Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi qatlam
Strotosfera yuqori qatlam bo’lib, qalinligi 80-90 km ga teng. Uning
pastroq 30-33 km balandligida esa, ozon qatlami uchraydi, temperatura 50 0 C ga yetadi, ammo 80-90 km balandlikda temperatura yana pasayib,- 60-90 0 C ga tushib qoladi. Bosim juda kichik va haroratning haddan tashqari pastligi tufayli atmosferaning yuqori qatlamlarini o’rganish juda ham murakkablashadi. Keyingi qatlam - ionosfera - atmosferaning eng yuqori qatlami bo’lib, bu sferada zichlik kichik bo’lib, gazlar ionlashgan, 220 km yuqorida temperatura minus bir necha 100 0 C ga yetadi. Katta meteoritlar atmosferaning zichroq qismlarida 100-160 km balandlikda yonib, yop-yorug’ bo’lib ko’rinadi, 80-83 km balandlikda pat-pat bulutlar ko’rinadi, ular suvning to’yingan bug’i bo’lsa kerak. 80-100 km da yorug’ shafaq qutblari ko’rinadi, 3000 km dan so’ng planetalar aro fazoga o’tib ketadi. Butun atmosferani kimyoviy tarkibi jihatidan 4 ta qatlamga bo’lish mumkin. Yer yuzasiga yaqin turgan quyi qatlam azot - kislorod qatlami deyiladi. Le -Dyuk hisobiga ko’ra, bu qatlamda quyidagi miqdorda gazlar hosil bo’ladi ( massa jihatidan): - azot (N) - 75,5 %, kislorod ( O ) -23,3%, inert va boshqa gazlar -1,3%. Yuqorida 70 km dan yuqoriroqda kislorod bo’lmaydi, bu qatlam sof azot qatlamidir. Uning qalinligi 110 km gacha boradi, o’sha joydan boshlab geliy qatlami boshlanadi va u 220 km gacha boradi, undan yuqoriroqda esa vodorod qatlami boshlanadi. Ikkinchi qatlam - suv qobig’i - gidrosfera bo’lib, u suv havzalaridir. Gidrosferaning umumiy hajmi 1370,3 mln km 3 . Asosiy suv hajmi 98%, okean va dengiz suvlariga to’g’ri keladi. Yer yuzasining 70,8% suv, 20,2 % ni quruqlik tashkil etadi. Xozirgi vaqtda Atlantika okeanining o’rtacha chuqurligi 3,32 km ga 17 teng, Xind okeanining o’rtacha chuqurligi – 3,89 km va Tinch okeanining o’rtacha chuqurligi – 4,03 km deb qabul qilingan. Ammo Tinch okeanining eng chuqur joyi – 11 km dan ortiqdir. Gidrosferaning asosiy kimyoviy tarkibi quyidagichadir: Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling