Mundarija Kirish Asosiy qisim
Qazib oluvchi quduqlarda QQTZ-sini o’tkzazuvchanligini
Download 386.5 Kb.
|
Azimbayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.6. Qatlamlarning neft beraolishligini oshirishning ma’lum usullari
1.5. Qazib oluvchi quduqlarda QQTZ-sini o’tkzazuvchanligini
pasaytiruvchi sabablar 1. Mahsuldor qatlamni burg’ilash va perforatsiya qilishda loyli eritmalarning qattiq fazalari qatlamning g’ovakli kanallariga va bo’shliqlariga kirib o’tiradi va qisman yoki to’liq bekitib qoyadi; 2. QQTZ-sini burg’ilab ochishda va suvning tarkibida qattiq fazolarni kirib borish natijasida loyli eritmalarning filtratlarini qatlamga chuqur kirib o’tirib qolishi natijasida; 3. Chuchuk va tuzli suvlar qatlamga chuqur kirib, quduqni uchirish va yuvish davrida, ishlatish davrida va QQTZni yuvishda suvning tarkibining o’zgarishi hamda qatlamning suvlanganlik oralig’i uchun to’xtatilganda; 4. Mexanik aralashmalar va quduq jihozlarining korroziya mahsulotlarini ko’chirishda yoki ta’mirlash ishlarida, quduqni yuvishda QQTZsini bekitib qoyadi; 5. Asfalt – smola parafinlarni quduq tubi zonasida termodinamik rejimining o’zgarishini hisobiga o’tirib qolishi; 6. Chuchuk suvning loyli sement tog’ jinslarining va kollektorlarning bo’kishi, qazib oluvchi va haydovchi quduqlarning quduq tubi zonasiga o’tirib qolishi; 7. Chuchuk suvlarni QQTZ-siga kirib borishi natijasida suv- neft emultsiyalarini paydo bo’lishi kuzatiladi. 1.6. Qatlamlarning neft beraolishligini oshirishning ma’lum usullari Olib borilgan tahlillar va tadqiqotlar to’liq bo’lmagan drenajlar, qatlamlarga suv haydash va neftni suv bilan siqish ishlarining holatlari shuni ko’rsatadiki, u yoki bu tusiqlarni yopib neft olishni oshirishni ta’minlash, qatlamda ushlanib qolgan neftga ta’sir etish, qatlamning xossalarini o’zgartirish va qatlamga bostiriladigan agentlarni tanlash neft beraolishlikni oshirishning ma’lum usullaridir. Neft beraolishlikni oshirish boyicha juda ko’pgina ilmiy ishlar, mualliflik, patentlar olingan bo’lib, ularning ham amaliy foyda berishi chegaralangandir. Bularga quyidagilar kiradi: - mahsulotlarni bahosi qo’llanilgan usul boyicha yuqori narxda, defitsit va hakozo; - ekologik xavflilik, qatlamni nuqsonli o’zgarishlarga olib kelishi; -tavsiya qilingan texnologiyani tabiiy sharoitda qo’llashni murakkabligi. Neft konlarini ishlash usullari an’anaviy (tabiiy rejimlarga, suv haydash, qatlamga suv bostirib bosimni saqlab turish) va qatlamni neft beraolishligini oshirish usullari, yangi manbalarda yangi ishlash usuli yoki o’lchamchi usullar deyiladi. Qatlamga issiqlik usuli bilan ta’sir etish usuli ham yangi usul hisoblanib, ammo an’anaviy usul kabi 1930 yillardan boshlab qo’llanilgan. Issiqlik ta’siri usulini qo’llanishi yuqori qovushqoqlikka ega bo’lgan (“Jarqurg’onneft” OAJ qarashli konlarga mansubdir) konlarda qo’llanilib, u neftberaolishlikni oshirish usuli emas, balkim uslubi deyiladi. An’anaviy usulda neft konlarini ishlash keyinchalik qatlamning neftberaolishligini oshirish usuli hisoblanib, erishish samaradorligi, neftni siqish sharoitlarini ta’minlash holatlariga bog’liq holda quyidagi 4 ta guruhga bulinadi: 1) fizik-kimyoviy; 2) gazli; 3) issiqlik; 4) boshqa – neordinor texnik sabablarda foydalanishga va murakkab ishchi agentlardan foydalanishga asoslangandir. Fizik – kimyoviy turda ta’sir qilishga mitsellyar, ishqorli, mikrobiologik va polimerli aralashmalarni, SFM larni, tuzli kislota hamda boshqa kimyoviy moddalarni qo’llash kiradi. Hozirgi vaqtda bunday usulga quduq tubi zonasini ishlash tizimini ajratish mumkin. Chet el amaliyotida fizik – kimyoviy usulga – polimerli, ishqorli va mitsellyarli suv haydashlar kiradi. Gaz usulida – ikki oksidli uglerod va uglevodorodli gazdan, azot va turli gazlardan foydalanish kiradi. Issiqlik yoki isitish usullarida ishlash usuli bug’ haydash (to’xtovsiz choyakli , bug’ – quduq tubi atrofini ishlash uchun), qatlam ichra yondirish, issiq suv haydash. Boshqa usullar keng qo’llanilgani uchun mikrobiologik tulqinli va elektromagnitli ta’sir etish, yadraviy portlatish usullarining qo’llanilishi hozirgi paytda kon sharoitlarida jadal o’rganilmokda va tadqiqotlar olib borilmoqda. Ma’lum usullar ya’ni neftberaolishlikni oshirishning tasniflarini o’zgartirishga, siqishga va neft qatlamida bosimni saqlab turishga asoslangandir: - neft va siquvchi agentlar chegarasida fazalar oralig’ida tortishishni pasaytirish; - siquvchi va siqiluvchi flyuidlarni harakatlanish nisbatlarini (neft qovushqoqligi yoki siquvchi agentning harakatlanuvchanligini) pasaytirish; - neft zaxiralarini konsolidatsiyasi uchun qatlamdagi neft, suv va gazni qayta taqsimlash. Download 386.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling