Muhit va ekologik omillar. Muhitga organizmlarning moslashishi. Biomaromlar va tirik organizmlarning hayotiy shakllari. Vaqt ekologik omili. O’simlik va hayvonlardagi sutkalik, oylik va yillik maromlari


Bioma va bioloogik xilma-xillik. Atrof muhit muhofazasi. O’rmonlar,o’tloqlar, tabiat qo’riqxonalari


Download 6.86 Mb.
bet5/10
Sana23.09.2023
Hajmi6.86 Mb.
#1686786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan MT[1][1]

Bioma va bioloogik xilma-xillik. Atrof muhit muhofazasi. O’rmonlar,o’tloqlar, tabiat qo’riqxonalari.

Biologik xilmaxillik” deganda yerda, dengizda va boshqa ekotizimlarda yashaydigan hamda o‘sadigan hamma jonli organizmlar tushunilib, ushbu tushunchaga bitta tur doirasidagi, turlararo va ekotizimlar xilmaxilligi ham kiradi(Bioxilmaxillik to‘g‘risidagi konventsiyaning 2-moddasi).


Bioxilmaxillik resurslarining kamayishi birinchi navbatda inson faoliyati ta’sir oqibatida yuz beradi. Oxirgi 50 yil ichida sayyoramiz aholisi soni 3,5 barobarga, iste’mol qilinayotgan ichimlik suv hajmi 11 barobarga, haydaladigan yerlar maydoni 2 martaga, ro‘yxatdan o‘tgan transport vositalari soni 10 martaga, neftь mahsulotlaridan foydalanish 7 martaga, elektr stantsiyalari quvvati 21 martaga oshdi. Hayvonot va o‘simlik olami turlari esa 20 foizga kamaydi. Har yili atmosfera havosiga 5 milliard tonna karbonad angidrid gazi, 200 million tonna uglerod oksidi, 146 million tonna sulьfat oksidi, 35 million tonna azot oksidi tashlanmoqda. Insonning nooqilona faoliyati natijasida biosferada ko‘plab qaltis jarayonlar sodir bo‘lmoqda. Birgina Orol fojiasi insonning ekologik muammolarga nisbatan mas’uliyatsizligining yaqqol namunasidir. So‘nggi qirq yil mobaynida dengiz maydoni 7 martadan ortiqroqqa qisqardi, suv hajmi esa 13 barobarga kamaydi. Uning minerallashuvi bir necha o‘n martaga oshgani sababli dengizda jonli organizmlar uchun noqulay muhit vujudga keldi. Natijada dengiz flora va faunasining barcha turlari yo‘q bo‘lib ketdi. Bugun Orolbo‘yi hududlarida nafaqat global ekologik, balki murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolar paydo bo‘ldi bugungi kunda mamlakatimizda 7 ta qo‘riqxona (ularning umumiy maydoni 186,335 ga), 1 ta majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi (maydoni 628 300 ga), 2 ta biosfera rezervati (umumiy maydoni 111 670 ga), 4 ta milliy tabiat bog‘lari (umumiy maydoni 555 154,5 ga), 1 ta «Do‘rmon» milliy bog‘i (32,4 ga), 11 ta tabiat yodgorligi (umumiy maydoni 3 803,1 ga), 12 ta buyurtma qo‘riqxona (umumiy maydoni 572,404 ga), 1 ta Buxoro ixtisoslashtirilgan «Jayron» pitomnigi (umumiy maydoni 16 522 ga), o‘rmon xo‘jaliklari va o‘rmon ov xo‘jaliklari (umumiy maydoni 11,5 mln. ga) mavjud.
Bio xilma-xillikni barqaror saqlashni ta’minlaydigan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (METH)larning umumiy maydoni (VI-toifadan tashqari) 13,5 mln. gektarni tashkil etadi. Biosfera rezervatlari va I-V toifadagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni o‘z ichiga olgan hududlar maydoni 2,074 mln. ga yoki respublika umumiy maydonining 4,6% ni tashkil etadi. Shu bilan birga, davlat qo‘riqxonalari va tabiat bog‘larining umumiy maydoni 741 489,5 ga ni tashkil etadi yoki respublika hududining 1,65% foiziga teng.
Shu o‘rinda aytish kerakki, mamlakatimizda bioxilma-xillikni asrashga qaratilgan qonunchilik bazasi yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi, «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi, «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi, «O‘rmon to‘g‘risida»gi Qonunlari shular jumlasidandir




  1. Download 6.86 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling