Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»
Download 3.49 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2- Bob. MOBIL RADIOTELEFON ALOQASI 2.1. Sotali aloqa tizimlarining rivojlanishi
72 2- Bob. MOBIL RADIOTELEFON ALOQASI 2.1. Sotali aloqa tizimlarining rivojlanishi Barcha xohlovchilarga xizmatlarni taqdim etgan birinchi radiotelefon aloqasi tizimi o‘z ishlashini 1946 yilda Sent-Luis (AQSh) shahrida boshlagan. Bu tizimda qo‘llanilgan radiotelefonlar oddi qayd etilgan kanallarni ishlatgan. Agar kanal band bo‘lsa, u holda abonent qo‘lda boshqa bo‘sh kanalga qayta ulangan. Apparatura ishlatishda juda katta noqulay bo‘lgan. Markaziy radiobog‘lama juda katta quvvatli yuqori chastotali signallarni 100 kmga uzatgan. Xizmat ko‘rsatish eng yaxshi holda mos bo‘lgan. Telefon tizimi 40 MGs chastotalar polosalari kengligili chastotaviy modulyatsiyalash tamoyili bo‘yicha ishlaydigan 11 ta kanallarni taqdim etgan. Keyin mos ravishda 152- va 454-MGs chastotalar polosalari kengligili 11 va 12 ta kanallarni egallaydigan ikkita yaxshilangan (IMTS-MJ va –MK) tizimlari taqdim etilgan. Chastotaviy modulyatsiyalash texnologiyasi va undan foydalanish takomillashtirilgan, radiokanallar torroq bo‘lgan. Eng oldingi mobil telefonlarga 3kGs chastotali ovoz signalini uzatilishi uchun 120 kGs chastotalar spektri zarur bo‘lgan Texnikaning rivojlanishi bilan radiotelefon aloqasi tizimlari takomillashib bordi, qurilmalarning hajmlari kamaydi, yangi chastotalar diapazonlari o‘zlashtirildi, asosiy va kommutatsion qurilmalar yaxshilandi, xususan, bo‘sh kanalni avtomatik tanlash funksiyasi (trunking) paydo bo‘ldi. Lekin radiotelefon aloqasiga juda katta ehtiyojlarda muammolar ham vujudga keldi [1,6]. Ulardan eng asosiysi chastotalar resursining cheklanganligi bo‘ldi, ma’lum chastotalar diapazonida qayd etiladigan chastotalar soni cheksiz ortishi mumkin emas, shuning uchun ishchi kanallar chastotalari bo‘yicha yaqin bo‘lgan radiotelefonlar o‘zaro halaqitlarni hosil qila boshlaydi. Turli davlatlardan olimlar va muhandislar bu muammoni yechishga urinishdi. 40-nchi yillarning o‘rtalarida AT&T Amerika kompaniyasining Bell Laboratories tadqiqotlar markazi butun xizmat ko‘rsatiladigan territoriyani uncha katta bo‘lmagan oraliqlarga bo‘lib chiqish g‘oyasini taklif etdi, bu oraliqlar sotalar (ingl. Cell – yacheyka, sota) deyila boshlandi. Har bir sota cheklangan ishlash radiusli va qayd etilgan chastotali uzatkichlar orqali xizmat ko‘rsatishi kerak bo‘ldi. Bu hech qanday o‘zaro halaqitlarsiz o‘sha bir chastotani 73 boshqa yacheykada takroran ishlatilishiga imkon berdi. Lekin bunday aloqani tashkil etilishi tamoyili apparatli ishlatilishiga 30 yildan ortiq vaqt sarflandi. Binobarin, bu yillarda sotali aloqa tamoyilini ishlab chiqish turli davlatlarda o‘sha bir yo‘nalish bo‘yicha olib borildi. Mobil telefoniya va PMR (private dispatched mobile radio- personal mobil radioaloqa) xavfsizligini yaratish bo‘yicha urinishlar Aloqa Federal Qo‘mitasiga (FCC) yuklangan, u qator radiouzatish xizmatlarini eng ijtimoiy ma’sul sifatida ko‘rib chiqdi. Siyosiy ta’sir 1968 yilda qo‘mita mobil telefoniya ehtiyojlari uchun 70-83 yuqori chastotali telekanallarni (800 MGs chastotalar polosalari kengligi) ishlatilishi imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga rozi bo‘lganida mobil telefoniya va PMRning ommaviyligini ortishiga ko‘maklashdi. Bu vaqtga kelib AQShda 70 000 dan ortiq mobil telefonlar foydalanuvchilari bo‘lgan. 1971 yilda AT&T Bell Laboratories, Murray Hill, N.J. mobil telefon tizimining afzal arxitekturasi sifatida sotali tizim konsepsiyasini (AMPS) taklif etdi. G‘oya qiziqtiradigan bo‘lgan va asosiy stansiyani tog‘ni tepasiga katta balandlikka, pastroq quvvatli nusxalarini yerga yaqin keng tekisliklarga joylashtirish bo‘lgan. Har bir yacheyka jamlanma radioqurilmalar nusxalari bo‘lgan, ularning aloqa liniyalari kanallari yuklamasi mo‘ljallangan boshqarish kanallari bo‘yicha kontrollerning komandalari jamlanmasidan o‘tgan. Sotali konsepsiya oddiy chastota-jamlash qurilmasiga fazoviy o‘lchashni qo‘shgan. Tekis past quvvatli yacheykalar qayta ulovchi markaz va boshqarish funksiyasi orqali bog‘langan. Har bir yacheykanining ishlash sohasini kamaytirish chastotalarni takrorlanishini talab qilgan. O‘sha bir radiokanallar to‘plamini ishlatadigan yacheykalar, agar ular bir-birlaridan yetarlicha yaqin masofalarda bo‘lsa, o‘zaro aralashuvni oldini ola olgan. Yacheykalarning aralashuvi ular orasidagi masofaga emas, balki bu masofaning yacheykaning radiusiga nisbati koeffitsientiga proporsional bo‘ladi. Yacheyka radiusi uzatkichning quvvatiga proporsionl bo‘lganidan keyin tizim ishlab chiquvchilari mijozlar uchun zarur bo‘ladigan radiokanallar sonini aniqlashda katta erkin ishlashga ega bo‘ldi. Ko‘p sonli radiokanallar tizimga oddiy yacheykaning uzatish quvvatini kamaytirish, yacheykaning o‘lchamlarini kamaytirish va bo‘sh sohalarni yangi yacheykalar bilan to‘ldirish orqali qo‘shilishi mumkin bo‘ldi. 74 70- yillarning oxirida 5ta Shimoliy Yevropa davlatlari - Shvetsiya, Finlyandiya, Islandiya, Daniya va Norvegiya uchun yagona sotali aloqa standartini yaratish bo‘yicha ishlar boshlandi. U NMT- 450 (Nordic Mobile Telephone) nomini oldi va 450 MGs diapazonda ishlash uchun mo‘ljallandi. Bu standartning birinchi sotali aloqa tizimlarini ishlatish 1981 yilda boshlandi. Lekin bundan bir oy oldin NMT-450 standartining sotali aloqa tizimi Saudiya Arabistonida ishlatila boshlandi. NMT-450 standarti va uning modifikatsiyalangan versiyalari asosidagi tarmoqlar Avstriya, Gollandiya, Belgiya, Shveysariya, shuningdek Janubiy-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarida keng ishlatila boshlandi. 1985 yilda bu standart asosida 900 MGs diapzondagi NMT-900 standarti ishlab chiqildi, u tizimning funksional imkoniyatlarini kengaytirishga va tizimning abonentlar sig‘imini oshirishga imkon berdi. 1983 yilda AQShda, Chikago tumanida qator muvaffaqiyatli dala sinovlaridan keyin AMPS (Advanced Mobile Phone Service) standarti tarmog‘i tijorat ishlatilishiga kiritildi bu standart Bell Laboratories tadqiqotlar markazida yaratildi. 1985 yilda Buyuk Britaniyada milliy standart sifatida AMPS Amerika standarti asosida ishlab chiqilgan TACS (Total Access Communications System) standarti qabul qilindi. 1987 yilda Londondagi sotali aloqa abonentlari sonining keskin ortishi bilan ishchi chastotalar polosasi kengaytirilgan. Bu sotali aloqa standartining yangi versiyasi ETACS (Enhanced TACS) nomini oldi. Boshqa davlatlardan farqli ravishda Fransiyada 1985 yilda Radiocom-2000 standarti qabul qilindi. 1986 yilda Skandinaviya davlatlarida NMT-900 standarti qo‘llana boshlandi. Barcha yuqorida sanab o‘tilgan standartlar analog hisoblanadi va sotali aloqaning birinchi avlodiga kiradi. Turli sotali aloqa standartlarining ishlatilishi va ajratilgan chastotalar diapazonlarining o‘ta yuklanishi uning keng qo‘llanilishiga to‘sqinlik qila boshladi. Ayrim hollarda o‘sha bir telefon bo‘yicha hatto ikkita qo‘shni davlatlarda (ayniqsa Yevropada) bo‘lgan abonentlarga so‘zlashish o‘zaro halaqitlar tufayli mumkin bo‘lmay qoldi. Abonentlar sonini oshirish faqat ikkita yo‘llar - chastotalar diapazonini kengaytirish (masalan, Buyuk Britaniyada ETACS bilan amalga oshirilganidek) yoki o‘sha bir chastotlarni ancha tez-tez ishlatilishiga imkon beradigan oqilona chastotaviy rejalashtirishga o‘tish bilan mumkin bo‘ldi. 75 Aloqa va signallarga ishlov berish sohasidagi yangi texnologiyalar va ilmiy kashfiyotlar 80- yillarning oxirlarida sotali aloqa tizimlarini rivojlanishining yangi bosqichiga – signallarga raqamli ishlov berish usullariga asoslangan ikkinchi avlod tizimlarini yaratishga imkon berdi. 900 MGs diapazon ajratilgan yagona evropa sotali aloqa raqamli standartini ishlab chiqish maqsadida 1982 yilda 26 ta davlatlar aloqa ma’muriyatlarini birlashtirgan Evropa Pochta va Elektr aloqa Ma’muriyatlari Konferensiyasi (SERT) tashkiloti Groupe Special Download 3.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling