Mundarija : kirish qism I bob nafosat tarbiyasining maqsad va vazifalari


BADAN TARBIYASI (JISMONIY TARBIYA)


Download 96.74 Kb.
bet5/11
Sana18.06.2023
Hajmi96.74 Kb.
#1581639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nafosat tarbiya.tt11

BADAN TARBIYASI (JISMONIY TARBIYA)

Mashxur yunon donishmadi Aflotun baxt xaqida zikr etib: «Inson uchun birinchi baxt – uning sogligi, ikkinchisi - go’zallikdir» degan ekan. Chindan xam sixat-salomatlik xamma boyliklar manbaidir. Nasl-nasabi soglom va ma`naviyati yuksak xalqning avlodlari xam soglom-baquvvat. Iymon-e`tiqodli va sadoqatli bo’ladiki, bu baxt ona-Vatanning shuxrati va qudratining zo’r omiliga aylanadi. Xalqning ana shunday baxt-saodati uchun soglom avlod kerak.

Soglom avlod deganda biz xam jismoniy, xam ma`naviy tomondan yetuk, bardam, xar ishga qodir, ilgor madaniyatli kishilarni ko’zda tutamiz. Darxaqiqat, shunday noyob fazilatlarga ega avlodni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan xalq kelajakka ochiq ko’z, yorug’ yuz katta ishonch bilan karaydi.

Badan tarbiyasining maqsadi xar tomonlama jismonan chiniqqan, sof fikrli, mard, sabotli, qat`iyatli, Vatanni himoya qila oladigan shaxslarni kamol toptirishdan iborat.

Qadimda xalqimiz badan tarbiyani riyozat deb atashgan. Abu Ali ibn Sino «Tibbiy doston» («Urjo’za») asarida riyozat – badan tarbiyasi xaqida to’xtalib, uning bir necha xillari bo’lishi, bu jismoniy mashqlar bilan o’rtacha shug’ullanish soglikka foydali ekanligini bunday ta`riflaydi:

Bilsang riyozat turlari necha-necha

Sharofatli bo’lur esa u o’rtacha.

Tugri va mu`tadir bo’lib usgay badan,

Kir-chir ila chikindidan qutular tan.

Olim yana, jismoniy mashqsiz yurish badanda yomon xultlarning yigilishiga sabab bo’lishini aloxida o’qtirib bunday deb yozadi:



Riyozatsiz yotishdan ko’p topma roxat,

Bu roxatdan topolmassan xech manfaat.

Jim yotsang iflos xult-la tular badan,

Gizocha xech xozirlanmas biror maskan.

Inson jismoniy soglom, va bardam-baquvvat bo’lsa. xayot go’zalliklarini yaxshi idrok etadi, aql-zakovati yuksala boradi, atrof-muxitni ziyrak bo’lib ko’zatadi. Shu nuktai nazardan aytganda. Inson bolasi soglom-baquvvat bo’lishda badan tarbiya muxim omil ekani anik. Demak, bu tarbiya aqliy, Axloqiy va estetik tarbiyaning zamini ekan. Ta`bir joiz bo’lsa, bir yerda turib kolgan suv kulmak xolda xech foydasiz deyilsa, xarakatsiz odam xam kulmak kabidir, sharkirab okkan suv o’zi go’zal, xam dala-boglarni yashnatgani kabi, serxarakat, jismoniy mashqlar bilan shugullanadigan odamning xam o’zi (jismonan) go’zal, xam qli go’zal, xam odob-Axloqi go’zal bo’ladi.

Badantarbiya insonni xar tomonlama tetik, xushyor, qobiliyatli tarzda kamolga yetkazadiki, donolar jismoniy tarbiya – go’zallik tarbiyasidir, deb bejiz aytishmagan.

Inson jismoniy soglom, xar tomonlama yetuk rivojlanishi uchun ma`lum maqsadni ko’zlagan xolda tejamli xarakat qilishi, tabiat qo’ynida yoki ozoda-shinam sport zalida xarakatli mashqlar bilan shugullanishi – bo’larning xammasi unda nafosat xis-tuygusini, akliy tushunchasini va didini tarbiyalaydi. Shubxa yo’qki, xilma-xil, aniq, ifodali, bajarilgan jismoniy mashqlar estetik kechinma, xislarni yuzaga keltiradi. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida xarakatlar maqsadining xam shakl, xam mazmun jixatdan bir-biriga mos kelishi esa uning go’zalligini ta`minlaydi.

Ma`lumki, bola layokatga mos xolda ustirish uchun mehnatsevarlik va ishchanlik kerak. Mehnatsevarlik va muttasil o’tirib ishlash kabi fazilatlardir. Garchan inson kamolatiga ta`sir etadigan omillar bir kancha bo’lsa xam lekin, maxsus tarbiya muassasalarida tarbiyachining raxbarligida amalga oshiriladigan milliy tarbiya jarayoni yetakchi xisoblanadi.
Chunki, birinchidan, tarbiya ta`sirida muxit ta`siri bera olmagan fazilatlar o’zlashtiriladi va narsalar urganiladi, ya`ni bilim, ma`lumot egallagandi, mehnat va texnik faoliyat bilan boglik kunikmalar, malakalar xam maxsus uyushtirilgan tarbiya orkali xosil bo’ladi.
Ikkinchi, tarbiya tufayli tugma kamchiliklar xam o’zgartirib shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Masalan, kurlar, gunglar xam ukitilib, soglom kishilar qatori xayotga tayyorlanadi.

Uchinchidan, tarbiya yordamida muxitning salbiy ta`sirini xam yukoish yoki bartaraf qilish mumkin.


Turtinchidan, tarbiya doimo kelajakka karatilgan maqsadni belgilaydi. Shu tufayli, u shaxsning kamolga yetishini tezlashtiruvchi rol` uynaydi. Insonni kamol topishida barkamol inson bo’lib yetishida maktabning axamiyati katta. Bolalar maktabga qadam kuyar ekan, ular ukuv mehnati bilan band bo’ladilar. Bolalar maktabda fan asoslarni egallab olishi bilan irga ularda sekin-asta ilmiy dunyokarash shakllanib boradi. Ukuvchi-tarbiyachilarning raxbarligida insonga xos bo’lgan yuksak fazilatlarni egallaydilar. Reja asosida tarbiyaviy ishlarni tashqil etib, bolani tariyalashda oilaga xar vakt yordam kursatadi. Tarbiyachi o’z tarbiyalovchisining oila sharoitidan xabardor bo’lishi, pedagogik maslaxatlarga, yordamga mauxoj bo’lgan oilalarga yordam yerishi muxim. Tarbiyachi uchun bola bush vaktini kimlar bilan va nimalar bilash mashgul ulib utkazayotgani axamiyatsiz emas. Chunki o’z xoliga tashlab kuyilgan bola kuchaning salbiy ta`siriga berilib ketishi mumkin.
Umuman, pedagogik jixatdan tugri uyushtirilgan xar kanday faoliyat bola shaxsining akliy, Axloqiy, estetik, jismoniy va irodaviy rivojlanishiga ijobiy ta`sir etadi. Raxbarlik qilinmagan faoliyat esa biryoklama yoki salbiy ta`sir etishi mumkin.
Rivojlanish shaxs faoliyatidan tashkarida bo’lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo’ladi. Pedagogik jixatdan tugri uyushtirilgan xar kanday faoliyat xak uyin, mehnat, ukish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta`sir kursatadi. Shaxs ulgaya borgan sari uning faoliyati xam mazmunan, xam shaklan o’zgarib boradi, turli yosh davrlarida esa faoliyat turlari xam urganib boradi. Shu sababli bola xayotida uyin, ukuvchi xayoliida ukish, katalar xayotida mehnat faoliyatlari kata axamyatga egadir.
Shaxs kaysi yoshda bo’lishidan kat`iy nazar, ularning rivojlanishida mehnat faoliyatining axamiyati katadir. Ayniqsa, mehnat insonning xam jismoniy, xam ma`naviy kamol topishida muxim manba xisoblanadi. Mehnat orqali shaxsning Axloqiy sifatlar tarkib topadi, ularda vatanparvarlik, mas`uliyat, intizomlilik, faollik ortadi.
Bo’lardan tashkari shaxsni kamolga yetishda uning barkamol inson bo’lib yetishishida nafosat tarbiyasi, Axloq-odob tarbiyasi, ekologik tarbiya, jismoniy tarbiyalarning urni va roli bekiyosdir.
Chunki bu tarbiya usullari birgalikda amalga oshirilsa biz yoshlar ertangi O’zbekiston bunyodkorlari avvalambor soglom bo’lishimiz, sport bilan shugullanishimiz xar kungi faoliyatga aylanishi kerak. Chunki sog tanda soglom akl bo’ladi. Agar biz soglom bo’lsakgina farzandlarimiz soglom bo’ladi.
Prezidentimiz «Soglom avlod yili» ni e`lon qilar ekan: «Soglom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo soglom naslni, nafakat jismonan bakuvvat, shu bilan birga ruxi, fikri soglom, iymon e`tikodi butun bilimli, ma`naviyati yuksak mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman» deb ta`kidlaydilar.
Ertangi kunimiz biz yoshlar kulida. Shunday ekan biz yoshlar, bo’lgusi pedagoklar avvalambor o’zimiz xar tomonlama yetuk, kamolga yetishishimiz, bilim va malakaga ega bo’lish uchun kunt bilan ukishimiz darkor. Bu yoshlar, ertangi kunning bunyodkorlari kelajak avlodni tarbiyalash, uktishdek ma`suliyatli va sharafni ishga kul urarkanmiz, xozirdanok o’z bilimimizni oishiirishmiz, berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz darkor. Chunki Prezidentimiz aytganlaridek «Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bizdan ko’ra aklli, dona va albatta baxli bo’lishlari kerak» degan gaplari biz yoshlarni yanada mas`suliyatli bo’lishga undaydi.
Men kelajakda iktsiodchi-pedagog bo’lar ekanman, mustaqil O’zbekiston uchun, uning kelajagi uchun xozirdanok astoydil izlanishga, barcha iktisodiy bilimlarni egallashga, kunt bilan ukishga va muxtaram prezidentimiz ishonchlarini oklashga xarakat qilyapman. Ishonch bilan shuni aytishim mumkinki, kelajakda maxsus fandan dars berar ekanman, ukuvchilarga chukur bilim berishga, ularni xar tomonlama yetuk qilib milliy tarbiya asosida tarbiyalashga, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni kullab, bilim berishga so’z beraman.

Har kishining dunyoda oromi joni - tarbiya , Baxtu iqboli saodatining makoni -tarbiya . Ey otalar jonlaringizdan aziz farzandingiz , G`ayrat aylang , o`lmasun vaqtu zamoni - tarbiya“ Abdula Avloniy


Bugungi kunda jamiyatimiz uchun har tomonlama rivojlangan fan texnika taraqqiyotini hayotga tatbiq eta oladigan yetuk, malakali qadrlar tayyorlash masalasi turibdi.
Maktab ta’limining hozirgi bosqichida o`quvchilarni mehnatga tayyorlash, o`sib kelayotgan avlodning ta’lim va tarbiyasidagi eng zarur vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki mehnat har qanday rivojlanish va taraqqiyot jarayonining asosidir.
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarni mehnatga tayyorlash ularning qiziqishlari, moyilliklari va imkoniyatlariga asoslangan qo`l mehnati hisoblanadi. Shu munosabat bilan mehnat ta’limi jarayoni o`quvchilarda ushbu yosh uchun bilim, mehnat, ahloqiy, estetik, iqtisodiy-ekologik va aqliy imkoniyatlarni aniq mehnat jarayonlarida rivojlantirishga qaratilgan. Natijada ularni mehnatga tayyorlashni keyingi sinflarda davom ettirilishi uchun zarur aloqadorlik hosil qilinadi.
Mehnatning, nafaqat bola tarbiyasida, balki har qanday odamning komil inson bo`lib yetishishida ahamiyati naqadar ulkan ekanligi hammamizga ma`lum. Shuning uchun bo`lsa kerak, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham mehnat to`g`risida alohida moddalar qabo’l qilingan. Masalan, “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash (37-modda), yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar (38-modda), Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo`qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo`lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta`m`not olish huquqiga ega (39-modda)” kabi huquqiy me`yorlarni misol qilib aytib o`tish mumkin.
Xuddi shunday mehnatga, aynan olganda, mehnat ta’limiga e’tibor xalq ta’limida ham qaratilgan. Shu jumladan, boshlang`ich ta’limda ham har bir sinfda haftada bir soatdan mehnat ta’limi mashg`ulotlari tashqil etilishi belgilab berilgan.
Boshlang`ich sinflarda o`tkaziladigan mehnat ta’limining maqsadi – “o`quvchilarning barkamol shaxs bo`lib shakllanishlari uchun ularga mehnat jarayonlari, kasblar asoslarini (texnologiyasini) o`rgatish, ularni kasb tanlash bilan uyg`unlashtirish orqali ularning kasbgacha tayyorgarligiga zamin yaratishdan iborat” dir. Mehnat ta’limining tarbiyaviy maqsadi ham kattadir, ya`ni “o`quvchilarning mehnat ko`nikmalarini egallashlari jarayonida mehnat va kasbga munosabatlarida yuqori axloqiy sifatlarni, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlikni shakllantirish” lozim.
Mehnat ta’limining hozirgi davrdagi, qolaversa mehnat ta’limi o`qituvchilarining vazifalari ham, bu vazifalarning talab darajasida bajarilishiga ham yosh avlodning barkamol inson bo`lib yetishishlarida muhim o`rin tutadi. Bu vazifalar tubandagilardan iboratdir:
-Tashkiliy vazifalar – “o`quvxona, unda maxsus ish joyi, zarur materiallar, asboblar tashqil qilish.

  • -Sanitariya-gigiyena hamda mehnat xavfsizligi talablarini ta`minlash”. Uslubiy vazifalar – mashg`ultlarning yarim va bir yillik o`quv ish rejalarini to’zish,

  • mahalliy sharoitlarni hisobga olish,

  • o`g`il va qiz bolalarning o`zlariga xos mehnat mashg`ulotlarini va kasb tanlashlarini amalga oshirib borish va boshqalardir.

Boshlang`ich ta’limda o`qitiladigan mehnat ta’limi fani o`quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, kasblar bilan dastlabki tanishtirish, kasb tanlashga tayyorlash, mehnatni qadrlash, mehnatga qiziqish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish orqali ularning kasbgacha tayyorgarliklarini 5-sinf uchun o’zviy bog`lanish zaminini yaratishni ko`zda tutadi.
Bo’lar ta’limiy va tarbiyaviy hamda rivojlantiruvchi yo`nalishlar hisoblanadi.
O`qituvchi mehnat ta’limi mashg`ulotlari jarayonida o`quvchilarga aqliy, jismoniy, axloqiy, badiiy-estetik tarbiya va ta’lim berish orqali ularning barkamol shaxslar bo`lib yetishishlariga yordam berishi darkor.
Boshlang`ich sinf o`qituvchilarini malakasini oshirishga qo`yilgan davlat talablarida kursni bitirgan o`qituvchi mehnat ta’limi fani bo`yicha mashg`ulotlarni ham “talab darajasida o`tish mahoratiga ega bo`lishi” aytib o`tilgan. Ana shu talabdan xulosa chiqarib, har bir boshlang`ich sinf o`qituvchisi (mehnat ta’limi fanini o`qitmasa ham) mehnat ta’limi bo`yicha barcha me`yoriy-uslubiy hujjatlarni, davlat ta’lim standarti va dastur talablarini, mashg`ulotlar o`tish shart-sharoitlarini, metodikasini chuqur bilishi lozim bo`ladi. Shu bilan birga, (sinf rahbari sifatida ham) o`quvchlarning mehnat ta’limi dasturida belgilangan bilim, ko`nikmalarini davlat ta’lim standartlariga binoan o`zlashtirish holatini dastlabki, oraliq va yakuniy nazorat qilib borishlari kerak.
Mehnat ta’limi “Inson va jamiyat” sohasiga kiradi. Bu sohaga jami beshta fan mavjud. Davlat ta’lim standarti beshta fan bo`yicha umumiy qilib, bir bo`limda keltirilgan. Bo’lar orasidan mehnat ta’limi bo`yicha qo`yilgan talablarni aniqlab olish zarur. Tubandagi talablar shular jumlasiga kiradi:

  • texnik modellashtirishga oid ishlarni bilish;

  • uy-ro`zg`or ishlarini bajara olish;

  • sodda konstruktorlik ishlarini bajara olish;

  • duradgorlikka oid sodda va yengil ishlarni bajara olish (o`g`il bolalar uchun);

  • oddiy bichish-tikish ishlarini bajara olish (qiz bolalar uchun);

  • inson mehnatini, faoliyat turlarini anglash.

DTS 4-sinfning bitiruvchilariga qo`yiladi. Shunga qaramasdan, bu ko`rsatkichlarga o`quvchilar birinchi sinfdanoq tayyorlab boriladi. Har bir sinfda qanday bilim, ko`nikma va malakalarni berish dastur talablarida belgilab beriladi. Shuning uchun ham mehnat ta’limidan dars beruvchi o`qituvchi, avvalo, har bir sinf oxirida o`quvchlar bilishi, uddalay olishi kerak bo`lgan dastur talablarini chuqur bilishi shart va har bir mehnat ta’limi mashg`uloti jarayonida o`z maqsadini ana shu talablarni bajarishga qaratishi lozim.
Masalan, o`quvchilar birinchi sinfni tugatgandan so`ng quyidagilarni uddalay olishlari lozim:
- ayrim kasblarda ishlatiladigan asboblar nomlarini va nima maqsadda ishlatilishini bilish;
- yog`och materiallar olinadigan daraxtlarni tanish va ularning nomlarini bilish;
- ayrim gazlama turlari, nomi, xususiyatlarini va ulardan tayyorlanadigan buyumlarni bilish;
- pazandalikda ishlatiladigan mahsulotlarning turlari va nomlari, nima maqsadda ishlatilishini bilish;
- qandolatchilikda ishlatiladigam xom ashyolar va tayyorlanadigan mahsulotlarni bilish;
- qurilish sohasida ishlatiladigan materiallar nomi, ayrim xususiyatlari va ishlatilish sohalarini bilish;
- qog`oz va kartondan eng oddiy shakldagi buyumlarni qirqib tayyorlash, ularning rasmini chizish, bo`yash hamda eng oddiy naqshlar bilan bezash;
- tugma qadash, eng oddiy choklarni tikish, gazlamalarni qirqishni bilish.
Ikkinchi sinf oxirida kelib o`quvchilar mehnat ta’limi fani bo`yicha tubandagilarni bilishlari hamda bajara olishlari darkor. Ayrim kasblar mahsulotlari yoki tayyorlanadigan buyumlar, eskizlarini chizish va oddiy bezaklarini ishlash. Bir nechta kasblar sohasida ishlatiladigan asboblarning to’zilishini hamda ishlatilishini bilish.
Ayrim tabiiy materiallardan oddiy tasvirlar va naqshlar to’zish. Yog`och materiallarning qattiq-yumshoqligi, egilish-sinishga, suvga, zaxga va boshqa ta`sirlarga chidamliligini bilish. Gazlamalarning haroratga, saqlanishga chidamliligi, ularning har xil ta`sirlar natijasida o`zgarishlarini bilish.
Tuproq, loy, sapol va boshqa materiallarning asosiy xususiyatlarini bilish. Oziq-ovqat mahsulotlarining eng oddiy xususiyatlarini bilish. Qog`oz, karton, gazlamalarni qirqish va kesish asboblaridan to`g`ri foydalanish. Kashtachilik va tikuvchilikda qo`llaniladigan asosiy chok turlaridan tikish. Ayrim ekinlarni o`stirish va chorva mollari boqishning eng oddiy qoidalarini bilish.
Uchinchi sinf o`quvchilari o`quv yili oxirida quyidagi dastur talab va ko`rsatmalarini bilish va uddalay olishlari lozim. Har xil oddiy buyumlar va mahsulotlar tayyorlash jarayonlari ketma-ketligini hamda xom ashyolarini bilish. Ularni so`zlar va turli tasvirlar, jadvallar orqali ifodalay olish. Ommaviy ishlatiladigan mehnat qurollarining turlarini va ulardan to`g`ri foydalanishni bilish.
Ayrim oddiy buyum va mahsulotlarni tayyorlash uchun eskizlar chizish. Qog`oz, karton, gazlama va boshqa materiallardan oddiy shakldagi gullar yasash Loydan milliy o`yinchoqlar yasash, ularni bo`yash va naqshlar bilan bezash. Yog`ochdan oddiy buyumlar va o`yinchoqlar yasash. Gazlamadan oddiy buyumlar tikish Pazandalik va qandolatchilikning ayrim texnologik jarayonlarini bajarish. O`simliklar, chorva mollari va parrandalar yetishtirishga doir ayrim vazifalarni bajarish.
To`rtinchi sinf oxirida esa tubandagi dastur talablarini DTS talablari bilan birgalikda bilishlari hamda uddalay olishlari ko`zda tutiladi. (Albatta, o`qituvchi o`g`il bolalar bajaradigan ishlarni alohida, qiz bolalar bajaradigan yumushlarni, talablarni alohida qilib rejalashtirib olishi kerak.)
Yog`ochdan oddiy buyumlar tayyorlash jarayoni uchun texnologik jadval hamda grafik tasvirlarni bajarish. Oziq-ovqat tayyorlash jarayoni uchun texnologik jadval hamda ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini turli shakllarda tayyorlash uchun eskizlar chizish Zargarlik, gilamdo`zlik, kulolchilik va boshqa kasblarda naqqoshlikdan foydalanishning eng oddiy usullarini bilish
Qo`g`irchoqlar uchun kiyimlar tikish va kashta gullari bilan bezash. Taomlar pishirish uchun sabzavotlarni tayyorlashni bilish. Xamirdan ayrim taomlar tayyorlash jarayonlarini bajarish. Ayrim qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash. Uy-ro`zg`or ishlarini to`g`ri va sifatli bajarish.
Qo`l mehnati jarayonida bolalar asosan ishlab chiqarish texnologiya chiqindilari (qog`oz, karton, sim, yog`och, gazmol va boshqalar) bilan: tabiiy va sun`iy xom-ashyolar (maxsus loy, yog`och va plastmassalar, plastilin, elim va boshqalar) bilan, keng iste`mol mollari va xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, tayyorlash uchun mahalliy xom-ashyolar bilan elektr, radiotexnika to`plamlari va hokazolar bilan ishlashga o`rganadilar.
Bo’larning hammasi o`quvchilarga qo`l asboblari bilan ishlash, har xil xom ashyolardan foydalanishning ma`lum tajribasini to`plashga imkon beradi, bu esa mehnatning qadrini va ma`nosini tushunishga, mehnat kishilariga hurmatda bo`lishga, mehnatning va kasbning u yoki bu turiga qiziqishlarini shakllantirishga yordam beradi.
Mehnat ta’limi va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang`ich maktabda butun ta’lim tarbiya sistemasi va barcha o`quv predmetlari yordamida hal etiladi. Bu o`rinda mehnat darslari etakchi rol` o`ynaydi.
Maktabda muntazam mehnat ta’limining boshlang`ich bochqichi boshlang`ich sinflardagi mehnat dargohlari va kichik maktab yoshidagi bolalarning qo`lidan keladigan ijtimoiy foydali ishdir.
Boshlang`ich maktabdagi mehnat ta’limning asosiy vazifalari mehnatga ahloqiy va psixik tayyorlash, o`quvchilarni boshlang`ich poletexnik bilimlar bilan qurollantirish mehnatga amaliy tayyorlashdir. O`quvchilarni mehnatga ahloqiy tayyorlash deganda, ularning bu mehnat natijalariga hurmat bilan yondoshishlari nazarda tutiladi.
Mehnat darslarini, mashg`ulotlarini tashqil etishda o`quvxonasi, asbob-uskunalar, kerakli materiallar, jihozlar, ko`rgazmali vositalarning ahamiyati katta. Shuning uchun ota-onalar qo`mitasi, homiylar ko`magida ustaxona tashqil etish maqsadga muvifiq bo`lardi. Unda kerakli jihozlar, asboblarning bo`lishiga erishish lozim.
Shundan so`ng o`qituvchi ta’limdagi yangi-yangi usullardan, yangi pedagogik va axborot texnologiyasi unsurlaridan foydalanib, turli metodik adabiyotlar, milliy hunarmandchilik namunalari va boshqa vositalar ko`magida mehnat ta’limi mashg`ulotlarini tashqil etishi kerak bo`ladi. Ayniqsa, o`quvchilarning yordami, ya`ni dars davomida kerakli jihoz va asbob-uskunalarni uydan keltirish orqali olib borish ham maqsadga muvofiq bo`ladi. Mustaqil amaliy ishlarda mahalladagi mohir ustalar, chevarlar, oshpaz, cho`pon, bog`bon va boshqa kasb egalari ko`magidan, maslahatlaridan foydalanish ham yaxshi natija beradi.



Download 96.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling