Mundarija kirish 1 Bob Maxsus maktabda sinf rahbari ish masalalari pedagogik muammo sifatida


Sinf rahbari faoliyatini takomillashtirishda uslubiy birlashmaning o‘rni


Download 339.28 Kb.
bet10/12
Sana18.06.2023
Hajmi339.28 Kb.
#1586718
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Maxsus maktabda sinf

3.2.Sinf rahbari faoliyatini takomillashtirishda uslubiy birlashmaning o‘rni
Sinf rahbarlarining uslubiy birlashmasini tuzishdan maqsad, sinf rahbari faoliyatini ish uslubini chuqur o‘rganib chiqish, sinf rahbarining, bolalar yetakchisi, o‘qituvchilar, to‘garak rahbarlari, ota-onalar, jamoatchilik bilan birgalikdagi ishlari, sinf rahbari faoliyatining mazmuni, uslubiy birlashmasining vazifalari, rejaning asosiy yo‘nalishlari haqida to‘liq tushuncha berish. Ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida ta’lim muassasasida sinf rahbarlari uslubiy birlashmalari tashkil etiladi. Sinf rahbarlari uslubiy birlashmasiga maktabdagi barcha sinf rahbarlari a’zo bo‘ladilar.
Sinf rahbarlarining kasb-mahoratini oshirish maqsadida fanlar bo‘yicha tashkil etiladigan metodbirlashmalar bilan bir qatorda ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlarini yaxshi yo‘lga qo‘yish uchun sinf rahbarlarining metodbirlashmalarining tuzilishi ham maqsadga muvofikdir.
Sinf rahbarlarining uslubiy birlashmasini tashkil etish hamda uning samaradorligini oshirishda ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining o‘rni muhimdir.
Sinf rahbarlarining uslubiy birlashmasini 1-4, 5-9-sinflar bo‘yicha tuzish maqsadga muvofiqdir. Uslubiy birlashmasini alohida-alohida tuzishdan maqsad, o‘quvchilarning faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ularning yosh va o‘ziga hos xususiyatlarini, psixologik-pedagogik qonuniyatlarni hisobga olish osonlashadi.
Shu maqsad yo‘lida sinflar bo‘yicha tashkil etilgan metodbirlashmaga rahbar etib, shu sinflarga dars berayotgan tajribali sinf rahbari birktiriladi.
Sinf rahbarlari uslubiy birlashmasining maqsadi va ishining mazmuni maktab va ta’lim-tarbiya oldida turgan umumiy vazifalardan, muammolardan kelib chikadi. Ammo bu umumiy vazifalar, ta’lim-tarbiya jarayonida yo‘l quyilgan kamchiliklar har bir maktab, sinf o‘quvchilar faoliyatida turlicha amalga oshishini nazarda tutib, uni aniqlashtirish, sharoitdan kelib chiqib ish tutish zarur.
Sinf rahbarlari uslubiy birlashmasi ishini tashkil etishdan avval har bir sinf rahbari faoliyatini ish uslubini chuqur, atroflicha o‘rganish, tahlil qilish maqsadga muvofikdir. Buning uchun pedagog ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Bular quyidagilardan iborat:
1. Kuzatish, tahlil qilish, ya’ni sinf rahbari ishlayotgan sinfdagi o‘quvchilarning dars va sinfdan tashkari tadbirlarda ishtiroki va xatti-harakatini kuzatish, muhokama etish.
2. O‘rganish. Bunda sinf rahbarlarining tarbiyaviy ish rejasi, sinf majlislarining karorlari, sinf jurnali, o‘qituvchining shaxsiy ijodiy rejasi va uning bajarilishi, o‘quvchilarning ijodiy ishlari, pedagogik kengash karorlari, o‘qituvchining metodik ma’ruzalari, o‘quvchilarga yozilgan pedagogik-psixologik harakteristika va xokazolarni ko‘rib chiqiladi.
3. Suhbat. Sinf rahbari bilan bevosita faol muloqot. Bunda sinf rahbarining ta’lim-tarbiya ishida erishgan yutuqlari, mavjud kamchiliklari, ishning qaysi yo‘nalishda qiynalishi, unda maktab rahbarlari, metodbirlashma, murabbiy o‘qituvchi va kasbdoshlarining qanday yordam kerakligi aniqlab olinadi.
4. Anketa orqali sinf rahbarlarining metodik ishlarini aniqlash.
Anketada sinf rahbarining faoliyatiga doir quyidagi savollar bo‘ladi:
1. O‘z kasbdoshlaringizga sinf rahbarligi ishlari bo‘yicha nimalarni maslaxat berar edingiz?
2. Sinf rahbarlik faoliyatida qiynalasizmi?
3. Ishingizdagi qiyinchiliklarning sababi nimada deb bilasiz?
4. Rahbarlik kilayotgan sinfingizda qaysi muammo ustida ish olib borayapsiz, qanday ta’lim va tarbiyaviy muammoni hal qilmoqchisiz?
Yuqoridagi savollarga olingan javoblar bilan birga sinf rahbarining o‘z faoliyatini o‘rganishi natijalarini umumlashtirib, uning yutuq va kamchiliklarini, ehtiyojlari aniqlanadi. Har bir sinf rahbari faoliyatidagi ijobiy jihatlari, uning ishdagi ijobiy usullari aniqlanadi va boshqalarga o‘rganish uchun tavsiya qilinadi. Bunday natijalar sinf rahbarlari uslubiy birlashmasining mazmunini belgilash uchun asos bo‘ladi.
Sinf rahbarlari uslubiy birlashmasining maqsadi har tomonlama ma’naviy yetuk, barkamol insonni tarbiyalashda, ilmiy-nazariy, pedagogik-psixologik fanlarining yutuqlari, ilg‘or sinf rahbarlarining tajribalarini o‘rganish va tushuntirish, o‘quvchilar bilan tashkil etib o‘tkazib boriladigan tarbiyaviy tadbirlarni sifatini yaxshilash, kiritilgan tadbirlarni o‘quv tarbiya jarayoniga joriy etishda sinf rahbarlari uchun joriy etilgan metodik birlashmaning o‘rni cheksizdir. Hammamizga ma’lumki, sinfda tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishda sinf rahbarining bolalar yetakchisi, o‘qituvchilar, tug‘arak rahbarlari, ota-onalar, maxalla, jamoatchilik bilan hamkorlikdagi ishlari muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Sinf rahbari faoliyatining mazmuni quyidagilardan iborat:
O‘quvchilar shaxsini o‘rganish, sinf jamoasini tashkil etish, sinfdagi barcha o‘quvchilarni doimiy jamoat ishiga jalb etish, har bir o‘quvchi yakkama-yakka ishlash, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va uni bajarilishini tahlil qilib borishdir.
Metodik birlashmaning faoliyatini faollashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida metodik birlashmada faqat ma’ruza bilan cheklanib qolmasdan, balki tajriba almashish, davra suhbati, munozara sinfda tashkil etib o‘tkaziladigan tadbirlarni, tarbiyaviy soat, sinf majlislari va an’anaviy taqvim bayramlarini nishonlashni tahlil va muhokama qilishdir.
Shu maqsadni amalga oshirish uchun sinf rahbarlari uslubiy birlashmasi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
1. Sinf rahbarlarining ma’rifiy-ma’naviy mafkuraviy yo‘nalishlar bo‘yicha saviyasini oshirish, ularni tarbiya nazariyasi, metodikaga doir bilimlar bilan qurollantirish.
2. Tarbiya jarayonida duch keladigan qiyinchiliklarni, ularning sabablarini aniqlash va bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatish.
3. Sinf rahbarlarining ilmiy-metodik tayyorgarligini ta’minlash va kasb maxoratini takomillashtirish.
4. O‘quvchilarni tarixiy madaniyatimiz, merosimiz ruhida tarbiyalashning yo‘l va vositalarini ishlab chiqish.
5. Ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi normativ, instruktiv-metodik xujjatlarni sinf rahbarlari muntazam o‘rganib borishni tashkil etish. Maktabda sinf rahbarlari uslubiy birlashmalari ishiga mas’ul kishi ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lganligi uchun, mazkur metodbirlashmalar faoliyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish kerak.
Uslubiy birlashma sinf rahbarlari uchun ijodiy laboratoriya hisoblanadi. Sinf rahbarlari uslubiy birlashmasining bir o‘quv yilida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarining namunali ish rejasi (3-ilovada keltiriladi).
Unda sinf rahbarlari faoliyatiga doir barcha muammolar hal etilib, savollarga javob topiladi.



Download 339.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling