25.Yurak funktsiyasining buzilishida: avtomatizm , kuzgaluvchanlik, utkazuvchanlik, kiskaruvchanlikda EKG
Yurak faoliyati tezligi va ritmi buzilishining quyidagi shakllari farqlanadi:
sinus tugunining avtomatizmi izdan chiqsa,sinusli taxikardiya,sinus bradikardiya va siuns sritmiyasi yuzaga keladi.
Yurak mushaklarining ba`zi qismlarida aktiv impuls o`chog`I paydo bo`lganda ektopik aritmiyalar ro`y beradi.
Yurakning o`tkazuvchanlik faoliyati buzilganda turli xil to`siqlar paydo bo`ladi.
Yurakning qo`zga`luvchanlik,o`tkazuvchanlik va qisqaruvchanlik qobiliyati buzilganda tebranma aritmiyalar vujudga keladi.
Yurak sinus tuguning avtomatizmining buzilishi
Bunday aritmiyalarda impulslar ko`payishi(sinus taxikardiya),kamayishi(sinus bradikardiya),gohi ko`payib,gohi kamayishi(sinus aritmiya)hollari kuzatiladi.
Bunday aritmiyalar asosan simpatik nerv sistemasi faoliyati buzilganda kukzatiladi va minutiga 90-120,ba`zan 150-160 martagacha ko`payadi. Sinus taxikardiya ovqatlanganda,jismoniy mehnat qilganda,hayajonlanganda,qo`rqqanda,tana harorati ko`tarilganda,yurak mushaklari qisqarganda,yurak qopqoqlari zararlanganda,yurak-tomir yetishmovchiligida,tireotoksikozda,nevroz,anemiya,gipotoniya,infeksion kasalliklar va intoksikatsiyada shuningdek qator farmakologik moddalardan ta`sirlanganda kuzatiladi. Bunda bemorlar tez-tez yurak urishidan shikoyat qialdilar. EKG da esa T-P interval qisqaradi.
Sinus bradikardiyasi
Sinus tugunda ta`sirot kamayishi birinchi galda parasimpatik nerv organlari faoliyati kuchayganidan darak beradi. Sinus tugunining avtomatizmi yurak mushaklari sklerozida,sovuq qotganda susayadi. Yurak bir daqiqada 50-60 marta,goho 30 marta qisqaradi. Tomir urishining pasayishi soppa-sog` kishilarda,jismoniy ish bilan shug`ullanuvchilarda uchraydi. Sinus bradikardiyasi asosan bosh miya chayqalganda,bosh suyagining ichki bosimi ortganda,miksedema,ichterlama,sariqlik,och qolganda,xinin va digitalis ta`sir qilganda yuz beradi. Bemor ko`zdan kechirilganda puls kamayganligi,EKGda T-P oraliq uzayadi,goho P-Q (0,2-0,21 sek)uzayadi.
Sinus aritmiya
Bu aritmiya asosan simpatik va parasimpatik nerv organlarida o`zgarishlar paydo bo`lganda kuzatiladi.bunda asosan odam nafas olganda impuls tezlashib,nafas chiqarganda siyraklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |