Mundarija Kirish bob. Muammoni o’rganishning ilmiy nazariy asoslar
Yozma nutq tushunchasi, turlari, uning psixologik, psixolingvistik va fiziologik asoslari
Download 123.27 Kb.
|
o\'qish va yozuvdagi kamchiliklarini oldini olish
Yozma nutq tushunchasi, turlari, uning psixologik, psixolingvistik va fiziologik asoslari
Qo’lning avtomatlashgan harakati og’zaki nutqdan yozma nutqqa o’tishdek murakkab jarayonning so’nggi bosqichi hisoblanadi. Bundan oldin ana shu so’nggi bosqichga hozirlik ko’rishdan iborat murakkab jarayon amalga oshadi. Yozuv jarayoni ko’p darajali kurilishga ega bo’lib, ko’p miqdorli operatsiyalarni o’z ichiga oladi. Bunday operatsiyalar katta kishilarda qisqa, yopiq xarakterda bo’ladi. Yozuv malakalarini egallaganda bu operatsiyalar ochiq ko’rinishli bo’ladi. A.R. Luriya "Yozuv psixofiziologiyasi xaqida ocherklar" nomli kitobida yozuvning quyidagi operatsiyalarini ajratib ko’rsatadi. Yozuv hissiyotlarining uyg‘onishi, sabab va vazifalardan boshlanadi. Kishi o’zining fikrlarini qayd etish maqsadida, axborotlarni ma’lum muddatgacha saqlash, ularni boshqa shaxsga Etkazib berish, kimnidir harakatga undash va hokazolar uchun yozayotganini biladi. Inson yozma bayon mazmuni rejasini, fikr dasturini, fikrlarining izchilligini xayolan tuzadi. Bunda boshlang’ich fikr gapning ma’lum qurilmasiga bog’liq bo’ladi. Xat bitish jarayonida yozayotgan kishi jumlaning yozilishi tartibiga rioya qilishi, yozilgan va navbatdagi yoziladigan so’zlarga qarab mo’ljal olishi kerak. Yozilishi kerak bo‘lgan har bir gap so’zlarga bo’linadi, shunday ekan yozuvdagi so’zlar orasida ma’lum bir chegaralanish bo’ladi. So’zning tovush tuzilishini tahlil etish yozuv jarayonining eng murakkab operatsiyalaridan biri hisoblanadi. So’zni to’g’ri yozish uchun uning tovush tuzilishini, davomiyligini va har bir tovushning o’rnini aniqlash lozim. So‘zning tovush tahlili nutqni eshitish va harakatga keltirish analizatorlarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. Tovushlarning xarakteri va ularning so’zdagi izchilligini aniqlashda baland, past va ichki talaffuz katta o’rin tutadi. Talaffuzning yozuv jarayonidagi o’rni haqida ko’pgina tadqiqotchilar fikr bildirishgan. Masalan, L.K. Nazarova 1 sinf bolalari bilan quyidagicha tajriba o’tkazgan. Tajribaning birinchi bosqichida ularga yozish uchun tanish bo’lgan matn beriladi. Ikkinchi bosqichida ularga talaffuz etilmagan, mazmuni qiyin matn beriladi: bolalar yozuv jarayonida kichkina tilchalarini tishlab olishdi yoki og’izlarini ochishdi. Bunday paytlar ular oddiy xat yozishdagiga nisbatan ko’proq xatoga yo’l qo‘yishdi. Yozuv malakalarini egallashning dastlabki bosqichida talaffuz etishning roli katta bo’ladi. U tovush xarakterini aniqlashga, uni o’xshash tovushlardan farqlashga, tovushlarning so’zdagi izchilligini belgilashga yordam beradi. Navbatdagi operatsiya – so’zdan ajratib olingan fonemalarning harfning muayyan ko’rish obrazi bilan hamohang kelishi hisoblanadi. Bu boshqa tovushlardan, ayniqsa o’xshash harfli tovushlardan tabaqalashgan holda farqlanishi kerak. Yozilishi bo’yicha o’xshash harflarni aniq farqlash uchun ko’rish analizi va sintezi, fazoviy tosavvurlarining Etarli darajada shakllanganligi talab etiladi. Harflarni tahlil qilish va qiyoslash esa 1 – sinf o’quvchisi uchun oddiy vazifa emas. Keyin yozuv jarayonining motor operatsiyasi – qo’l harakatlari orqali harflar shaklini aks ettirishga kirishiladi. Qo’l harakatlari bilan birgalikda kinestik nazorat ham amalga oshiriladi. Harf va so’zlarning yozilish me’yoriga qarab, kinestik nazorat ko’rish va yozilganlarni o’qish bilan mutsahkamlanadi. Yozuv jarayoni nutqli va nutqsiz vazifalar: tovushlarni eshitishda ajratish, ularni to’g’ri talaffuz etish, til analizi va sintezi, nutqning leksik grammatik jihatdan shakllangani, ko’rish analizi va sintezi, atroflicha tasavvur qilishning Etarli darajada shakllangani asosida amalga oshadi. Ko’rsatilgan vazifalardan birortasining shakllanmay qolishi yozuv ko‘nikmalarini egallash jarayonining buzilishiga, disgrafiyaning vujudga kelishiga sababchi bo’lishi mumkin. Zamonaviy fanda yozuvga: psixofiziologik, psixolingvistik va neyropsixologik tomondan qaralib, ularning har biri jarayonning mazmuni, tuzilishi va mexanizmini to’ldirish, chuqurlashtirish imkonini beradi. Yozuv ko’nikmasini shakllantirish vositalari, maxsus xatoliklarni oldini olish metodlari haqida gapirganda, bu jarayonning mazmuni, tuzilishi va amalga oshirish yo’llarini aniqlab olish kerak, shuning uchun bizga bu tadqiqotda “yozuv” tushunchasining qaysi tavsifi qiziq bo’lishini aniqlab olishimiz lozim. Metodik adabiyotlarda ko’pincha “ yozuv” va “ yozma nutq ” mazmunan ajratilmaydi va ular yagona jarayon sifatida tavsiflanadi. Shunga qaramasdan ular bi xil emas. Zamonavi tadqiqotchilar bu ikkita tushunchani farqlashni taklif etishadi, chunki, qator psixofiziologik umumiylik bilan birga ular qator aniq farqlarga ham ega. “ Yozuv ” va “Yozma nutq ” atamalar sharhidagi farqlarda aniqroq to’xtalib o’tamiz. Yozuv- bu odamlar tomonidan yaratilgan va tovushlarni qayd etadigan harflar, grafik belgilar tizimidir. Yozma nutq- ancha keng tushuncha bo’lib, u bilim olish insoniy muloqat doirasini kengaytirish imkonini beradi. Yozuv – yozma nutqni tashkil tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Yozuv va yozma nutqni egallash faqat ongli ta’lim natijasidagina egallanadi, ammo, paydo bo’lish va shakllanish vaqtlari turlicha bo’ladi. Yozuvning bunday shakllanishi yozma nutqning shakllanishiga sabab bo’ladi. Bola yozuvni o’zining maktabda ta’lim olishni boshlagandayoq egallaydi ( boshlang’ich sinfdag idavrda), yozma nutqni u butun maktabda o’qish davri maboyinida, shuningdek, keyingi rivojlanish davrida ham. Yozma nutqni amalga oshirish fikrni leksik- grafik va sintaktik belgilarga aylantirish ( so’z, ibora, matnlar)dan boshlanadi, yozuv tovushlarni harfga aylantirish v ularni butun bir so’z sifatidagi biriktiruvchi texnik faoliyat ham hisoblanadi. Yozuv turlari va yozma nutq mahsulotlari turlicha bo’ladi. Yozuv quyidagi ish turlarini ko’zda tutadi: bosma matn larniyozma shaklaga aylantirib ko’chirish, diktovka asosida yozish ( diktant). Yozma nutq insho va bayon yozish, turli janr va uslublardagi ( ilmiy, publitsistik, rasmiy- ish uslublari va hakozolar) ma’lumotlar yordamida yuzaga keladi. Yozma nutq o’z ichiga fikr bildirish shakllari va usullari ustida ishlashni qamrab olar ekan, ma’lumki, u tafakkurni shakllantirish jarayoniga ham ta’sir ko’rsatadi. Yozuv asosiy orfografik tamoyillar orqali amalga oshiriladigan, tayyor fikrlarni uzatish vositasi hisoblanadi. Yozuv va yozma nutqdagi xatoliklar xarkteri o’ziga xos xususiyatlarga ega.Fonetik tamoyilga amal qilmaslik bilan bog’liq xatoliklar: harf va bo’g’inlarni almashtirish, tushirib qoldirish, o’rnini almashtirish yozuv xatoliklari hisoblanadi. Gapning ma’noviy qismlarini kema-ket yozmaslik, gapdagi so’zlarning tartibini saqlay olmaslik bilan bog’liq xatoliklar yozma nutq buzilishlari sifatida sharhlanadi va faqat ijodiy xarakterdagi ishlarda: insho,bayon va boshqalarda kuzatiladi. Yozma nutq o’z ichiga uchta asosiy: psixolingvistik, psixofiziologik va lingvistik darajalarni qamrab olgan alohida faoliyat turi sifatida ajratiladi. Psixologik darajada amlga oshiriladi: Yozma nutqga asos, maqsad, ehtiyoj paydo bo’ladi; Mazmun yaratiladi; Uni asosida yozma nutqning umumiy mazmuni yaratiladi; Faoliyatni boshqarish va faoliyatni boshqarilishini nazoratga olishni amalga oshirish. Psixofiziologik daraja ikkita kichik darajalardan tashkil topadi: Senso-akustiko-motor kichik daraja tovushlarni farqlash jarayonini ta’minlaydi (so’zdagi tovushlarning akustik va kinetiktahlili uchun asos yaratadi ) ; so’zdagi harflarni ketma-ket yozilishini ta’minlaydi nutq- eshitish xotirasi saqlanadi. Optik-motor daraja murakkab bir koddan boshqasiga shifrlash ( kodlash) jarayonini amalga oshirishni ta’minlaydi ; tovushni ( fonemani) harfga (grafemaga ); harflarni ( grafemalarni) “ nozik ” qo’l harakatlari kompleksiga ( kinemalarga) aylantiradi . Lingvistik daraja ichki mazmunni psixologik darajada shakllangan mazmunga , lingvistik kodlarni – leksik- morfologik va sintaktik birliklarga, shuningdek, so’z va iboralarga aylantirishni ta’minlaydi . Yozuv yozma nutqning ikkinchi ( psixofiziologik) darajasi tarkibiga kirishi mutlaqo kundek ravshan bo’ldi. Yozma nutq ancha murakkab tuzilishi bilan yozuvdan va yozuvning tuzilishidan psixolingvistik va lingvistik darajalari mavjudligi bilan farq qiladi. Neyrofiziologiya nuqtyi nazariga ko’ra, har bir daraja bosh miya qobig’ining turli bo’limlarini ishlari hisobiga amlga oshiriladi: psixologik jarayon bosh miyaning peshona qismining ishlashi hisobiiga amalga oshiriladi ( old- orqa va bosh miya qobig’ining medio- bazali bo’limlari ); psixofiziologik daraja- orqa peshona, orqa chakka, oldingi qismlari hisobiga ; lingvistik daraja- nutqning sintagmatikasi va paradigmatikasini ta’minlovchi old va orqa nutq zonalari hisobiga amalga oshiriladi. Shu tariqa yozma nutqni faoliyat tarkibiga kiruvchi har uchchala daraja ta’minlaydi. Yuqorida aytilganlar , yozuv- bu yozma nutqn iegallash uchun tayyorlov bosqich ekanligini tasdiqlash imkonini beradi. “Yozuv” tushunchasiga zamonaviy fanda boshqalar nutqini grafik belgilar izimi yordamida qayd etish va uzatishga imkon beradigan , murakkab belgili faoliyat sifatida qaralib, yozuvaniq qoida va tamoyillarga bo’ysunadi. Zamonaviy nazariya datadqiqotchilar so’zlarni yozishda grafika va orfografiya qoidalariga bo’ysunishi haqidagi fikrni qo’llab- quvvatlamoqda. V.F. Ivanova, V.G. Vetvitskiy, A.I. Moiseevalar grafika va orfografiya sohasidagi faoliyatlarni ko’rib chiqib, grafika funktsional jihatdan kuchli pozitsiya daturga tovushlarni , orfografiya esa- funktsional jihatdan zaif pozitsiyada turgan tovushlarni yozishini ta’kidlashadi. Masalan, grafika qoidalariga “ uy”, “yurt”,” pol” so’zlarini yozishda, “bot,” o’ra ” so’zlarini yozishda orfografik qoidalarga bo’ysunadi. Yozuv tovush- harfli yoki alifbo asosida bo’lib, uning asosida uchta tamoyil yotadi: fonetik yoki to’g’rirog’I an’anaviy fonematik va etimologik va morfologik. Fonematik tamoyil (grafikasosida) tilda yetakchi hisoblanib, u so’zning haqiqiy tovushlarini, shuningdek, u so’zda kuchli yoki kuchsiz pozitsiyani egalllaganligiga qaramasdan, so’zda eshitilgan barcha fonemalarga mos harflarni to’liq namoyon qiladi. Ma’lumki, so’zlarni yozish talaffuzga mos keladi, ammo, uni qo’llanilishi morfologik va an’anaviy tamoyillarga ko’ra keskin chegaralangan. Morfologik tamoyil so’zning barcha ahamiyatli qismlarini ( morfemalar, o’zak, qo’shimchalar ) ularning turlicha talaffuz qilinishiga qaramasdan, birgalikda yozilishini saqlash zaruratiga bog’liq. Bu so’zning morfemalardan tashkil topganligi va bunday qismlarning har birida uning ahamiyati va grammatik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar berishi bilan bog’liq. Bu tamoyilni amalga oshirish yozuvchidan ma’lum darajadagi til umumlashmalarini talab qiladi. An’naviy tamoyil zamonaviy talaffuz va morfologik tamoyilga mos kelmaydigan, so’zlarni yozilishini tarixiy an’anasini aks ettiradi. Maktab dasturiga ko’ra, unga “ lug’ut so’zlarni” yozish bo’ysunadi. SHuningdek, yozuv va yozma nutqning o’ziga xos xususiyatlari mavjudligiga e’tibor qaratishga to’g’ri keladi. Ma’lumki, bolani o’qitish fonematik tamoyil va grafika qoidalariga bo’ysunuvchi yozuvdan boshlanadi. Ta’limning birinchi bosqichida asosan talaffuzi bilan bir xil so’zlarni yozish taklif etiladi. Shunga qaramasdan, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning ko’pchiligida o’ziga xos xatolar paydo bo’ladi, tahlillarning ko’rsatishicha, yozuvni nafaqat belgilar tizimi sifatida, balki u o’zining psixologik, sensomotor bazasiga ega bo’lganligi sababli, psixofiziologik pozitsiyada ko’rish kerak. Biz tadqiqotimiz doirasida yozuvning psixologik tuzilishini batafsilroq ko’rib chiqamiz. Yozuv o’zida murakkab jarayonni aks ettirib, har bir funktsiyaning ishi butun bir tizimning faoliyati natijasi hisoblanadi. Yozuvni psixologik jihatdan qarashga A.R.Luriya asos solgan bo’lib, bu jarayonni bir butun, ko’p bo’g’inli ; komponentlarni bosqichma- bosqich, egiluvchan, o’zaro almashinadigan tizim sifatida qurilishini tavsiflaydi. Shubilan birga u yozuv ma’lum bir mazmun, uni saqlashdan boshlanadi, deb ta’kidlagan, u oldinga o’tib ketish, vaqtidan avval biror bir so’z yoki tovushni yozilishini, yozib bo’lingan so’z yoki tovushni takroran yozilishi, uni “ perservatsiya ”sini to’htatishi kerak. Keyingitadqiqotlar (psixofiziologik , neyropsixologikvapsixolingvistik) faqatyozuvvauningtizimlikomponentlarinimurakkabfunektsionaltuzilishihaqidagitasavvurlarnianiqlashtirdi. Yozuv qaror o’zaro bog’langan maxsus openatsiyalarni bajarish orqali amalga oshiriladi: Birinchi operatsiya - yozish taklif etilgan so’zning tovush tarkibini tahlil qilish , shuningdek, so’zdagi tovushlar ketma- ketligini aniqlash. Bu operatsiyani amalga oshirish uchun ikkita shartni bajarish zarur. Birinchi shart: yozayotgan odam so’zni bildirgan tovushlar qatorini , so’z boshidagi , keyin keladigan tovushlarni ajratishi kerak. Ikkinchi shart: tovushlarni aniqlashtirish, bu vaqtda eshitilayotgan tovushlarni aniq nutqiy tovushlar- fonemalarda umumlashtirish. Boshlang’ich davrda bu ikkala jarayon to’liq ongli amalga oshiriladi, keyinchalik ular avtomatlashadi. So’zning tovush tarkibini tahlil qilishni faqatgina fonematik idrok, fonematik tasavvur yetarlicha shakllanganda amalga oshirish mumkin. Fonematik idrok - so’z tarkibidagi tovushlarni aniqlash va fonemalarni farqlash bo’yicha aqliy faoliyatlarni amalga oshirishdir. D.B.Elkoning fikricha, fonematik idrok tushunchasi ostida maxsus ta’lim sharoitida shakllanadigan til tovushlarini aniqlash bo’yicha amalga oshiriladigan harakatlar tushuniladi. Fonematik tasavvur- bu eslab qolish yoki tasavvur asosida paydo bo’luvchi obrazdir. Bu operatsiyaning shakllanishi atrofdagilar nutqini kuzatish natijasida sodir bo’ladi, bolada har bir nutqiy tovushni idrok etish qobiliyati turlicha paydo bo’ladi. Bolalarning fonematik rivojlanishi asta- sekin amalga oshadi: qarama- qarshi qo’yilgan tovushlarni farqlay olishdan ( unli- undosh), to so’z tarkibidagi tovushlar, fonemalarni farqlash va aniqlashgacha. Bundan tashqari, tovush tahlili suktsessiv jarayon hisoblanib, unda so’z tarkibidagi tovushlar ketma- ketligini qisqa muddatli xotirada saqlab qolishi kerak. Faqat shundan keyin, so’zdanajratilganvaaniqlashtirilgantovushharfga aylantirilishi mumkin. Ma’lumki, nutq eshituv xotirasini ishtirokisiz so’z tarkibidagi tovushlarni tahlil qilish imkoni yo’q. Shuningdek, bu bosqichda fonematik operatsiyalar asosiy operatsiyalar hisoblanadi. Ammo, ularni faqat nutq eshituv xotirasi saqlangan holatdagina amalga oshirish mumkin. Yozuvning ikkinchi operatsiyasi- fonemalarni ( eshitilgan tovushlarni) grafemalarga aylantirish bo’lib, aynan shu elementlarning fazoviy joylashuvini hisobga olgan grafik belgilarning ko’ruv sxemasidir. R.Luriyaning fikricha, har bir fonema yozilishi uchun mos harfga aylantirilishi kerak, keyin ishga fazoviy munosabatlar , fazoni ko’rib idrok etish va harakat analizatorlari jalb qilinadi. Bu operatsiyani amalga oshirish ko’ruv va nutq- ko’ruv xotirasini saqlanganligini ko’zda tutadi. Yozuvning uchinchi operatsiyasi- optik belgilarni ( grafemalarni) kinetik tizimda “ shifrlash” , yozuv uchun zarur ketma-ket harakatlar ( grafemalar kinemalarga aylantiriladi). Bu harakatlar kinetik va ko’ruv nazorati orqali mustahkamlanadi, natijada yozuvchi yozuvni tekshirishni amalga oshiradi va tuzatishlar kiritadi. Shu tariqa, yozuvning psixologik asosi - eshituv, nutq harakat, ko’ruv analizatorlari va saqlangan nutq- eshituv xotirasi, ko’ruv, nutq- ko’ruv xotirasi, harakat xotirasini birgalikdagi ishi hisoblanadi. A.N.Leontevning tushuntirishicha, yozuvning psixologik mexanizmlar tuzilishini uchta asosiy operatsiyalarda ko’rish mumkin: a) nutq tvushlarini belgilash, bu fonemalar; b) grafik belgilar yordamida so’zning tovushlar tuzilishini modellashtirish; v) grafo-motor operatsiyalar. Ko’pchilik tadqiqotchilar yozuv murakkab psixofiziologik jarayon bo’lib , u o’z ichiga psixik faoliyatning verbal va novebal shakllarini: tovushlarn ieshitib farqlash, tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, til analizi va sintezi, ko’ruv analizi va sintezi, ko’ruv, akustik va fazoviy idrokni qamrab oladi, ko’ruv, nutq- ko’ruv, eshituv, nutq- eshituv xotiralarini saqlanganligini, shuningdek, o’z-o’zini nazorat qilishni ko’zda tutadi- deb ta’kidlashadi. SHuningdek, keltirilgan sxemadan ko’rib turibmizki, yozuv ko’pgina kognitiv va nutqiy fukntsiyalardan tashkil topib, ularning har biri ish tizimida ma’lum bir funktsiyani bajaradi. A.N.Kornev, yozuvning psixologik mexanizmlari tuzilishini tavsiflayturib, yozuvning ikkinchi bosqichi- so’zning tovush tuzilishini modellashtirishni qiyinligiga e’tibor qaratadi, bu jarayonning kaliti fonematik tahlil, fonemalarni akustik va artikulyatsion jihatdan farqlash va grafika qoidalariga ko’ra, tovush- harf mosligini o’rnatish hisoblanadi. Download 123.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling