Mundarija : kirish qism I bob nafosat tarbiyasining maqsad va vazifalari


Download 96.74 Kb.
bet3/11
Sana18.06.2023
Hajmi96.74 Kb.
#1581639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nafosat tarbiya.tt11

Axloqiy tarbiyaning mazmuni

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng ta’lim-tarbiya mazmuni va moxiyatida, usullari va shakllarida jiddiy «o’zgarishlar» ro’y berdi. Ta’lim-tarbiyada milliy qadriyatlarni shakllantirish va rivojlantirish asosiy o’rinni egallaydi. Tariximiz, madaniyatimiz, milliy urf-odatlarga e’tibor kuchaydi. Xaqiqatda xam, bugungi kunda O’zbekiston mustaqilligini mustaxkamlash va kelajakda istiklol istikqbolini rivojlantirish avvalo komil insonlarga boglik. chunki bunday insonlar tufayli fan va madaniyat. Sanoat va kishlok xujaligi rivojlanadi. Zero, Axloqiy madaniyat vazifalaridan biri komil insonni voyaga yetkazish, uni tarbiyalashdan iborat.

Komil inson O’zbekiston mustaqilligini mustaxkamlashda o’z e`tikodi, gayrat-shijoati, madaniyati, bilimi va ularni tadbik etish maxorati bilan ajralib turadi. U jamiyatda, jamoada xalqlar va millatlar o’rtasida dustlik, soglom turmush tarzini yaxshilashga karatilgan muxitni vujudga keltirishga intiladi.

Komil insonni shakllantirishda maktabda, oilada, soglom ma`naviy muxit barkaror bo’lishiga erishish muxim axamiyatga ega. chunki soglom muxit natijasidagina Axloqiy fazilatlar tarkib topadi.

Ota-onalar o’z farzandlarini komil insonlar qilib tarbiyalashi ularda Vatanga muxabbat, mehnati va fidoyiligi bilan o’zgalarga foyda keltirish, sadoqat, samimiylik kabi xislatlarni kamol toptirishga xizmat qiladi. Farzandlarimizning bunday insonlar bo’lishida oilaning totuvligi, ota-onaning o’zaro mexr-muxabbati xam samarali ta`sir etadi.

Kishi o’z xayotida Axloqiy kamolatga kanchalik kup intilsa, shunchalik o’z xato kamchiliklarini anglab boradi.

Xadisi shariflardagi Axloqqa oid ibratli maslaxatlar, xikoyatlar, asrlar davomida ajdodlarimiz xayotida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an`analar Beruniy, Forobiy, Axmad Yassvaiy, Amir Temur, Navoiy, Bobur singari buyuk allomalar, olimlar, yozuvchilarning bugungi kunda ham oilaviy xayot uchun, xar bir inson uchun qadr-qimmatini yo’qotmagan muxim tariyaviy axamiyatga molikdir. Jumladan, Amir Temur Axloqi Xusniya – yaxshi xulqlar egasi bo’lgan. u oqil va tadbirli sarkarda sifatida odamlarni ishga tayinlashda xam, vazifasidan ozod etishda xam shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yul kuymagan, balki yetti ulchab bir kesgan.

Shuni aytish kerakki, xalqimiz Axloq-odobni qadimdan uluglab kelgan. Chunki Axloq-odob insonga xusn, latofat va nazokat bagishlagan. O’rta Osiyo mutafakkirlari o’z asarlarida Axloqiy goyalarni doimo tarannum etib, xalqni oriflik, fozillik, komillik darajasigina ko’tarishga chorlaganlar.

O’zbekistonning mustaqilligi tufayli Axloqiy tarbiya mazmunini tashqil etuvchi xalqimizning milliy ruxiyati. Yuksak insoniy fazilatlari, ma`naviyati, ezgu orzu-umidlari yorkin ifodasini topishi uchun keng imkoniyatlar paydo bo’ldi. Yangi shakllanib kelayotgan mustaqil O’zbekiston davlatining asosiy maqsadi – jamiyatni ma`navviy yuksaltirish, madaniyatli, barkamol insonni tarbiyalash, yoshlarda Axloqiy fazilatlarni shakllantirishdir.



Download 96.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling