Muhit va ekologik omillar. Muhitga organizmlarning moslashishi. Biomaromlar va tirik organizmlarning hayotiy shakllari. Vaqt ekologik omili. O’simlik va hayvonlardagi sutkalik, oylik va yillik maromlari


Ekotizimlarning o’zgarishi. Suksessiya xodisasi. Biosfera haqida tushuncha. Vernadskiy ta’limoti, noosfera


Download 6.86 Mb.
bet3/10
Sana23.09.2023
Hajmi6.86 Mb.
#1686786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan MT[1][1]

Ekotizimlarning o’zgarishi. Suksessiya xodisasi. Biosfera haqida tushuncha. Vernadskiy ta’limoti, noosfera.

Tirik organizmlar jamoasi abiotik muhit bilan moddiy-energetik aloqada yashaydi. O`simliklar ozuqlanish jarayonida o`lik tabiatdan karbonot angidrid, suv, kislorod va mineral tuzlarni oladi ya'ni ular hali iste'mol qilishga tayyor bo`lmagan anorganik moddalarni olib, ulardan organik birikmalarni sintezlaydi. Avtortrof va geterotrof organizmlarning olgan ozuqasi tarkibidagi barcha moddalarning o`rni biogen modda aylanishi davomida tabiatda tiklanib turadi.



Tirik organizmlarning har qanday uyushmasi bilan ular yashayotgan muhitning birgalikdagi majmuasi ekotizimlar deb ataladi.Bu terminni fanga 1935 y., ingliz olimi A. Tensli kiritgan. Ekotizimlar hajmi jihatidan turlicha kattalikda bo`ladilar. Masalan, daraxtning chiriyotgan poyasini kichik bir ekotizim, ya'ni mikroekotizim deyish mumkin. O`rmon, ko`l, o`tloq va hokazolarni o`rtacha kattalikdagi ekotizim, ya'ni mezotizim deyish mumkin. Okean, qit'a va shu kabilarni yirik ekotizim, ya'nimakrotizim deyish mumkin. Eng yirik ekotizim ya'ni megaekotizim – bu biosfera hisoblanadi.
Ekotizimning sinonimi sifatida fanda ko`pincha biogeotsenoz atamasi ham qo`llaniladi. Bu ikkala tushuncha bir-biriga yaqin, biogeotsenoz ekotizimning muayyan maydondagi bir bo`lagi hisoblanadi.
Suksissiya jamoalarining o’z-o’zidan rivojlanish jarayonidir. Suksissiyalar asosida biologik modda aylanishining to’liqsizligi yotadi. Har bir organizm o’z hayot faoliyati natijasida, tashqi muhitdan modda qabul qilib va hayot maxsulotlarini tashqariga chiqarib, muhitni o’zgartiradi. Uzoq vaqt mavjud bo’lgan holatlarda populyatsiyalar muhitini o’zlariga noqulay bo’lgan tomonga o’zgartiradi va natijada bu muhit qulay bo’lgan boshqa populyatsiyalar ularni siqib kuyadi. Buning natijasida jamoada ustun turlarning almashinishi sodir bo’ladi.
Biotsenozning uzoq yashashi shu paytda mumkin bo’ladiki, kachonki bir organizmlar hayot faoliyati natijasida muhitda yuzaga keladigan o’zgarishlar ikkinchi organizmlar tomonidan tug’irlanib borilsa. Tabiatda suksessiyalarning o’lchami turli darajada bo’ladi. Xatto eng barqaror ekosistemalarda ham ko’p mahalliy, ya’ni ekosistemaning ma’lum qismlarida ko’p miqdorda suksessiyalar yuzaga kelib turadi.
Ekotizim juda keng tushuncha bo‘lib, u tabiiy (o‘rmon, to‘qay,'cho‘l) hamda sun’iy majmualar (akvarium, paxtazor, issiqxona, kosmik kema)ga nisbatan ishlatiladi. Ekotizimda moddalar aylanishi uchun uch guruhga kiruvchi organizmlar bo‘lishi zarur. Bular yashil o‘simliklar (produtsentlar), hayvonlar (konsumentlar) va mikroorganizmlar (redutsentlar)dir. Shunday qilib, mikroblari bilan bir tomchi suv ham, o‘rmon ham, gul tuvak ham, fazo kemasi ham, oqova suvlarni tozalash inshooti ham ekotizimdir
.
Noosfera haqidagi ta'limot uning asoschilaridan biri V.I. Vernadskiy. Uning asarlarida siz noosfera haqidagi turli ta'riflar va g'oyalarni topishingiz mumkin, ular olim hayoti davomida o'zgardi. Vernadskiy bu kontseptsiyani 30 -yillarning boshlarida ishlab chiqa boshladi. biosfera haqidagi ta'limot batafsil ishlab chiqilgandan so'ng. Insonning sayyora hayoti va o'zgarishidagi ulkan o'rni va ahamiyatini anglab, V.I. Vernadskiy "noosfera" kontseptsiyasini har xil ma'noda ishlatadi: 1) odam sayyoraning holati sifatida, qachonki odam eng katta transformatsion geologik kuchga aylansa; 2) ilmiy tafakkurning faol namoyon bo'lishi sohasi sifatida; 3) biosferadagi qayta qurish va o'zgarishlarning asosiy omili sifatida.
Noosfera (yunoncha νόos - "aql" va σφfaῖρa - "to'p") - jamiyat va tabiat o'rtasidagi o'zaro ta'sir doirasi bo'lib, uning chegarasida insonning aqlli faoliyati taraqqiyotning hal qiluvchi omiliga aylanadi




  1. Download 6.86 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling