Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/114
Sana28.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1732208
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   114
CDMA-2000 bu ITU IMT-2000 aniqlaganidek, 3G sotali aloqa 
uchinchi avlod xizmatlarini ta’minlaydigan simsiz radioulanish 
hisoblanadi. 
Dastlab cdma-2000ni ishlab chiqishda quyidagi shartlar qo‘yildi: 
- 3Gga ITU talablariga aloqa xizmatlarining hajmi va sifatining 
mos kelish;
- operatorlik kompaniyalarining kapital qo‘yilmalarini xavfini 
kamaytirish va himoyalash; 
- tarmoqlarni qurish bo‘yicha operatorlik kompaniyalarining 
ishini engillashtirish. 
cdma-2000 sotali tarmoqlar cdmaOne (IS-95) raqamli tarmoqlar 
bilan to‘liq moslashuvchan, bu yangi simsiz aloqa avlodiga oddiy va 
qimmat bo‘lmagan o‘tishni ta’minlaydi va bu bilan operatorlik 
kompaniyalarining kapital qo‘yilmalarini himoyalashni ta’minlaydi. 
cdma-2000 
sotali 
tarmoqlar 
ovoz 
sifatini 
sezilarli 
yaxshilanishini, yuqori tezliklardagi ovoz kanallarining sig‘imini va 
ma’lumotlarni uzatilishi multmedialiligini oshirilishini ta’minlaydi. 
cdma2000ga evolyusion o‘tish 1X va 3X sifatida ma’lum bo‘lgan 
ikkita fazalarga bo‘linadi. IMT-2000ga evolyutsion o‘tishni amalga 
oshirish uchun 1,25 MGs chastotalar polosasida standartning yana bir 
rivojlanishi 1XEV ko‘rib chiqiladi, u 1Xdan yuqori cdma2000 
imkoniyatlarini kengaytirishga imkon beradi. Gonkongda bo‘lib 
o‘tgan CDMA kongressida bu standartlarga oldin butun dunyodagi 
operatorlardan to‘plangan va CDGda umumlashtirilgan talablar qabul 
qilindi. 
CDMA-2000 1X. cdma-2000 1X tarmoqlari cdmaOne kabi 
o‘sha chastotalar polosalarida ishlaydi, lekin ular ovoz kanallarining 2 
martta katta o‘tkazish polosasiga va 144 Kbit/s ma’lumotlarni uzatish 


92 
tezligiga ega. cdma-2000 1X va cdmaOne tarmoqlari to‘liq 
moslashuvchan, 
ularga 
bir 
tarmoqning 
boshqasiga 
keyingi 
takomillashtirilishi sifatida qarash kerak. TIA cdma-2000 1Xni kak 
IS-2000 standarti sifatida e’lon qildi. 1X nom 1XRTT texnik 
atamasidan kelib chiqadi, u 1,25 MGs chastotalar polosasi spektrini 
egallaydigan cdma-2000 tarmoqlariga kiradi. 1X 1,25 MGs polosada 
radiouzatish texnologiyasini bildiradi. 1X chastotalar spektrining turli 
oraliqlarida 1,25 MGs polosani egallashi mumkin. 

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling