Mundarija Kirish Asosiy qisim


Uyumni ishlatish jarayonini intensivlfshtirish va qatlamlaqrni neft beraolishligini oshirish texnologiyalari


Download 386.5 Kb.
bet4/10
Sana10.02.2023
Hajmi386.5 Kb.
#1185639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Azimbayev

1.3. Uyumni ishlatish jarayonini intensivlfshtirish va qatlamlaqrni neft beraolishligini oshirish texnologiyalari
Hozirgi vaqtda drenajlashmagan qatlamlardan va suv bilan egallanmagan qatlamlar oralig’idagi qoldiq neft zaxiralari yaxshi o’rganilgan.
O’tkazilgan tadqiqot natijalarini tahlil qiladigan bo’lsak, qoldiq neft zaxiralari turlari boyicha miqdoriy jihatdan quyidagicha shaklda taqsimlangandir[38].

  1. kam o’tkazuvchan qatlamlar oralig’ida va suv egallanmagan uchastkalarda qolgan neftlar – 27%;

  2. yaxlit qatlamlarning o’tirib qolgan zonalaridagi neft -19 %;

  3. linzalarda va o’tkazilmaydigan ekranlarda, quduqlar bilan ochilmagan joylardagi qoldiq neftlar – 24 %;

  4. kapillyar ushlangan va pardali neftlar -30 %.

Qoldiq neftlarning bir qismi (1, 2, 3 punktlarda) ishlanadigan qatlamning yuqori darajada makro noyaxlitligi evaziga va o’tirib qolgan zonalarda suv haydash jarayonida egallanmagan, qatlamlardagi suyuqlikning oqimi bilan shakllanganligi hamda qoldiq neftlarning 70 %-ini tashkil qilib, neftberaoluvchanlikni oshirishdagi asosiy zaxira hisoblanadi.
Qatlamning bunday qismida neftberaoluvchanlikni oshirish uchun amaldagi tizimni takomillashtirish va texnologik ishlanmalar asosida qatlamlarni neftberuvchanligini oshirishda gidrodinamik usullarni qo’llash kerak.
Konlardan qoldiq neftlarni olishda bir qator ma’lum bo’lgan usullar (“Sho’rtanneftgaz” MChSh, “Muborakneftgaz” MChShga qarashli konlarda) qatlamga ishlov berish, suv haydash, qayta perforatsiya ishlarini amalga oshirish, gidravlik yorish, yon stvollarni qirqish va gorizontal quduqlarni burg’ilash ,radial burg’ilash ishlarini olib borish kabilar (Radial burg’ilash orqali mahsuldor qatlamlarni drenajlashtirish “Muborakneftgaz” MChShga qarashli konlarda va yuqori samaradorlikka erishilgan ) qo’llanilmoqda.
Neftning qolgan qismi suv bosgan kollektorlarda mikro noyaxlitlik evaziga qatlamda qoladi. Bunday sharoitdagi qoldiq neftni qazib olish uchun har xil turdagi fizik va fizik-kimyoviy jarayonlarni amalga oshirish qo’llaniladi. Tabiiy sharoitlarda suv bosgan zonalarda qoldiq neft bir vaqtning o’zida har xil holatlarda joylashgan bo’ladi. Suv bostirilgandan keyin qatlamning zonalarida qoldiq neftning taqsimlanish xarakteri g’ovaklik fazosining tuzilishiga va fizik kimyoviy xossalarini fazolar bilan to’qnashish (uchrashish) holatiga bog’liqdir.
Agarda qattiq fazoning sirti aniq gidrofilli (namlanish burchagi 300 dan kichik), neft tomchilari ko’rinishida, g’ovaklik fazolarida yopilgan ko’rinishda qoladi. Bunday tomchi ko’rinishidagi neftni tog’ jinsini toyintirib siqish, yaxlit va tog’ jinsi bilan eritish, yirik g’ovakliklarga aylantirish orqali siqib chiqarish mumkin bo’ladi.
Agarda g’ovakli muhit qisman gidrofob bo’lsa, unda qoldiq neft g’ovakliklarda gidrofobli uchastkalarda pardalar ko’rinishida qoladi. Gidrofobli sirtdagi yirik g’ovaklikdagi neftning pardasi neft globullariga qoyiladi.
Gidrofobli kollektorlarda (namlanish burchagi 90 0 dan katta) bog’langan suvlar birinchidan uzlukli taqsimlangan va eng yirik g’ovakliklarni egallaydi. Suv bostirilganda bostirib kirgan suv bog’langan suvlar bilan aralashadi, yirik g’ovaklik kanallarida qoladi. Qoldiq neft esa kichik o’lchamdagi g’ovakliklarda qoladi.
Ishlov berish jarayonida neftning xossasini o’zgartirish og’irlashtirishga qarab sodir bo’ladi. Qoldiq neftni qazib olish jarayonida konlarni ishlash ma’lumotlaridan shu narsa tasdiqlanadiki, ishlash jarayonida neftni og’irlashishi, ishlatish jarayonida qatlam bosimining pasayishi va neftni gazsizlanishida tarkibidan yengil fraktsiyalarni yo’qotilishi hamda neftga haydalgan suvlar yoki qatlam suvlari bilan oksidlanishi natijasida sodir bo’ladi. Bundan tashqari uyumning chuqur joylaridagi eng chetki chegara zonalarida joylashgan og’ir neftlarni siljishi ham sodir bo’lishi mumkin.
Konlarni ishlatish jarayonida shunday holatlar ham uchraydiki, ishlatish jarayonida neftning solishtirma og’irligining hisobiga zichligini kamayishi ham uchraydi. Neftning mahsuldor qatlamining bir chegarasida, eng past o’tkazuvchan qatlamchalarning mavjudligi, shu bilan birgalikda yuqori tarkibdagi loyli materiallli qumoqtoshli qatlamchalar neftga nisbatan kichik zichlikka ega bo’ladi.
Ishlatish jarayonida neft oqimi eng katta g’ovaklikka ega bo’lgan qatlamlarda shaklllanadi, qaysiki oldinroq ishlanadi va etarli katta qiymatda quduq tubi bosimi pasayib yomon o’tkazuvchi qatlamlardan oqimni o’ziga jalb qiladi. Qatlamda neftning xossalarini o’zgarishiga qatlamga haydalgan suvlar ham ta’sir qiladi. Shuning uchun suv bosgan zonalaridagi neftning xossasidan farq qiladi.
Neftning kislorod bilan oksidlanishi, suvdagi tarkibi hamda fraktsiyalarga ajralishida qoldiq neftning xossasining yomonlashishi suv bilan zonali yuvish muddatining kattaligiga bog’liq bo’ladi.
Shunday qilib, mavjud bo’lgan ma’lumotlarga asoslanib, shuni tasdiqlash mumkinki, qoldiq neftning xossasi, qazib olinadigan neftning xossasidan amalda farq qiladi. Qoldiq neftlarni olishni texnologiyasini takomillashtirish neftberuvchanlikni oshirishdagi hamma ma’lum bo’lgan usullarni yaxshilash va suv bosgan zonalardagi qoldiq neftlarni mobilizatsiya qilish muammolari bugungi kunning dolzarb masalasidir.

Download 386.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling