Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg‘ona filiali universiteti kompyuter injiniringi(KI) kafedrasi


Download 2.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana18.10.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1709022
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ANVAROV AZAMAT SHUXRAT O\'G\'LI Kompyuter injiniringi(KI) kafedrasi fan nomi Mashinali o\'qitishga kirish

1. Bajaruvchi 
tizim 
2. Bilimlar bazasi 
Predmet sohaga 
moslashish 
Masala tipiga 
moslashish 
F
oyda
lanuvc
h

T
ra
ns
lyato
rlar

o’
za
ro
mul
oqot
ni
ta’
mi
nl
ovc
hi
ti
zim
P
rog
ra
mm
ala

His
oblas
h,
mantiqi
y,
Iz
las
h
vos
it
alar



6. Mashinali o’qitishning amaliy sohalari tahlili 
 
MO’ ning qo`llanilish sohalariga quyidagilar kiradi: 
Teoremalarni isbotlash
▪ O`yinlar; 
▪ Timsollarni tanib olish; 
▪ Qaror qabul qilish; 
▪ Adaptiv (moslashuvchan) dasturlash; 
▪ Mashinada musiqalarini bastalash; 
▪ Tabiiy tilda ma’lumotlarni qayta ishlash; 
▪ O`qituvchi to`rlar (neyroto`rlar); 
▪ Og`zaki kontseptual o`qitish. 
MO’ quyidagi sohalarga qo’llanilmoqda: timsollarni tanib olish, 
ma’lumotlarni ishlash, timsollardagi ma’lumotlarni to’ldirish, assosiativli qidiruv, 
sinflash, bashoratlash, tashxis qo’yish, signallarni ishlash, jarayonlarni boshqarish, 
ma’lumotlarni segmentlash, ma’lumotlarni siqish, murakkab jarayonlarni 
boshqarish, mashinali ko’rish, nutqlarni tanish va h.k. 
Hozirgi vaqtda har bir predmet sohada MO’ masalalarini topish mumkin. 
Iqtisod va biznes. Bozorlar va banklarning sinishini oldindan aytish
avtomatik diling, kreditlarni qaytarmaslikning oqibatini baholash, ko’chmas mulk 
narxini baholash, avtomatik reytinglash, buyum va pulli oqimlarni optimallashtirish, 
chek va shakllarni hisoblashni avtomatlashtirish kabi masalalarni yechishda 
qo’llaniladi. 
Tibbiyot. Bu sohada tibbiy tasvirlarni ishlash, bemorlarning holatini 
monitoring qilish, tashxis qo’yish, davolashni samaradorligini faktotli tahlil qilish, 
davolashni nazorat qilish kabi masalalar yechiladi. Misol: ko’z qatlami tomirlaridagi 
melonomlarni oldindan tashhislash tizimi 
(http:
/
/www.chat.ru/ 
neurocon). 
Аvionika. Bu sohada o’rgatuvchi avtomatlar, radar signallarini anglab olish, 
kuchli shikastlangan samolyotda uchish apparatini boshqarishga moslashish kabi 
masalalar yechiladi. Misol: Samolyotning qanday shikastlanish turidan qat’iy nazar 
real vaqt rejimida uchishni avtomatik rejimga o’tkazish. 
Aloqa. Bu sohada bideoaxborotlarni siqish, tez kodirovka-dekodirovkalash
sotkali tarmoqlarni va paketlarni marshrutlash sxemalarini optimallashtirish kabi 
masalalar yechiladi. 
Internet. Bu sohada axborotlarni assotsiativ qidiruv, elektron kotibalar va 
tarmoqlardan foydalanuvchi agentlar, tizimlarda axborotlarni filtrlash, manzilli 
reklama, elektron savdo uchun manzilli marketing kabi masalalar yechiladi. Misol
alohida neyroagentlar ko’rinishidagi foydalanuvchilarning kasbiga qiziqishlarini va 
foydalanishlarini 
ta’minlovchi 
AGENTWARE 
tizimi 
(neyrokotibalar) 
(http://www.agentware.com). 
Siyosiy texnologiyalar. Bu sohada sotsiologik so’rovlarni tahlil qilish va 
umumlashtirish, reytinglarni tashhislashni oldindan aytish, muhim faktorlarni ajratib 
olish, aholining sotsial dinamikasini vizuallashtirish kabi masalalar yechiladi. 


Xavfsizlik va qo’riqlash tizimlari. Ushbu sohada shaxsni anglab olish, shaxs 
ovozini va yuzini tanib olish, avtomobillarning tartib raqamini tanib olish, 
aerokosmik rasmlarni tahlil qilish, axborot oqimlarni monitoring qilish, 
yasama(imzo, rasm, so’z, chek va h.k.)larni aniqlash kabi masalalar yechiladi. 
Misol: yasama cheklarni aniqlash tizimi (Tearing up the Rules, Banking Technology, 
noyabr 1993). 
Axborotlarni kiritish va ishlash. Ushbu sohada qo’lyozma cheklarni ishlash, 
imzolarni, barmoq izlarini va ovozlarni aniqlash, kompyuterga iqtisodiy va soliq 
xujjatlarini kiritish kabi masalalar yechiladi. Misol: to’lov xujjatlarini va soliq 
deklaratsiyalarini avtomatik kiritish va anglab olish uchun Flex Read seriyali 
paketlar. 
Rossiyada RASPOZNAVANIE dasturiy tizimi ishlab chiqilgan boʻlib, undagi 
dasturlar bibliotekasi chiziqli, mantiqli, statistik, neyrotoʻrlar, bashoratlashning 
gibrid usullari, bashoratlash usullari, sinflash va pretsedentlardan bilimlarni olish, 
hamda bashoratlash va sinflashning uyushgan usullari bilan ta’minlangan. 
RASPOZNAVANIE tizimi tarkibiga kiruvchi dasturiy paketlar (PARK, OBRAZ, 
DISARO, LOREG va TaxonSearch) koʻplab amaliy masalalarni yechishda 
qoʻllanilgan va amaliyotga tadbiq etilgan: 
Biznes va va moliya sohasida: kvartiralarning narxini baholash; kreditli 
artochkalarni nazorat qilishda; harakatdagi obyektlarni tanib olishda. 
Tibbiyotda va sogʻliqni saqlash sohasida: aholini yoshi boʻyicha 
klasterlashda; koʻkrak rakini anglashda; insultga tashxis qoʻyish; yurak tomirlariga 
tashxis qoʻyish; sariq kasalligini bashoratlash; qandli diabet kasalligini bashoratlash; 
Texnik tashxis qoʻyish sohasida: dvigatellarning yaroqli yoki yaroqsizligini 
aniqlashda; texnik qurilmalarning holatini nazorat qilishda. 
Qishloq xoʻjaligi sohasida: ekin maydonlarining holatini aniqlashda
mevalarni oʻlchoviga qarab taxlashda. 
Geologiya sohasida: kam uchraydigan metallar va neft qazilmalarini 
aniqlash; foydali qazilmalarining holatini aniqlash. 
Tasvirlarni qayta ishlash sohasida: qoʻlyozma raqamlarni, harflarni va 
simvollarni tanib olish; shaxs imzolarini tanib olish; biometrik belgilar – barmoq 
izlari, qoʻl, yuz, quloq, koʻz tasvirlari tanib olish; tasvirlar ketma-ketligida 
dinamikani segmentlash va tanib olish. 
Exspert tizim(ET)lar – bu SI ning amaliy tizimlari bo’lib, ular biror bir 
predmet sohadagi exspertlarning empirik bilimlari asosida shakllantirilgan 
bilimlarga asoslanadi. ETlar exspertlar soni kam bo’lganda, masalani yechishda 
yetarli operativlik holati yetishmaganda yoki exspertlar uchun havfli va sog’lig’iga 
zarar etkazuvchi sharoitlarda qo’llaniladi. 
ETlar yordamida yechiladigan masalalar sinfiga quyidagilarni kiritish 
mumkin: tashxislash, bashoratlash, tanib 
olish, boshqarish, 
loyihalash, 
monitoringlash. 
ETlardan foydalaniladigan faoliyat sohalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 


tibbiyot, hisoblash texnikasi, harbiy ishlar, mikroelektronika, radioelektronika, 
huquqshunoslik, iqtisod, ekologiya, geologiy (foydali qazilmalarni qidiruv), 


matematika. 
Ishlab chiqarishda, harbiy sohada, informatikada, kompyuter tizimlarida, 
elektronikada keng va samarali qo`llanilayotgan ETlarga misollar [6, 16, 19, 21]: 
DENDRAL – murakkab organik molekulalar strukturalarini tanish uchun ET; 
MOLGEN – DNK strukturasini aniqlovchi ET; 
XCON – VAX 11 hisoblash komplekslarini loyihalashtiruvchi ET; 
MYCIN – ichak kasalliklariga tashxis qo`yuvchi ET; 
PUFF – sil kasalligiga tashxis qo`yuvchi ET; 
MACSYMA – algebraik ifodalarni soddalashtiruvchi ET; 
YES/MVS – katta EHM dagi katta razryadli MVS operatsion tizimlarni 
boshqaruvchi ET; 
PROSPECTOR – foydali qazilmalarni topishda maslahat beruvchi ET; 
POMME – mevali bog`larga qarashga maslahat beruvchi ET; 
AIRPLANE – samolyot yerga qo`nishida uchuvchiga yordam beruvchi ET; 
ESPLAN – Baku neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarishni rejalashtiradigan 
ET; 
MODIS – gipertonik kasalliklarning turli shakllariga tashxis qo`yuvchi ET; 
MIDAS – energetik tizimlarda ishdan chiqish holatlarini aniqlash va tuzatish 
uchun ET; 
NetWizard – lokal tizimlarni loyihalovchi ET; 
ACES - xaritada o`zgarish kiritish bo`yicha kartografik ishlarni amalga 
oshiradigan ET; 
ASTA - analitikka tutuvchi signalni jo`natgan radar turini aniqlashga yordam 
beradigan ET; 
DART- raqiblarning buyruq beruvchi markazlari, boshqaruvi va aloqalarining 
razvedka qilinganida olingan natijalarni qayta ishlashga yordamlashadigan ET; 
HANNIBAL- raqibning radioalmashish razvedkasi sohasida vaziyatni baholashni 
amalga oshiradigan ET; 
I&W - razvedkadagi analitiklarga keyingi qurolli to`qnashuv qachon va qayerda 
bo`lishini bashorat qilishida yordamlashadigan ET; 
RUBRIC 
– 
foydalanuvchiga 
formatlanmagan 
matnlarni 
o`zida 
mujassamlashtirgan MBga kirish huquqini olishga yordam beradigan ET; 
CODES – MBni ishlab chiquvchi mutaxassisga, MBning kontseptual sxemasini 
aniqlash uchun IDEF1 yondashuvni qo`llashni istayotgan mutaxassisga 
yordamlashadigan ET; 
MIXER Texas Instruments SBIS TI990 uchun ishlab chiqilgan mikrodasturlarni 
yozishda dasturchilarga ko`maklashadigan ET; 
ACE telefon tarmog`idagi nosozliklarni aniqlashda, uni sozlash va tiklash chora 
tadbirlari bo`yicha tavsiyalar beradigan ET. 

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling