Muhit va ekologik omillar. Muhitga organizmlarning moslashishi. Biomaromlar va tirik organizmlarning hayotiy shakllari. Vaqt ekologik omili. O’simlik va hayvonlardagi sutkalik, oylik va yillik maromlari


Cho’llanish jarayoni va uni oldini olish yo’llari. Orol dengizi atrofida olib borilayotgan ekologik tadbirlar xususida


Download 6.86 Mb.
bet9/10
Sana23.09.2023
Hajmi6.86 Mb.
#1686786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan MT[1][1]

Cho’llanish jarayoni va uni oldini olish yo’llari. Orol dengizi atrofida olib borilayotgan ekologik tadbirlar xususida.

Cho’llanish – bu atrof muhitdagi ekotizimlarning unumdor erlar hosilining kamayishi, degredatsiyalanishi, iqlimning quruqlashishi, cho’l hududlarining kengayishi va xakozolar. O’rta Osiyo hududida cho’llanish jarayonini quyidagicha ta’riflashimiz mumkin: cho’llanish butun insoniyat tarixi davomida kuzatilmoqda; ekologik o’zgarishlarni yuzaga keltirishda tabiiy omillar bilan birgalikda antropogen omillarning o’rni ham muhim bo’lib sanaladi; cho’llanish asta-sekin rivojlanuvchi jarayon bo’lib hisoblanadi va albatta shamol eroziyasi, bir xil bo’lmagan relef shakllariga, ko’chib yuruvchi qumlar harakati, qum tepaliklarining hujumiga bog’liq holatda rivoj topadi.


Sayyoramizda daraxtzorlarning maydoni yildan yilga kamaymoqda.
Ekin yerlarining katta qismi tabiiy va sun`iy eroziyaga uchradi, yer samaradorligi kamaydi. Orol dengizi mavzeida cho`llanish sur`ati oshib, dengizning suvi o`rniga qum, tuz paydo bo`ldi. Orol dengizining fojiasi insoniyat tarixida ekologik falokat sifatida kirdi



O`zbekistonda yerning yallig`lanishi eroziyasi Buxoro viloyatining cho`llarida, Farg`ona vodiysi, Qarshi va boshqa tumanlarda uchraydi. Changli shamollar Nukus, Termiz, Qo`qon va Qarshi shaxarlarida kuchli, chunki bu joylarda qora va qizil qumlar nihoyatda ko`p.Me`yordan ko`p suvdan foydalanish natijasida yerning suvli eroziyasi ko`paydi.
Birinchidan, yerning notekis maydonlari ko`pligidan, ikkinchidan, yog`ingarchilikning yog`ilishi, yaylovlardan noto`g`ri va uzoq muddatda foydalanishi, uchinchidan, yakka ekinlik (monokultura), sistemasiz sug`orish, bo`ta va o`rmonlarni barxam topganligi sabab bo`ldi. Respublikamizning sharoitida aksariyat ekin yerlari suv yuvilgan va yallig`langan. Buning uchun metereologik, dexqonchilik va gidrobiologik quritish usullardan foydalanib, yerni normal xolatiga keltirish lozim.
Tabiatda mavjud bo’lgan qurg’oqchilik hududlarni aniqlash va chegaralash ko’pincha tabiiy muhitning birorta omiliga tayangan holda amalga oshiriladi. Bunday omillar vazifasini iqlim ma’lumotlari, tuproqlarning tarqalish xillari, o’simlik qoplami va boshqalar bajaradi. P.Meygs (1955) iqlim ko’rsatkichlariga asoslanib, dunyoning qurg’oqchil hududlar kartasini tuzgan. Uning hisobi bo’yicha yer yuzida arid hududlarning umumiy maydoni 48810 ming km2 ni, yoki quruqlikning 33,6% ini tashkil etadi. Shundan o’ta qurg’oqchil (ekstraarid) zonasiga 4% i, arid zonasiga 15% i va chala arid zonasiga 14,6% i to’g’ri kelishini ta’kidlagan.
Shunday qilib, cho’llarning vujudga kelishi, ularning rivojlanishi va geografik tarqalishi issiqlik va namlikning notekis taqsimlanishiga, jumladan, landshaftlarning tabaqalanishidagi zonallik qonuniyatiga, umumiy atmosfera tsirkulyatsiyasi sharoitiga hamda materiklarning orografik tuzilishiga, hududlarning materiklar ichkarisida yoki okeanlarga tutash joylashishiga bog’liq.
Shuni ta’kidlash joizki, olimlar o’rtasida hozirga qadar «cho’l» atamasi bilan «arid» atamasining mohiyatini tushunishda mutanosiblik yo’q. Masalan, arid yerlarni aridlik darajasiga (qurg’oqchillik darajasiga) qarab ekstraarid (o’ta qurg’oqchil), arid (qurg’oqchil) va chala arid (chala qurg’oqchil) yerlarga bo’ladi. Cho’l atamasining mazmuni esa cho’l landshaftlarining asosiy mohiyatini belgilaydi. Ma’lumki, cho’l zonasining ichki zonal farqlariga ko’ra shimoliy cho’l, o’rta yoki tipik cho’l va janubiy cho’lga bo’linadi. Cho’l landshaftlari tipologik xususiyatlariga ko’ra qumli cho’l, toshloq cho’l, gilli cho’l, sho’rxok cho’l, taqirli cho’l kabilarga ajratiladi. Shunday ekan O’rta Osiyoning eng katta cho’llaridan hisoblangan Qizilqum va Qoraqum ham arid landshaftlar guruhiga kiradi.
O’zbekiston Respublikasida Cho’llanishga va qurg’oqchilikka qarshi kurashish bo’yicha ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Prezident qarori qabul qilindi [3]. Qaror bilan o’rmon xo’jaligida bir qancha ishlar belgilandi. 2019-yil 22-fevraldan ushbu qonun cho’llanish jarayonini oldini olishga katta yordam bermoqda. Respublikamizda «Cho’llanish va qurg’oqchillikka qarshi kurash» ishlari tizimi uchun qo’mita tomonidan 2019-2023-yillarga mo’ljallangan «Yo’l xaritasi» ishlab c hiqildi va tasdiqlandi

Bizning maqsadimiz cho’l va yarim cho’l cho’llanishga moil hududlarga iqtisodiy foyda keltiradigan o’simlik turlarini aniqlash yer resurslarini boshqarishning barqaror usullarini sinovdan o’tkazish aholining yaylovlardan oqilona foydalanishini yanada oshirish orqali ekotizmlar barqarorligini ta’minlashdir. Inson tomonidan yaylovlarga nisbatan o’tkazilayotgan bosimning ortib borishi sharoitida tabiiy o’simlik resurslaridan oqilona foydalanish dolzarb vazifadir. Bunga tegishli talab va qoidalarga amal qilinmasa yaqin kelajakda bu tabiiy boyliklarni qaytarilmaydigan holatga kelishi achchiq haqiqat. Binobarin mamlakatimiz tabiiy yaylovlari mahsuldorligi va sifatini yaxshilash birlamchi yumush hisoblanadi. Orol dengizining qurishi insoniyat tarixidagi dunyoning eng yirik ekologik fojialaridan biri boʻldi. Sahroga aylangan dengiz tubidagi tuzlar, qum-chang va zaharli oʻgʻitlar insonlarhayoti va tabiatni xavf ostiga qoʻygan. Ammo bugun Oʻzbekiston dunyoda misli koʻrilmagan tajribaga qoʻl urmoqda: dengiz oʻrnidagi sahroni oʻrmonga aylantirmoqchi. Koʻrimsiz va butasimon saksovul Markaziy Osiyoda tabiiy oʻsib kelgan daraxt. Oʻzbekistondagi Qizilqum sahrosida bir necha tabiiy saksovul oʻrmonlari ham bor.

Bugun esa Oʻzbekiston aynan shu saksovulni Orol qurishi oqibatlariga qarshi kurashdagi eng muhim vosita sifatida tanladi.
10.
Download 6.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling