir turi (defis) mavjud, defis juft va takroriy so‘zlar orasiga qo‘yiladigan gorizontal (tiredan qisqaroq)chiziqchadir. Masalan, erta-kech, katta-kichik, qop-qop, ko‘p-ko‘p kabi. Izoh 5-sinf, 9-modda, 24-maktab kabi birikmalarda defis logogramma vazifasida qo‘llanadi, chunki u bunday holatlarda tartib son tarkibidagi -inchi (-nchi) morfemasini (ma`noli qismni) ifodalaydi Signalizatorlar - O‘z referentiga (tovush tilidagi fonemasiga) ega bo‘lmagan, ammo sintagmatik planda o‘zidan oldin kelgan harf bilan birikib, bitta qo‘shma grafema (digraf) hosil qiladigan belgilar. O‘zbek alifbosidagi ayirish (ъ) va yumshatish (ь) belgilari (diakritik harflar) ana shunday signalizatorlar sanaladi. Chunonchi, ayirish belgisi ta`na, me`mor, mo‘tabar kabi arabcha leksik o‘zlashmalarda a`, e`, o‘` kabi digraflarning tarkibiga kiradi va «a», «e(e)», «o‘» unlilarining orqaroq artikulyatsiya bilan cho‘ziqroq talaffuz etilishiga ishora qiladi. yumshatish belgisi esa al`bom, vol`t, ul`tratovush, oktyabr`, sentyabr` kabi so‘zlarda l` va r` digraflari tarkibida qo‘llanib, l va r undoshlarining (rus tili fonemalarining) yumshoqligini bildiradi. Signalizatorlar - O‘z referentiga (tovush tilidagi fonemasiga) ega bo‘lmagan, ammo sintagmatik planda o‘zidan oldin kelgan harf bilan birikib, bitta qo‘shma grafema (digraf) hosil qiladigan belgilar. O‘zbek alifbosidagi ayirish (ъ) va yumshatish (ь) belgilari (diakritik harflar) ana shunday signalizatorlar sanaladi. Chunonchi, ayirish belgisi ta`na, me`mor, mo‘tabar kabi arabcha leksik o‘zlashmalarda a`, e`, o‘` kabi digraflarning tarkibiga kiradi va «a», «e(e)», «o‘» unlilarining orqaroq artikulyatsiya bilan cho‘ziqroq talaffuz etilishiga ishora qiladi. yumshatish belgisi esa al`bom, vol`t, ul`tratovush, oktyabr`, sentyabr` kabi so‘zlarda l` va r` digraflari tarkibida qo‘llanib, l va r undoshlarining (rus tili fonemalarining) yumshoqligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |