Mundarija : kirish qism I bob nafosat tarbiyasining maqsad va vazifalari


II BOB Dars va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda nafosat tarbiyasi


Download 96.74 Kb.
bet6/11
Sana18.06.2023
Hajmi96.74 Kb.
#1581639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nafosat tarbiya.tt11

II BOB Dars va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda nafosat tarbiyasi.
2.1 Nafosat tarbiyasining vazifalari
Bugungi kunda umumiy o`rta ta’lim muassasalarining ta’lim-tarbiya jaroyonida boshlang`ich sinif o`quvchilarida nafosat tarbiyasini shaqillantirishga e’tibor qaratilmoqda. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida nafosat tarbiyasini shaqillantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash, shu bilan birga diologik yo`nalishdagi o`quv fanlarning xususuyatlarini o`rganish orqali boshlang`ich sinf o`quvchilarida nafosat tarbiyasini shaqillantirishning ilmiy nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqishning davr talab qiladi. Buni amalga oshirish uchun esa xoxlaysizmi, yo`qmi, oliy ta’limda tahsil olayotgan bo`lajak boshlang`ich sinf o`quvchilari faoliyatiga jiddiy e’tibor berish kerak bo`ladi. Negaki, aynan ular ertangi kunda boshlang`ich sinf o`quvchilariga ta’lim-tarbiya beradi. Shunin uchun ham biz o`zimizning bitiruv malakaviy ishimizda bu muammoni tadqiq etishni maqsad qilib qo`ydik.
Talabalarda go`zallik haqidagi mavjud bilimlar hayot voqyeligi, buyumlar,ularning rang-barangligi, turlarini hamda san`at asarlarini estetik o`zlashtirish jarayonida tarkib topgan. Ular tevarak-atrof, hayot, tabiat manzaralari va har xil janrdagi san`at asarlari:grafika, rang tasvir, haykaltaroshlik, amaliy san`at, adabiyot, musiqa asarlari bilan kundalik faoliyatimizda duch kelishadi va ularni o`zgartirib boradi. Nafosat tarbiyasi – yoshlarni voqyelikdagi, san`atdagi, tabiatdagi, ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi nafosatni idrok qilish orqali, ularda go`zallika ijobiy munosabat uyg`otish va o`zlarining hayot tarziga go`zallikni olib kirishni tarbiyalashdir.[13,14] 7 Yoshlar nafosat–go`zallik to`g`risidagi bilimlarni o`zlarini qurshab turgan tevarak atirofdagi tabiat go`zaligi, oila a`zolarining o`zaro samimiy munosabatlari, beqiyos san`at asarlari va baddiy asarlardan oladi. Nafosat to`g`risidagi bilimlar yoshlarni xatti –harakatlarini, o`quvchilar faoliyatini va tabiat hodisalarini baholashda foydalanadilar. Nafosat tarbiyasining, mazmuniga xalqimizning boy madaniy merosini xalqning nafosatga oid bilimlarini badiiy didini xalqimizning ma`naviyatini, sog`lom turmush tarzini kiritsak bo`ladi. Nafosat tarbiyasi –eng avvalo xar bir yoshda badiiy hissiyot tuyg`ularini,badiiy didni tarbiyalashga qaratiladi. Nafosat tarbiyasi bugungi kunda shuning uchun ham muhimki, u har bir yoshni o`zini nazorat qilishga sa`yi – harakatlarini tartibga solishga odatlantiradi. Did farosat har bir insonning xatti-harakatida, kiyinishida yurish tyrishida, jamiyatga bo`lgan munosabatida, u yoki bu voqyealarga real yondashishda yaqqol ko`zga tashlanadi.

Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi Respublikamiz rahbariyatining xalq ta’limi yo’zasidan qabo’l qilingan qaror va yo`l-yo`riqlari asosida maktabda bajarilgan va bajarilayotgan ta’limtarbiya ishlarini yuritilgan hujjatlar orqali aniqlash metodi ham mavjuddir. Maktab hujjatlarini tekshirish orqali o`qituvchilar va o`quvchilar jamoasi, ularning pedagogik faoliyati haqida aniq ma`lumotlar olinadi. Umuman, maktab hujjatlari deyilganda; o`qituvchi va o`quvchilarning soni va sifati; o`quvchilarning shaxsiy hujjatlari, sinf jurnallari, kundalik daftarlari, buyruq daftarlari, pedagoglar kengashining qarorlari daftari, maktabning rejadagi pul hisobi va uning sarflanishiga doir hujjatlar, turli inventarlar daftari va boshqalar tushuniladi. Maktab hujjatlarini tahlil qilishda o`quvchilarning umumiy miqdori, uning o`sishi yoki kamayish sabablari tavsifi, o`quvchilarning fanlar bo`yicha o`zlashtirish darajasiga, sinfda qolishning oldini olish, rag`batlantirish va jazolash choralari, turlariga, maktabning moddiy bazasiga e’tibor beriladi. Ularni tahlil qilish, hisobotlarni ko`zdan kechirish, to`g`ri yoki noto`g`riligini aniqlash, o`quvchilar faolliklarining o`sishi bilan taqqoslash,ilg`or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishi va nihoyat, o`qituvchi-tarbiyachilarning ilmiy-pedagogik faoliyatlarini tekshirish, tegishli chora, tadbirlar belgilash maqsadida o`tkaziladi.


(Estetik tarbiya) — bu o`quvchilarni voqelikdagi, san`atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go`zallikni idrok qilish hamda to`g`ri tushunishga o`rgatish, ularning badiiy didini o`stirish, ularda go`zallikka muhabbat uyg`otish va hayotiga go`zallik olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir. Noziq didli bo`lish, go`zallikni fahmlay va qadrlay olish, badiiy madaniyatni tushunish, xullas, o`z hayotini go`zallik qonunlari asosida qura olish komil insonning eng zaruriy fazilatidir. Insonda go`zallikni tushunish birdaniga vujudga kelmaydi, balki u jamiyat va odamlar, atrof-muhit ta`sirida shakllanib boradi. Shunga ko`ra insoniyatning badiiy rivojlanish qonunlari ijtimoiy rivojlanish qonunlari bilan bog`langan. Badiiyat qonunlari esa ijtimoiy-estetik ideallar orqali namoyon bo`ladi. Nafosat tarbiyasi, eng avvalo, har bir kishida badiiy hissiyot tuyg`ularini, badiiy didni tarbiyalashdir. Bundan yuksak nafosatlilik aql-zakovatdan xoli bo`ladi, degan ma`noni tushunmaslik kerak. Shaxsning barkamol inson bo`lib shakllanishida bu ikki tomon bir-birini to`ldiradi. Chinakam san`at asarida hissiyot chuqur g`oyaviy-aqliy mazmun bilan birikib ketadi. Nafosat tarbiyasi aql bilan hissiyotni tarbiyalash, yanada aniqroq qilib aytganda, hissiyot vositasi bilan aqlni tarbiyalashdir. Bu ikki tomon bir-biri bilan o’zviy bog`liqdir. Ilmiy dunyoqarashga asoslangan nafosat, did, his-tuyg`ular va ko`nikmalarning o`sib borishi jarayonida insonning o`zi ham ma`naviy boyib, oliyjanob bo`lib boradi, uning hayoti yanada sermazmun bo`ladi, yashayotgan zamoniga nisbatan mehrmuhabbat ortib boradi. Bo’larning hammasi har bir insonda go`zallikni xunuklikdan, jirkanchlikdan farq qila bilish qobiliyatini shakllantiradi, uni yanada rivojlantiradi. Chinakam noziq did haqiqiy go`zallikdan lazzatlana olish, mehnatda, turmushda, yurishturishda, san`atda nafosatni idrok etish va yaratishga ehtiyoj sezish demakdir. Didsizlik kishining voqelikka bo`lgan ijobiy munosabatini bo’zib yuboradi, natijada u nafosatga loqayd qaray boshlaydi.
Nafosat tarbiyasi bugungi kunda shuning uchun ham muhimki, did-farosatlilik mehnatda, ishlab chiqarishda, kundalik amaliy faoliyatda har bir inson uchun hayotiy ehtiyojga aylanib qolgan. Did-farosat har bir insonning xatti-harakatida, kiyinishida yurish-turishida, kishilarga bo`lgan munosabatida, jamiyatdagi u yoki bu voqealarga yondashishida va hokazolarda yaqqol bilinadi. Ba`zan hayotda didi past, ma`naviy qashshoq kishilarni uchratamiz. Bunday kishilar aqlan, axloqan va ruhan zaifligini yashirish uchun soxta xatti-harakatlar qiladilar, o`zlariga yarashmaydigan ishlar qiladilar, didsiz kiyinadilar, ma`nosiz shovqinsurondan iborat musiqa va ashulalarni tinglaydilar. Bundaylarni ko’zatarkansiz, ularning mehnat gashtini surmagan, hayot tashvishlariga beparvo, loqayd kimsalar ekanligiga guvoh bo`lasiz.

Download 96.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling