Muhit va ekologik omillar. Muhitga organizmlarning moslashishi. Biomaromlar va tirik organizmlarning hayotiy shakllari. Vaqt ekologik omili. O’simlik va hayvonlardagi sutkalik, oylik va yillik maromlari


Populyasiyalarning umumiy tasnifi. Populyasiyalarning asosiy xususiyatlari. Biotsenoz, biogeotsenoz va ekotizimlarning tuzilmalari va xususiyatlari


Download 6.86 Mb.
bet2/10
Sana23.09.2023
Hajmi6.86 Mb.
#1686786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan MT[1][1]

Populyasiyalarning umumiy tasnifi. Populyasiyalarning asosiy xususiyatlari. Biotsenoz, biogeotsenoz va ekotizimlarning tuzilmalari va xususiyatlari

Populyatsiya – bu bir turning yoki bir necha tur vakillarining guruhi bo’lib, ular ma’lum joyda uchraydi va ko’p hayotiy belgilarga ega bo’ladi. Shu belgilar butun guruhning doimiy funsiyalari hisobini aks ettiradi. Populyatsiya a’zolarning hayotiy belgilari : Tur vakillari qalinligi, tug’ulishi, o’lishi, yosh bo’yicha taqsimlanishi, organizmning biotic potensiali, ma’lum hududda tarqalishi va o’sish xillaridir. Populyatsiya genitik xususiyatlarga ham ega bo’lib, bu holati organizmning to’rg’ridan – to’g’ri ekologik moslashishi, qayta ko’payishi va turg’unligiga bog’liq, ya’ni, uzoq vaqt nasl qoldirish qobilyatini saqlab qolishdir.


Populyatsiya «biologik» va «guruhlik» xususiyatiga ega bo’ladi. Biologik xususiyatlarga: populyatsiya a’zolarning hayot sikli, o’sishga qobilyati, farqlanishi va o’zining son – sifatini ushlab turish xususiyatlari kirib, ular populyatsiyani hosil qiluvchi organizmlarga taaluqlidir.
Populyatsiyaning guruhlik xislati.
1. Tur vakilining ma’lum hududdagi umumiy soni;
2. Ma’lum maydon uchun tur vakillarining o’rtacha soni, populyatsiya qalinligi va makonda populyatsiya a’zolarining massasi;
3. Tug’ulish – ma’lum vaqt ichida tur vakillaridan hosil bo’lgan yangi vakillari soni
4. O’lish – ma’lum vaqt ichida populyatsiya ichidagi o’lgan a’zolar darajasi
5. Populyatsiyaning o’sishi-tug’ilishi va o’lish o’rtasidagi farq bo’lib, bu farq salbiy va ijobiy bo’lishi mumkin.
6. O’sish tezligi-ma’lum vaqt ichida populyatsiya a’zolari sonining o’rtacha o’sish tezligidir.

Biogeotsenoz (“bios” – hayot, “geo” – Yer, “tsenoz” – umumiy yoki jamoa) tushunchasini rus botanik olimi, akad. V.N.Sukachev taklif etgan.


Moddalar aylanishiga ega bo’lgan har qanday tirik organizmlar yig’indisi va abiotik muhit ekotizim deyiladi.
A.Tensli ushbu ta’rifda anorganik va organik omillarning o’zaro teng komponentlar ekanligini va hech qachon tirik organizmlarni yashab turgan tashqi muhitdan ajratib bo’lmasligini ta’kidlaydi.
V.N.Sukachev biogeotsenozga Yer yuzasining ma’lum qismidagi bir xil tabiiy elementlar (komponentlar)ning yig’indisi deb qaraydi.
V.N.Sukachev biogeotsenozga Yer yuzasining ma’lum qismidagi bir xil tabiiy elementlar (komponentlar)ning yig’indisi deb qaraydi.
.
Hozirgi vaqtda biogeotsenoz deganda evolyutsion jarayonda shakllanadigan fazoviy chegaraga ega bo’lgan funktsional jihatdan tirik organizmlar va abiotik muhit o’zaro bir-birlari bilan munosabatdagi ma’lum energetik holati hamda moddalar almashinuvi, axborot tezligi bilan tavsiflanuvchi tabiiy tizim tushuniladi.
Biogeotsenozning asosiy komponentlari atmosfera, tog’ jinslari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hisoblanadi. Biogeotsenozlar har xil o’lchamda, ya’ni kichik va katta maydonda bo’lishi mumkin. Yashash sharoiti o’xshash va o’zaro munosabati natijasida bir-biriga ta’sir ko’rsatuvchi har xil turga mansub bo’lgan birgalikda yashovchi organizmlar yig’indisiga ekologik tizim deyiladi.
O’rmon, cho’l, o’tloq, suv havzasi va boshqalar ekotizimga misol bo’la oladi.
Ma’lumki, har xil turdagi organizmlar bir-birlariga va tevarak-atrofdagi jonsiz tabiatga har tomonlama moslashgan; bunday uzviy bog’lanishlar biotsenozlarni tashkil etadi.
Biotsenoz-biogeotsenozning bir qismidir. Ekotizim tushunchasi fanga 1935 yili ingliz ekologi A.Tensli tomonidan kiritilgan.


  1. Download 6.86 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling