Mundarija Kirish Asosiy qisim
Usulning kamchiliklari va muammolari
Download 386.5 Kb.
|
Azimbayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Usulning kelajagi
Usulning kamchiliklari va muammolari.
Usulning kamchiliklariga mustahkamlovchi quvurlarni biriktirish qismlarida va quvuri tashqarisida semonli toshlarni buzilishlariga olib kelishi kiradi. Quduqlarni davriy bug’li ishlashni avvalam bor qatlamni yotish chuqurligi (500-800m dan kam) va qatlam g’ovakligi (25% dan katta) chegaralaydi, aks holda issiqlikni befoyda katta yo’qotishi sodir bo’ladi. Usulning kelajagi Yuqori qovushqoq keftli qatlamlarning quduq tubi atrofiga davriy bug’li ta’sir etishning kelajagi neft konlarini issiqlik usullari qo’llab ishlash bilan bog’liq. Neftni bug’ yoki qatlam ichra yonish bilan siqib chiqarish quduqlarga davriy ta’sir etishsiz, oluvchi quduqlarga neft oqimini kelish sharoitlarida ta’minlamasdan, samarali bo’lishi mumkin emas. Konlarda issiqlik usullari birga qo’llanilgan ishlashda samaradorlikni asosiy qismi (40-50% gacha) quduqlarga davriy bug’li ishlov berishga to’g’ri keladi. Neftni bug’ bilan siqib chiqarish va oluvchi quduqlarga davriy bug’li ta’sir etish neftni qovushqoqligi katta bo’lgan AQSh ning Kaliforniya shtatidagi Kern River, San Adro, Vayt Volt konlarida keng qo’llanilgan. Bu konlarning neftli qatlamlari 200-600m chuqurlikda yotadi, qatlam qalinligi 25-70m, neftning qovushqoqligi 3000 m Pa*s dan katta, 1960 yil o’rtalaridan boshlab Kaliforniya konlarida neftni bug’ bilan siqib chiqarish va yiliga 2500 dan ortiq quduqga davriy bug’li ishlov berish amalga oshirilmoqda. Bu ikki usul hisobiga olinadigan zahiralar geologik zahiralarning 35-37% darajasida oshirilgan. Ishlashni issiqlik usullarini qo’llash uchun mos bo’lmagan sharoitlarda (qatlamlarini kalinligi kichik bo’lgan konlar, darzli qatlamlar va boshqalar) oluvchi quduqlarga bug’li ta’sir etish usuli alohida qo’llanishi kerak (boshqa ta’sir etish usullarisiz). 1970 yilda O’zbekistondagi Boston konining 1-a qatlami bug’ haydash bilan ishlash uchun sinov-sanoat texnologik tarxi tuzilgan va amalga oshirilgan. Ikkita sinov maydonida bug’ haydash texnologik va iqtisodiy samara bermagan. Jarayonni texnologik ko’rsatkichlarini tahlili ushbu usulning samaradorligiga bug’ni kichik sur’atda haydalganligi, haydovchi va oluvchi quduqlar orasida masofaning kattaligi, oluvchi quduqlar soni ozligi, qatlamda bug’ harakatini boshqarishni iloji bo’lmaganligi, issiqlik energiyasini qatlamni o’rab turgan tog’ jinslarga ko’p sarf bo’lishi salbiy ta’sir etganligini ko’rsatdi. Download 386.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling