Muhit va ekologik omillar. Muhitga organizmlarning moslashishi. Biomaromlar va tirik organizmlarning hayotiy shakllari. Vaqt ekologik omili. O’simlik va hayvonlardagi sutkalik, oylik va yillik maromlari


Atrof muhit tizimlari: modda, energiya va hayot. Inson populyasiyasi


Download 6.86 Mb.
bet4/10
Sana23.09.2023
Hajmi6.86 Mb.
#1686786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan MT[1][1]

Atrof muhit tizimlari: modda, energiya va hayot. Inson populyasiyasi.

Inson, jamiyat tabiatning bir qismi sifatida tavsiflanadi. Insonning jismoniyva ma`naviy xayoti tabiat bilan chambarchas bog`langandir. Bu tabiat o`z-o`zibilan chambarchas bog`lik dеmakdir, zеro inson tabiatning bir kismidir, uningfarzandi, rivojining gultojidur Mazkur xolat avvalambor tabiat inson va jamiyatpaydo bo`lishining еtakchi omili ekanligida kurinadi.Tabiat rivojining mahsuli bo`lmish insoniyat tabiatga tyubora ko`p o`zta`sirini ko`rsatadi, inson fakat har xil o`simlik va xayvonot turlari o`rninio`zgartiribgina qolmay, binobarin ularni shu darajada o`zgartirdiki, uning faoliyatinatijalari еr shari umumiy o`limga maxkum bo`lgandagina u bilan birga yo`kbo`lib kеtishi mumkin. Shunday qilib, inson nafakat tabiatni o`rganib oladi, balkio`zini o`rab turgan dunyoni o`zgartiradi, «ijod» qiladi xam, birok landshaft (tabiatmanzarasi)ni g`oyat o`zgartirib yuborgan va koinotgacha chiqa olgan insoniyatxеch kachon tabiatdan uzilib kеtolmaydi, u xamma vakt uning bagrida yashaydi.Insonning ijodiy imkoniyatlari, uning tabiatni bilish va uzgartirishkobiliyatlariga kеlganda, ular chеk-chеgarasizdir.
.
Tabiatni muhofaza qilish tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi.
Hozirgi vaqtda inson yashab, toʻxtovsiz munosabatda boʻlib kelayotgan tabiiy muhit uzoq geologik davrlar (4,5—4,7 milliard yil) mobaynida bir qancha omillarning birgalikda taʼsirida, yaʼni Quyosh nuri, Yerning massasi, gravitatsiya kuchi, koʻlami, aylanma harakatlari, tektonik harakatlar, havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va oʻʻzgarishi, ekzogen jarayonlar taʼsiri, organik dunyoning paydo boʻlishi va taraqqiyoti taʼsirida tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati oʻzaro taʼsir etib turuvchi koʻp omillarning murakkab majmuida tarkib topgan tabiiy muvozanatga bogʻliq. Chunki bir joyning iqlimi Quyosh nurining tushish burchagiga, yaʼni geografik kenglik, yer yuzasining tuzilishi, shamollar, okeanlarning uzoq yoki yaqinligi, oqimlari va boshqalarga; oʻsimliklar qoplami esa iqlim, yer yuzidagi togʻ jinslari, relyef, tuproqlarga bogʻliq. Bu tabiiy omillarning birontasida oʻzgarish roʻy bersa, tabiiy muvozanat buziladi, bu esa tabiiy muhitda oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Baʼzan, tabiatning biror komponentiga koʻrsatilgan arzimagan taʼsir hech kutilmagan katta oʻzgarishlarga, xususan, xavfli oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin.

Har qanday tirik mavjudot oʻz atrofini oʻrab turgan tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi, undan oʻziga kerakli narsalarni oladi, shu muhitda moslashadi, muhit tarkibiga, undagi modda va energiyaning aylanma harakatiga maʼlum darajada oʻzgarish kiritadi. Yerning havo qobigʻidagi hozirgi gazlar tarkibi, miqdori, ayrim foydali qazilmalari, mas., ohaktosh, toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmirning hosil boʻlishi, tuproq qoplamining tarkib topishi, rivojlanishi organizmlarning hayot faoliyati natijasidir. Organik dunyoning tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsiri biologik evolyutsiya jarayonida yangi turlarning paydo boʻlishi, raqib turlar sonining koʻpayishi yoki kamayishi va atrof muhitning oʻzgarishi natijasida oʻzgaradi.


Populyatsiya- bu bir turning yoki bir necha tur vakillarining guruhi bo’lib ular ma’lum joyda uchraydi va ko’p hayotiy belgilarga ega bo’ladi.
So'nggi 200 yil ichida odamlarning o'sish sur'atlarining tezlashuvining asosiy sababi aholi salomatligi va sanitariya holatining o'zgarishi tufayli o'limning kamayishi bo'ldi. Toza ichimlik suvi va oqova suvlarni to'g'ri yo'q qilish rivojlangan mamlakatlarda salomatlikni sezilarli darajada yaxshiladi. Shuningdek, antibiotiklar va vaksinalarni qo'llash kabi tibbiyot yangiliklari yuqumli kasalliklarning insonlar sonining o'sishini cheklash qobiliyatini pasaytirdi.




  1. Download 6.86 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling