Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- H.M.Abdullaev
M.V.Lomonosov (1711-1765yy). 12 O’zbekiston hududining geologiyasini rejali o’rganish XX - asrning 30 - yillaridan boshlangan. Jumladan, mashhur geolog X.M.Abdullaevning «Ma’danlarning intruziyalar bilan genetik bog’liqligi», «Daykalar va ma’danlanish», «O’rta Osiyoda magmatizm va ma’danlanish» kabi asarlari foydali qazilmalarni qidirishda doim dasturulamal vazifasini bajarib kelmoqda. Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi sohasida G..A.Mavlonov, N.K.Kenesarin, litologiya soxasida V.P.Popov, O.M.Akramxo’jaev, petrog- rafiya sohasida I.X.Hamraboev, T.N.Dolimov, tektonika sohasida O.M.Borisov, M.O.Axmadjonov, R.N.Abdullaev kabi yirik olimlar O’zbekiston geologiyasining turli tarmoqlari bo’yicha samarali ishlar qilishgan. H.M.Abdullaev (1912-1962 yy). 13 2. YER SHARINING TUZILISHI, TARKIBI . YERNING ISSIQLIK REJIMI 2.1. Yerning kelib chiqishi, yer sharining shakli Yer Quyosh sistemasidagi planetadir. Quyosh sistemasi markazida - sekin aylanayotgan yulduz - quyosh joylashgan bo’lib, uning atmosferasi harorati 5700K, markazida esa - 5*10 6 * K ga yaqin. Quyosh atrofida 9 planeta aylanib turadi va ularni 2 guruhga ajratish mumkin: Ichki planetalar - Merkuriy, Venera, Yer va Marsdir. Tashqi planetalar - Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Plutondir. Quyosh sistemasiga ko’p sonli kometalar kiradi va ular Quyosh sistemasining chekkalarida tarqalgan bo’ladi. Quyosh sistemasi va yerning kelib chiqish muammosi tabiatni bilish sohasidagi muhim sanalib, yerda inson va hayotni paydo bo’lishi muammolari bilan bir xildir. Qadim zamonlarda yerni paydo bo’lishi haqida diniy tushunchalargina mavjud edi. XVIII asrning ikkinchi yarmida planetalar sistemasining vujudga kelishi haqida dastlabki moddiyun gipotezalar paydo bo’ldi. Bu gipotezalar yerning suyuq - qizigan tumandan hosil bo’lganligini tushuntirib, uning asta-sekin sovishi natijasida yuqori qavati asta qotib, qattiq qismga aylanib uning ostki qismida suyuq - qizigan massa bo’lishi mumkin deb tushuntiradi. XX asrdagi kosmik, geologik, geofizikaviy va boshqa fundamental fanlarning yangiliklari bu gipotezani to’g’ri emasligini isbotladi. Hozirgi davrdagi kosmosni ilmiy tadqiqot qilish tufayli faqatgina yer haqida emas, balki Quyosh sistemasidagi boshqa planetalar haqida ham yetarli ma’lumotga ega bo’lindi. Yer shakli murakkab, nomuntazamdir. Eramizdan 530 yil avval Pifagor yerni shar shaklida degan edi. Lekin, shunga qaramasdan, Yerning sharsimonligi fanda Magellan sayohati (1519 - 1523 yillar) dan keyingina tasdiqlandi. XVII asrning oxirida I. Nyuton va X. Gyuygenslar fikricha yer aylanishda markazdan qochma kuch ta’sirida qutb o’qlari, ekvator o’qlariga nisbatan qisqa bo’lib, shakli ellipsoidga yaqin deb topdilar. 14 Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, ekvator radiusi qutb radiusiga qaraganda 21,38 km ga qisqa bo’lib, yerning shar shakli qutblarda o’zgargan bo’lib, ellipsoid shakliga yaqindir. Yerning ellipsoid aylana bo’yicha o’lchami: Katta yarim o’q (ekvator radiusi) - 6378,24 km; Kichik yarim o’q (qutb radiusi) - 6356,86 km; O’rtacha radius (teng hajmli shar) - 6371,1 km; Yer yuzasi maydoni - 5,1*108 km 2 ; Hajmi - 1,083*1012 km 3 ; Massasi - 6*1024 kg. Oxirgi yillarda olingan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, yerning yuzasi ma’lum bo’lgan geometrik shakllarning birortasiga ham tug’ri kelmaydi, u o’ziga xos shaklga ega. Quruqliklarning ko’tarilganligi, dengiz va okeanlarning cho’kkanligi, Yer yuzasining o’ziga hos - geoid - shakliga shartli mos deb olindi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling