Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6,17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kristallografiya
- Paleontologiya
- Geomorfologiya
Umumiy geologiya - yerdagi tashqi va ichki jarayonlarning sodir bo’lish,
rivojlanish va so’nish qonuniyatlarini o’rganadi; Mineralogiya - yerdagi hosil bo’ladigan kimyoviy birikmalar - minerallar haqidagi fan bo’lib, ularning hosil bo’lish tarkibi va qurilish xossalarini o’rganadi; Petrografiya - tog’ jinslari, tarkibi, kelib chiqishi, yotish sharoiti va tarqalish qonuniyatini o’rganuvchi fandir; Tarixiy geologiya - yerning uzoq o’tmishi tarixini va yer qobig’ining rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan bo’lib, o’ziga stratigrafiya va paleogeografiya ilmlarini birlashtiradi; Kristallografiya - moddalarning kristallik holati va kristallik panjarasini o’rganuvchi fan. Moddalarning kristallik tuzilishini o’rganish, qurilish materiallarining texnologiyasini bilish uchun zarurdir; 5 Paleontologiya - o’tmishda yashagan va tog’ qatlamlari orasida qolib, toshga aylangan o’simlik (flora) va hayvon (fauna) qoldiqlarini o’rganadigan fan; Geofizika - yer qatlamlaridagi jinslarning fizikaviy xususiyatlarini o’rganadigan fan. Zamonaviy elektrometriya, seysmometriya usullar bilan qurilish maydonlaridagi tog’ jinslarining tok o’tkazish qarshiliklari o’zgarishi, to’lqinlarning tarqalish tezligi, magnitlanish xususiyatlari, radioaktivligi, zichlik xossalari aniqlanadi; Tektonika - tog’ jinslarining yotish shaklini, ya’ni nishablik bilan yoki uzilmali, burmali hollarini o’rganadi. Qurilish ishlari olib boriladigan, zilzilali hududlarda tektonik sharoitni hisobga olish muhim bo’lib, bino yoki inshootlar qismlari zilzila oqibatida tektonik yoriqlar bo’yicha, bir - biriga nisbatan siljishi tufayli shikastlanishi yoki vayron bo’lishi mumkin; Geomorfologiya - yerni sathiy shakllari, tog’liklarni hosil bo’lishi davrlari va yo’llarini o’rgatadigan fan; Gidrogeologiya - yer ostida to’planadigan suvlar haqidagi fan bo’lib ularning hosil bo’lishini, harakatlanish qonuniyatini, tarkibini, qidirib topish usullarini o’rganadi. Download 6,17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling