Mundarija : kirish qism I bob nafosat tarbiyasining maqsad va vazifalari
Download 96.74 Kb.
|
Nafosat tarbiya.tt11
ODOB VA NAFOSAT TARBIYASI
Donolardan biri go`zallik axloq-odobning tug`ishgan singlisidir, degan edi. Darhaqiqat, bu juda to`g`ri ta`rif. Odatda odob va nafosat tarbiyasi o`zaro chambarchas bog`liq holda amalga oshiriladi. Chunki nafosat tarbiyasining natijasi axloq-odobda, chiroyli xattiharakat, go`zal munosabatda va hayotga, kelajakka, insonlarga, tabiatga muhabbatda ko`rinadi. Xalqimiz: Kamtarlik ham husn, deydi. Mana shu birgina iborada chuqur ma`no bor. Nafosat tarbiyasi tufayli yoshlarda kamtarlik xislati tarkib topadi. Bu xislat kishilarning eng go`zal, eng chiroyli belgisidir. Kishining chiroyi yozida, deydi xalqimiz. Bir go`zal tabassum kishilarga misoli quyosh bo`lib, qalblarga iliq nur taratadi. Kishi biror asarni o`qib, chehrasi yorishib ketadi. Yoki yoqimli biror kuy, ashula tinglasa, boshi mayin tebranadi, biror go`zal rasm, manzarali tasvirga boqib undan ko`z ozolmay qoladi, qalbi quvonchlarga to`ladi. Xunuk xatti-harakatdan nafratlana bilish tuyg`usini ham nafosat tarbiyasi paydo qiladi. Bunda badiiy asarning roli muhimdir. Masalan, Zumrad va Qimmat ertagidagi Qimmatning xulqatvori, qiliqlari, xatti-harakati o`quvchi qalbida nafrat uyg`otadi. Zumradning tevarak-atrofga munosabati, mehnatsevarligi, kamtarligi, sezgirligi, shirin so`zligi kabi xislatlari esa, aksincha, qalblarda qoniqish, quvonch, iliqlik, tabassum, unga xayrixohlik paydo qiladi. Shuni alohida qayd etish o`rinliki, ayrim yoshlar go`zallikni tor ma`noda tushunadi. Ya`ni chiroyni ko`pincha husn-jamolda deb bilishadi. Bu bir tomonlama tushunchadir. Har tomonlama to`liq ma`nodagi chiroy esa, husn-jamol qalb go`zalligida, ma`noli so`zdadir. Xalqimiz ham Chiroy xusn-u jamolda emas, fazl-u kamolda, deb bejiz aytmagan! Go`zallik tarbiyasida shu narsaga erishish kerakki, tashqi qiyofani haddan tashqari bezayvermasdan, asosan ma`naviy olamini bezash uchun intilish lozim. Shunday ekan, bolada juda yoshlikdanoq odob go`zalligiga erishishimiz zarurdir. Buning uchun o`qituvchilarimiz go`zallik ilmi bilan qurollangan bo`lishlari muhimdir. Bundan maqsad yoshlarga go`zallik asosida tarbiya berishdir. Estetik, ya`ni go`zallik tarbiyasini singdirishning ahamiyati katta. Bunday tarbiya, avvalo, yoshlarni turmushdagi go`zallik va xunuklikni tushunish, his etish orqali ma`lum bir kayfiyatni shakllantiradi, ularda go`zallikdan zavqlanish, xunuk qiliq, xattiharakatlardan nafratlana olish qobiliyatini paydo qiladi, kishilarni ma`naviy fazilatli bo`lishga yetaklaydi. Estetik hissiyot, odob insonni oliyjanob qiladi, uni yuksaklikka chorlaydi. Ana shu tuyg`u rivojlangan bo`lsagina kishilarda chinakam mehr, samimiyat, oliyjanoblik, kamtarlik kabi fazilatlar va go`zallikka tashnalik hosil bo`ladi. Estetik tuyg`u: kechinmalar didni o`stiradi, zehnlilikni kuchaytiradi. Didi, zehni o`tkir kishining so`zi bilan qilgan ishlari o`zaro monand bo`ladi, u intizomlilikda namuna ko`rsatadi. Yuksak didli inson ichki va tashqi go`zallikning birligini anglab yetadi. Har bir narsadagi, hodisa va voqealardagi ozviy aloqadorlikni chuqur his qila oladi. Yaxshi did, o`zini tuta bilish va tarbiyalanganlik bir-biri bilan ozviy bog`liqdir. O`zini tuta bilish, odob, xulq-atvordagi tarbiyalanganlik esa suhbat va gaplashishdagi yaxshi did-farosat hisoblanadi. Yaxshi, noziq did kishining yuksak axloqiy sifatlarida ifodalanadi va ularni yanada rivojlantirishga yordam beradi. Inson ma`naviy madaniyatining umumiy darajasi, aqliy, estetik va axloqiy rivojlanishi qancha yuqori bo`lsa, uning ichki ma`naviy dunyosi tashqi qiyofada shuncha yaqqolroq aks etadi. Zero, ichki go`zallik tashqi qiyofada ko`rinadi. Ichki va tashqi go`zallik birligi bu axloqiy kamolotning go`zal ifodalanishidir. Inson go`zal bo`lishga, go`zal ko`rinishga harakat qiladibu tabiiy hol. Ammo uni amalga oshirish axloqiy fazilatga, ya`ni insonning go`zalligi uning ijodiy, yaratuvchilik faoliyati mazmuniga bog`liqdir. Agar inson o`zi sevgan faoliyat bilan band bo`lar ekan, unda ichki ko`tarinqilik, oliyjanoblik va ilhombaxsh tuyg`u paydo bo`ladi. Insonning ichki va tashqi ma`naviy dunyosi, o`z oldiga qo`ygan maqsadi qanchalik go`zal bo`lmasin, agar undan jamiyatga foyda bo`lmasa, uni nafosatli deb ayta olmaymiz. Zotan, haqiqiy go`zallik har bir kishining ijtimoiy-foydali faoliyati darajasi bilan o`lchanadi. Inson mehnati bilan yaratilgan narsalar faqat moddiy jihatdan foydali bo`libgina qolmasdan, balki zavq-shavq uyg`otish manbayi hamdir, chunki ular kishining bahri dilini ochadi, unga ma`naviy oziq beradi. Inson mehnat jarayonida boshqa insonlar bilan muomala qiladi, ularga yaqinlashadi. Natijada aqliy, axloqiy va hissiy kamolotga erisha boshlaydi. Kishilar bilan muomala qilish jarayonida o`z-o`zini takomillashtiradi. Insoniy muomala madaniyati kishini donolik va zavq-shavq bilan boyitadigan mo`jizaviy kuch-qudratga egadir. Zero, kishilar bilan uchrashishdan, ulardagi ma`naviy boylikni bilishdan inson o`zi uchun bitmas-tuganmas oziq oladi. Xuddi shu insoniy muomala madaniyatida shaxsning hayotni sevishi shakllanadi va yangi inson kamol topadigan ma`naviy muhit mustahkamlanadi. Insoniy muomalaning ichki ahamiyati shundan iboratki, bu jarayonda inson boshqalarning ichki dunyosini tushunadi va his etadi. Bu bilan u tor biqiqlik va xudbinlikdan xolis bo`ladi, xushmuomalalik gashtidan zavqqa to`lib, o`z hayotini ma`naviy boyitadi. Xullas, estetik did, estetik qobiliyat, hissiyot madaniyati birdaniga paydo bo`lmaydi, tabiatdan tayyor holda berilmaydi. Har qanday insoniy qobiliyat qatorida go`zallik tuyg`usi ham tarbiyalash, ham rivojlantirish, ham takomillashtirishga muhtojdir. Bolarning hammasida inson go`zalligi namoyon bo`ladi. Xalqimiz Yaxshi husningni yomon xulqing bozadi, deb bekorga aytmagan. Download 96.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling