Mundarija Kirish Asosiy qisim


Konlarga davriy bug’li tasir etish texnologiyasi


Download 386.5 Kb.
bet7/10
Sana10.02.2023
Hajmi386.5 Kb.
#1185639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Azimbayev

1.7. Konlarga davriy bug’li tasir etish texnologiyasi
Qatlamlarga davriy bug’li ta’sir etish texnologayasi quyidagilardan iborat. Oluvchi quduqga ikki-uch hafta (maksimal 1 oy) davomida qatlamni 1 m qalinligiga 30-100 t hajmd a bug’ haydaladi. Haydalayotgan bug’ hajmi qatlam neftini qovushqoqligi qancha katta va uni harakatlanishi uchun qatlam energiyasi qancha kam bo’lsa shuncha ko’p bo’lishi kerak. Bug’ haydalgandan so’ng quduq yopiladi va bir-ikki hafta davomida, issiqlik va massa almashinuvi kapillyar qarshi oqim, g’ovak bo’shliqda neftni va suvni qayta taqsimlanishi jarayonini tugallanishi uchun zarur davr, saqlab turiladi. Qatlamdagi energiya qancha kam bo’lsa, bug’ bosimidan olishda foydalanish uchun saqlab turish davri shunchalik kichik bo’lishi kerak. Keyin neftni mahsul miqdori iqtisodiy samaradorlik chegarasigacha 8-12 hafta mobaynida ishlatiladi. To’liq davr 3-5 oy va undan ortiq bo’lishi mumkin. Birinchi sikldan so’ng ushlab turish vaqti katta bo’lgan ikkinchi va keyingi sikllar amalga oshiriladi. Odatda uch-to’rt yil ichida besh-olti sikl bo’ladi, ayrim hollarda 12-15 sikl bo’lishi mumkin, ulardan so’ng davriy bug’li ta’sirning samaradorligi kamayadi va bug’ga ketgan sarfni oqlamaydi. Bu usulda issiqlikni katta masofaga ko’chirish imkoni bo’lmagani sababli quduqlarni joylashtirish zich (1-2ga/quduq) bo’lishi kerak.
Amalga oshirilayotgan loyihalar va usulning samaradorligi.
Qatlamlarga davriy bug’li ta’sir samaradorligi quyidagilar hisobiga bo’ladi:

  • qatlamni quduq tubi atrofini tozalash va isitish, o’tkazuvchanlikni oshirish, neftni qovushqoqligini kamaytirish;

  • quduqlarni mahsul miqdorini va mahsuldorlikni oshirish;

  • qatlamni quduq tubi atrofini ishlash bilan qamrab olinganligini oshirish va uning hisobiga yakuniy neft bera olishlik darajasini ko’tarish. Yakuniy neft bera olishlik bug’li ta’sir etilmagan holdagi 3-4 % o’rniga 10-12 va 25-30 %ga yetishi mumkin (Venesueladagi Bolivar koni) . Birinchi sikllarda 1t haydalgan bug’ hisobiga 10-15 t gacha neft olish mumkin. Oxirgi siklda bu nisbat 0,5-1 t gacha pasayadi, o’rtacha ko’rsatkichi esa 1,5-2,5 t oralig’ida bo’ladi. Usulning afzalligi shundan iboratki, bug’ haydashdan samaradorlik, quduqqa bug’ haydash to’xtatilgandan so’ng, tez (jarayonni qo’llash boshlanishidan) olinadi.[16]


Download 386.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling