Muhandislik geologik tadqiqotlar


 YER HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192
Bog'liq
-qullanma

1. YER HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR 
1.1.Geologiya fani haqida umumiy tushunchalar 
Geologiya - Yer haqidagi fan bo’lib, yunoncha geo - Yer, logos - fan 
ma’nosini anglatadi. Geologiya tabiiy fanlar tizimiga kiradi va u Yerning tuzilishi, 
paydo bo’lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganadi.
1
«Geologiya» atamasini 
birinchi bo’lib norvegiyalik olim M.P.Esholt 1657 yilda fanga kiritgan. 
Yer shar shaklidagi tabiiy jism bo’lib, Quyosh tizimidagi osmon 
jismlaridan biri hisoblanadi. Yer shari turli tabiiy fanlarning o’rganish ob’ektidir. 
Astronomiya 
yerning 
fazoda 
tutgan 
o’rnini, 
geografiya, 
geodeziya,
geomorfologiya Yer sirtining tabiati, tabiiy muhitlari, rel’yef shakllari hamda 
elementlarini o’rganadi. Biologiya esa yerda tirik hayot - o’simlik va hayvonot 
olami evolyusiyasini, tuproqshunoslik Yerning eng ustki hosildor yupqa 
qatlamini o’rganadi. Qurilish muxandislari Yerni qurilish materiallari manbai deb 
qarashadilar. Yuqorida qayd etilgan fan sohalari Yerning faqat ustki
qatlamlarida sodir bo’layotgan jarayonlar va hodisalarning rivojlanishi hamda 
o’zgarishinigina o’rganadi. 
Geologiya fani esa Yerning ustki qismini o’rganish bilan bir qatorda, 
uning ichki tuzilishini, tarkibini va undagi kechayotgan hodisalar va jarayonlarning 
rivojlanish qonuniyatlarini ham o’rganadi. Geologlar Yerni turli mineral va tog’ 
jinslaridan tarkib topgan, ichki va tashqi kuchlar ta’sirida doim o’zgarib turadigan 
sharsimon tabiiy jism deb tushunadilar. 
Geologiya fani o’rganadigan masalalar keng ko’lamli bo’lganligi sababli 
turli yo’nalishlar va sohalardan tarkib topgan, ularning har biri muayyan 
vazifalarni echadi. 
 
1.2. Geologiya fani tarixi va bu fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi 
Yerning moddiy tarkibini mineralogiya (minerallar haqidagi fan) va 
kristallografiya (kristallar haqidagi fan), petrografiya (tog’ jinslari haqidagi fan), 
1
Essentials of Geology - Frederick K. Lutgens, Edward J. Tarbuck. 2012. p 2. 



geokimyo (Yer kimyosini o’rganuvchi fan), paleontologiya (qadimgi organizm-
larning toshqotgan qoldiqlari haqidagi fan), tuproqshunoslik (tuproq haqidagi fan), 
foydali qazilmalar geologiyasi (mineral xom ashyolarni o’rganuvchi fan), 
gidrogeologiya (yerosti suvlari haqidagi fan) va boshqalar o’rganadi. Yer 
yuzasining shakllari, ularning paydo bo’lishi, rivojlanishi va taraqqiyotini 
geomorfologiya fani o’rganadi. Yerning yoshi va qatlamlar orasidagi 
munosabatlarni stratigrafiya, tektonik harakatlarni geotektonika va strukturalarni 
strukturaviy geologiya o’rganadi. 
Geologik bilimlarning shakllanishi va taraqqiyoti uzoq o’tmishga borib 
taqaladi. Geologiya fan tariqasida ikki asrdan ko’proq vaqt oldin shakllangan. 
O’tmishda uni huddi geografiya singari falsafaning bir qismi deb qarashgan. Faqat 
XVIII - asrda N.Steno (Italiya), M.V.Lomonosov (Rossiya), A.Verner 
(Germaniya), J.Byuffon, J.Kyuve, A.Bronyar (Fransiya), D.Xatton (Shotlandiya), 
U.Smit (Angliya) va boshqalarning umumlashtirilgan va fundamental ishlari 
tufayli geologiya mustaqil fan tarmog’i sifatida shakllandi
2
.
Qazilma boyliklarni qazib olish haqidagi birinchi geologik tushunchalar 
qadim zamonlardan beri mavjud. Odamlar keyinroq mis, qo’rg’oshin, qalay, 
kumush, oltin, undan keyin esa temir ma’dani bilan tanishganlar. Ular asta - sekin 
qimmatbaho mineral va tog’ jinslaridan foydalanganlar: ohanrabo, lazurit, feruza 
va boshqalardan ziynat buyumlari yasay boshlaganlar. 
Dastlabki Yer haqidagi yozma ma’lumotlar Bobil (hozigi Iroq) davlatiga 
mansub. Dunyoning paydo bo’lishi to’g’risidagi dastlabki rivoyatlar Mesopo-
tamiyada, miloddan avvalgi 4 - 3 ming yillikda ilk sinfiy davlatlar - Ur, Uruk 
Lagash va boshqalarda vujudga kelgan. Bular eramizdan avvalgi 626 - 538 y. 
ma’lumotlar Janubiy Mesopotamiyada hukmronlik qilgan Xaldeya dinastiyasining 
yangi Bobil podsholigiga qarashli shaharlarda topilgan gildan yasalgan 
buyumlarda yozib qoldirilgan. Dunyoning paydo bo’lishi haqidagi Bobilliklarning 
qadimgi rivoyatlari yahudiylarning «Injil»iga, xristian va musulmon dinining 
2
Essentials of Geology - Frederick K. Lutgens, Edward J. Tarbuck. 2012. p 5. 



«muqaddas» kitoblariga ham kirib qolgan. Ishlab chiqarish kuchlarining 
taraqqiyoti tabiiy fanlarning rivojlanishi uchun moddiy asos yaratdi. Tabiiy fanlar
Xitoy, Yunoniston, Rim, Eron, O’rta Osiyo davlatlarida (Xorazmda, 
Sug’diyonada) nisbatan yuksaldi. 
Taxminan eramizdan avvalgi XX - XIX - asrlarda Xitoyda mualliflar 
jamoasi tomonidan yozilgan «San Xey Din - tog’ va dengizlar haqidagi qadimgi 
rivoyatlar» degan to’plam yozilgan. Oldinroq uning ayrim qismlari suyak, 
yog’och, nefritdan yasalgan taxtalarga yozilgan. Keyingi asrlarda unga 
qo’shimchalar kiritilgan va so’nggi nusxasining yaratilishi eramizdan avvalgi 400 
yillarga to’g’ri keladi. 
Bu qo’lyozmada 17 ta mineral: oltin, kumush, qalay, mis, temir, magnetit, 
kuprit, aragonit, realgar, yashma, nefrit va boshqalar haqidagi ma’lumotlar 
berilgan. 
Yaponiya va Sharqiy Xitoy dengizlaridagi orollarda tez - tez sodir bo’lib 
turadigan zilzilalar mahalliy aholini juda qiziqtirgan va bu hodisani o’rganish 
uchun 132 inchi yilda Chjan Xen birinchi bo’lib eng oddiy seysmograf ixtiro 
qilgan. 
Abu Rayxon Beruniy o’zining arab tilida yozgan bir qator asarlarida Yer
minerallar, ma’danlar, geologik jarayonlar to’g’risida juda ajoyib fikrlarni yozib 
qoldirgan. 
Beruniy Yerning dumaloqligiga ishonish bilan birga uning kattaligini ham 
birinchilar qatorida aniqlagan. Olimning astranomik risolasidagi sxematik xaritasi 
Eski Dunyoni yaxshi bilganligidan dalolat beradi. Beruniyning bu sohadagi 
ishlari g’arb geografiyasidan oldinda turgan. Beruniy o’sha vaqtdagi o’zining xa-
ritasiga afsonaviy davlatlar va Kaspiybo’yi mamlakatlarini joylashtirmaydi, balki 
Xorazm va Hindistonning geologiyasini tavsiflashga urinib, oqar suvlar faoliyati 
haqidagi ilmiy fikrlarini aniq ifodalab bergan. 


10 
Beruniy ayrim olimlarning Xudoning 
xohishi bilan ariqdagi suv orqaga qarab oqishi 
mumkin, degan noto’g’ri fikrlarini fosh etib, suv 
oqimining asl mohiyatini talqin etadi va u tabiat 
qonunlariga mos jarayon ekanligini isbotlab 
bergan. 
Uning fikricha, suv markazga intilish 
kuchiga ega, binobarin u pastdan yuqoriga qarab 
oqmaydi. Suvlarning tog’ bag’ridan buloq 
shaklida yoki Yer tagidan yuqoriga fontan bo’lib 
otilib chiqishini Beruniy Yer ostidagi bosim 
kuchiga bog’lab tushuntirgan. Daryo yotqiziq-
lari haqida esa Beruniy o’zining «Aholi yashaydigan joylar orasidagi 
masofalarning oxirgi chegarasini aniqlash» degan asarida bunday deydi: «Kimki 
bu haqda fikr yuritar ekan, u shunday xulosaga keladi - tosh va shag’allar hamda 
mayda zarrachalar turli kuchlar ta’sirida tog’dan ajraladi; keyin uzoq vaqt 
davomida suv va shamol kuchi tufayli ularning qirralari tekislanib, silliqlanadi 
hamda dumaloq shaklga kiradi. Ulardan o’z navbatida mayda donachalar - qum va 
changlar paydo bo’ladi. Agar bu shag’allar daryo o’zanida to’plansa, orasiga gil va 
qum kirib, bir butun qatlamga aylanadi. Vaqtning o’tishi bilan aralashgan narsalar 
suv tagida ko’milib ketadi. 
Beruniyning XI - asr boshlarida birinchi bo’lib daryo o’zanlarida cho’kindi 
jinslar donalari o’lchamining suv oqimi tezligiga qarab o’zgarishi qonuniyatini 
yaratganligi (keyinchalik Beruniy qonuni deb atalgan) katta ahamiyatga ega bo’ldi. 
Bu qonuniyat so’nggi yillarda V.I.Popov (1964 y.) tomonidan ishlab chiqilgan 
cho’kindi hosil bo’lishidagi fatsial birliklarning bosqichli dinamik tamoyiliga mos 
keladi. 
Beruniy o’zining «Mineralogik traktat» degan asarida (X -asrning birinchi 
yarimi) minerallar haqida chuqur va aniq ilmiy ma’lumotlar bergan. Minerallarni 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling