Muhit va ekologik omillar. Muhitga organizmlarning moslashishi. Biomaromlar va tirik organizmlarning hayotiy shakllari. Vaqt ekologik omili. O’simlik va hayvonlardagi sutkalik, oylik va yillik maromlari


Ekologik barqaror rivojlanish. Iqlim o’zgarishi muammolari va unga qarshi kurash yo’llari


Download 6.86 Mb.
bet10/10
Sana23.09.2023
Hajmi6.86 Mb.
#1686786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan MT[1][1]

Ekologik barqaror rivojlanish. Iqlim o’zgarishi muammolari va unga qarshi kurash yo’llari.

Iqlim o'zgarishi global darajadagi muammo hisoblanib, uni faqatgina birgalikdagi sa'y-harakatlar evaziga bartaraf etish mumkin. Biz mazkur muammoning hal etilishiga o'z hissamizni qo'shish maqsadida issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish uchun qayta tiklanadigan energiya resurslaridan foydalanmoqdamiz hamda yuqori energiya samaradorligiga ega mahsulotlar ishlab chiqmoqdamiz.


Sanoat rivojlanishi oqibatida atmosferaga chiqayotgan uglevodorod gazi miqdori yil sayin ko‘paymoqda. Bu esa sayyoramizda “bug‘xona hodisasi“ni kuchaytirib, keskin iqlim o‘zgarishlarini yuzaga keltiryapti. Oqibatda tabiiy ofatlar ko‘paymoqda. Dunyoning ko‘pgina mintaqalarida tabiiy muvozanat buzilmoqda: ayrim joylarda yog‘ingarchilik odatdagidan ancha ko‘p bo‘lsa, boshqa hududlarda qurg‘oqchilik avj olyapti. Joriy yilning o‘zida kuzatilgan “tabiiy me’yorlarning buzilish” holatlari bunga yaqqol misol bo‘ladi.

Jahon hamjamiyati global isishga qarshi qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. 1997 yili sayyoramizda iqlim o‘zgarishining oldini olishda hamkorlik maqsadida Kioto protokoli imzolandi. 2005 yildan kuchga kirgan bu hujjat atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdorini bosqichma-bosqich kamaytirib borishni ko‘zda tutadi. Lekin bu maqsadlarga erishish oson bo‘lmayotir. Chunki zararli gazlarni kamaytirish uchun ularni chiqarayotgan sanoat korxonalari faoliyatini to‘xtatishga to‘g‘ri keladi. Bu esa daromaddan voz kechish, ishsizlik muammosini kuchaytirish, demakdir. Shu bois qator davlatlar Kioto protokoli talablarini bajarish masalasiga sovuqqonlik bilan qaramoqda.
Issiq to‘lqinlar, kuchli shamollar, qurg‘oqchilik, suv toshqinlari va yong‘inlar yanada ko‘proq sodir bo‘la boshladi, muzliklar erishi yanada kuchaydi. Ayniqsa, joriy yilda bu jarayon judayam tezlashganini kuzatishimiz mumkin.
Mutaxassislar iqlim o‘zgarishining asosiy omili issiqxona effekti ekanligini ta'kidlashadi. Quyoshdan kelgan issiqlikning Yer sathida jamlanib, dimlanib qolishi issiqxona effekti deyiladi. Ya'ni quyoshdan kelgan nurni Yer ham o‘z navbatida atmosfera orqali koinotga qaytaradi. Ushbu nurlarning bir qismi koinotga chiqib ketish o‘rniga odamlardan chiqarilgan turli gazlarga yutiladi. Uning koinotga qaytib chiqib ketmasligi oqibatida Yer yuzi me'yoridan ortiq qiziydi va iqlimga ta'sir ko‘rsatadigan issiqxona qatlami hosil bo‘ladi. Natijada sutka mobaynida eng yuqori va eng past harorat orasida kam farq bo‘ladi. Ya'ni odamlar va tabiat tunda ham kunduzgi kabi issiq va dim havo ta'sirida qoladi. Bunday sutkalik issiqlik esa keskin isish hodisasini keltirib chiqaradi. Issiqxona effektini hosil qiluvchi asosiy gaz bu – karbonat angidrid. U atmosferaga ham tabiiy, ham sun'iy yo‘l bilan qo‘shiladi. Metan, azot oksidi kabi boshqa iflos gazlar havoga inson omili tufayli chiqarilib, bular bir butun issiqxona effekti darajasini belgilaydi.
Issiqxona effektini hosil qiluvchi gaz konsentratsiyalarining ortishi, sayyorada tabiiy issiqlik balansini buzadi va antropogen issiqxona effektini keltirib chiqaradi.
Iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonda ham qator salbiy oqibatlarga olib kelyapti: Harorat ko‘tarilishi natijasida suvning bug‘lanish koeffitsiyenti oshishi hududlarda suv resurslari kamayishiga, tanqisligiga ta'sir etmoqda;
Ekologik tanglik oqibatida yil davomida umuman yog‘ingarchilik bo‘lmagan kunlar soni ko‘paymoqda;
Tuproqning namligi kamayishi hisobiga takroriy qurg‘oqchilik xavfi ortmoqda va hosildorlik ko‘rsatkichlari tushib ketmoqda;
Orol dengiziga quyiladigan suv hajmining kamayishi daryo deltasining cho‘lga aylanishi va qurigan dengiz tubida yangi cho‘l maydonlari paydo bo‘lishini tezlashtiryapti;
Atmosfera havosida katta maydonlarda changlanish ortmoqda;



Isish va sovish kabi anomal hodisalarning o‘zgarishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va mevalarning nobud bo‘lishiga olib kelmoqda.


Mutaxassislar iqlim o‘zgarishining oldini olish uchun bir qancha tavsiyalar berishgan:
qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanishni kamaytirish va qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish;
energiya samaradorligini oshirish va sohalarni energiya tejovchi texnologiyalar bilan modernizatsiya qilish;
tabiatda yashillikni ko‘paytirish, o‘rmon yong‘inlarining oldini olish, daraxtzorlarni ko‘paytirish;
ekologik toza qishloq xo‘jaligiga o‘tish;
tuproq tarkibidagi organik moddalarni saqlab qolish (chunki ularning yo‘qolishi to‘g‘ridan to‘g‘ri issiqxona effektiga ta'sir qiladi);
ekologik tejamkor transport turlariga o‘tish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:





  1. I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asr busagasida xavsizlikka
    taxdid, barkarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.T.
    O’zbekiston. 1997y.

  2. Alibekov, S.A. Nishonov. Tabiatni muhofaza qilish va tabiat resurslaridan ratsional foydalanish. T. «Uqituvchi» 1983.

  3. P.Baratov. Tabiatni muhofaza qilish. T.»Uqituvchi» 1991.

4. R.U. Beknazov, Yu.V. Novikov. Oxrana prirodo" T.»Uqituvchi» 1995.
5. Otaboev Sh., Nabiev M. Inson va biosfera. T. Ukit. Nashr. 1995. y.
6. Shodimetov Yu.Sh. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T. Ukit. Nashr. 1994 y.
7. Gulomov P.N. Inson va tabiat. T. Ukit. Nashr. 1990 y.
8. O’zbekiston ekologik xabarnomasi (jurnal).

Elektron ta’lim resurslari


www. tdpu. uz


www. pedagog. uz


www. Ziyonet. uz




Download 6.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling