Mundarija Kirish bob. Muammoni o’rganishning ilmiy nazariy asoslar
I BOB. Muammoni o’rganishning ilmiy nazariy asoslar
Download 123.27 Kb.
|
o\'qish va yozuvdagi kamchiliklarini oldini olish
I BOB. Muammoni o’rganishning ilmiy nazariy asoslar
Maktabgacha tarbiya yoshidagi nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarda yozma nutq buzilishiga moyillik sabablarilari L.S. Vigotskiy ta’kidlashicha, yozma nutqda ohang, ekspressiya, talaffuz va ayniqsa muloqot vaziyatining ya’ni suhbatdoshning mavjud emasligi uning rivojlanishi yuqori darajadagi abstraksiya(mavxumlash)ni talab etadi. Shu sababli bola o‘qish va yozuvga psixologik jihatdan tayyor bo‘lmaydi. Bundan tashqari og‘zaki nutq ichki nutqdan oldin rivojlanadi, yozma nutq esa ichki nutqni mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Ichki nutq va yozma nutq tuzilishi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Ichki nutq maksimal darajara yig‘iq, predikativdir. Yozma nutq esa og‘zaki nutqga nisbatan yoyiq bo‘ladi. Shu sababli bolalarda ichki nutqni yozma nutq shakliga o‘tkazishlarida qiyinchiliklar yuzaga keladi. Yozma nutq buzilishlarini tadqiq etishda har tomonlama yondashishi mazkur muammoni chuqur va keng tarzda tadqiq qilish imkonini yaratadi. Hozirda o‘qish jarayoni psixofiziologik, neyrofiziologik va psixolingvistik tomondan o‘rganilmoqda. Psixologik nuqtai nazardan(Yu.G. Demyanov, G.A. Kashe, V.A. Kovshikov, R.Ye. Levina, N.A. Nikashina, V.L. Podobed, L.F. Spirova, N.A. Sыpina, G.V. Chirkina, A.V. Yastrebova) esa o‘qish jarayonidagi buzilishlar mazkur jarayonni me’yorda kechishini ta’minlovchi psixik funksiyalar, jumladan, ko‘ruv analiz va sintezi, fazoviy tasavvurlar, mnestik jarayonlar, fonematik analiz va sintez, fonematik tasavvurlar, so‘zning morfologik tuzilishi haqidagi tasavvurlar, leksik-grammatik umumlashmalarni shakllanmaganligi natijasida vujudga keladi. Psixolingvistik nuqtai nazardan (V.G. Ananev, A.N. Karpova, B.A. Karpov, A.I. Isayev, A.R. Luriya, V.I. Nasonova, A.N. Skvorsova, L.S. Svetkova) o‘qish buzilishlari sensor-akustik-motor va optik-motor darajalarni shakllanmaganligi, analizatorlaro o‘zaro ta’sirlarni nomuvofiqligi asosida yuzaga keladi. Psixolingvistik nuqtai nazardan o‘qishning buzilishi quyidagi operatsiyalarni shakllanmaganligi oqibatida sodir bo‘ladi: Idrok va harflarni o‘zaro farqlay olish; Grafemani fonema bilan qiyoslash; Vizual bo‘g‘inga ajratish, bo‘g‘in hosil qilish, bo‘g‘inlarni qo‘shish; Global o‘qish (so‘zning qo‘ruv obrazini bir butun shaklda tez tanish); So‘zlarni gaplarga sintezlash; So‘zni uning ma’nosi bilan bog‘lash, so‘z ma’nosini jumlaning umumiy mazmuni bilan birlashtirish; Leksik-grammatik va mazmuniy tahmin qilish; Antitsipatsiya va ko‘ruv idroki o‘rtasidagi koordinatsiya; Bosma matnda gapni mazmun va ohang tomondan tugallangan birlik sifatida aniqlash; O’qish jarayonida punktuatsion belgilarni to‘g‘ri tushunish va qo‘llash; Gap ohiridagi punktuatsion belgiga muvofiq ohangdan to‘g‘ri foydalanish malakasi. Neyrofiziologik nuqtai nazardan, o‘qish jarayoni bosh miya po‘stlog‘ining turli bo‘limlarini ishtirokini taqazo etuvchi neyrofiziologik hodisadir. A.R.Luriya tomonidan ishlab chiqilgan nazariyaga asosan o‘qish va yozuv malakalarini shakllanishidagi kamchiliklarning asosiy sababi miyaning lokal zararlanishlaridir. Quyidagi jadvalda bosh miyaning turli bo‘limlarini zararlanishida yuzaga keluvchi yozma nutq buzilishlari ko‘rsatib o‘tilgan. O’qish jarayonini neyropsixologik va neyrofiziologik tadqiqotlar asosida, mazkur integrativ malaka bosh miyaning ikkala yarim sharlarining hamkorlikdagi faoliyati asosida amalga oshishi, har bir yarim shar bu kognitiv faoliyatga o‘z o‘rni va roliga egaligi isbotlandi. O’qish jarayoni shakllanishining dastlabki bosqichida bosh miyaning o‘ng yarim shari ma’lum ko‘ruv ma’lumoti etalonlari, kodlarini yuzaga keltirib, bosh miyaning chap yarimshari o‘qish jarayoni shakllanishi va mukammallashishining keyingi bosqichlarida mazkur ma’lumotlardan bir tomondan - tavsiflash me’zonlari sifatida foydalangan holda ko‘ruv-fazoviy analizni, ikkinchi tomondan – uning semantik ishlanmasini amalga oshiradi. Yozma nutq buzilishlariga ega bolalarni o‘qish jarayonini o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etishda ularning aksariyati matnning perseptiv xususiyatlariga asoslangan o‘ng yarimshar faoliyat strategiyasi qo‘llashlari aniqlandi. Mazkur strategiya o‘qish malakasini egallashning dastlabki bosqichlarini aks ettirib(notanish so‘zlarni harflab taxlil etish), chap yarim sharlaridagi funksional kamchiliklar sababli o‘qish jarayonini takomillashishiga to‘sqinlik qiladi. Yozma nutq buzilishlari etiologiyasini o‘rganishda o‘rin va payt tushunchasi eng muxim ahamiyatga egadir, chunki mazkur kamchiliklarni keltirib chiqaruvchi omillar vaqt o‘tishi, bolaning katta bo‘lishi va maktabga chiqishi bilan ikkilamchi darajaga o‘tishi mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidayoq bir qator belgilar asosida qaysi bola kelajakda o‘qish va yozuv qiyinchiliklariga duch kelishini aniqlash mumkin. Maxsus adabiyotlarni tahlil etish asosida yozma nutq kamchiliklari bilan bir vaqtning o‘zida yoki ketma-ket yuzaga keluvchi bir qator muammolarni aniqlash imkonini berdi. O’qish va yozuv kamchiliklari yozma nutqni egallashda muxim ahamiyatga ega ma’lum funksional tizimlarining rivojlanishini orqada qolishi, bola rivojlanishining turli bosqichlarida zararli omillarni ta’sir etishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Bundan tashqari yozma nutq buzilishlari organik nutqiy buzilishlarda kelib chiqadi(A.R.Luriya, S.M.Blinkov, S.S.Lyapidevskiy, M.Ye.Xvatsev). Nutq kamchiliklariga ega bolalarda o‘qish va yozuvni shakllanishi va rivojlanishini tadqiq etishga bag‘ishlangan ilmiy ishlarda yozma nutqni shakllanishida og‘zaki nutqni yetakchi roli isbotlab berilgan(Kashe G.A., Levina, R.Ye., Nikashina N.A., Spirova L.F., Xvatsev M.Ye., Vrkina G.V.). Yuqorida keltirib o‘tilgan tadqiqotlarda yozma nutq kamchiliklari turli etiologik omillar asosida nutqni rivojlanmay qolishining natijasi sifatida ko‘rsatib beriladi. Rus logopediyasida R.Ye.Levinaning o‘qish va yozuv kamchiliklarini og‘zaki nutqning barcha tomonlari rivojlanishini orqada qolishi, nutqning tizimli buzilishining belgilaridan biri sifatida ta’riflovchi konsepsiyasi keng tarqalgan. Bola og‘zaki nutqidagi tovushlarni yo‘qligi, buzib talaffuz etilishi yoki boshqa tovushlar bilan almashtirilishi yozma nutqida ham xuddi shunday kamchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. “Bolaning so‘zlashuvi – uning yozma nutqdagi xatolarining eng katta manbaasidir”, ya’ni bola qanday talaffuz qilsa shunday shaklda yozadi. R.Ye.Levinaning tizimli yondashuvida nutqning to‘liq rivojlanmasligi tushunchasiga determinlanadi. R.I.Lalayevaning ta’kidlashicha, nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarda o‘qish va yozuv buzilishlari quyidagi omillar bilan bog‘lanadi: nutqni namoyon bo‘lishi(shakllanishi)ni kechikishi verbal funksiyaning yetarli emasligi(so‘zlarni qo‘llashdagi noaniqlik) og‘zaki nutqning grammatik tuzilishini buzilishi tovush talaffuzidagi kamchiliklar fonematik rivojlanishdagi buzilishlar. Yozuv buzilishlariga ega bolalarning aksariyatida nutq rivojlanishini orqada qolishi kuzatiladi. Ba’zi hollarda u yengil orqada qolish(nutq ikki yoshdan so‘ng namoyon bo‘la boshlaydi) ko‘rinishida, ba’zida esa nutq rivojdanishini yaqqol orqada qolishi(nutq to‘rt yosh yoki undan ham kechroq yuzaga kelishi) tarzida namoyon bo‘ladi. Yozma nutq buzilishlari bolalarda tovush talaffuzi, lug‘at boyligini kamligi, so‘zlarni qo‘llashdagi aniqsizliklar sababli yuzaga keladi. Mazkur bolalar o‘z nutqini noto‘g‘ri tashkil etadilar, so‘zlarni qo‘llashda xatoliklarga duch kelishadi, murakkab jumlalarni qo‘llashdan bosh tortishadi, qisqa gaplar bilan cheklanishadi, ularda inversiya kuzatiladi. O’qish buzilishlariga ega bolalarda, aksariyat hollarda, og‘zaki nutq nuqsonlarini kuzatiladi. Ko‘pgina mualliflarning ta’kidlashicha, mazkur holat o‘qish buzilishlari ham, og‘zaki nutq buzilishdari ham umumiy etiopatogenetik omilni ta’siri bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur omil kamchilik sababi hamda uning patologik mexanizmini tashkil etadi(B. Xalgren, S. Borel-Mezonni, R. Ye. Levina va b.q.). Yengil xollarda mazkur kamchiliklar yozma nutqni egallash davrida aniqlansa, og‘ir hollarda u og‘zaki nutq nuqsonlarida yaqqol namoyon bo‘lib, keyinchalik og‘ir o‘qish va yozuv kamchiliklarida aks etadi[30, 24b.]. Shu bilan birga mazkur mualliflar og‘zaki nutq nuqsonlari va yozma nutq kamchiliklarini bog‘lovchi bir qator boshqa omillar(fonematik tomonni shakllanmaganligi, eshituv idrokini buzilishi)ni ham ko‘rsatib o‘tishadi. Yozma nutq kamchiliklariga ega bolalar eshituv idroki noturg‘un va aniqsizligi kabi xususiyatlarga egadir. S.Borel-Mezonnining ta’kidlashicha, mazkur xususiyatlar fonema va unga muvofiq grafema o‘rtasidagi turg‘un aloqani yuzaga kelishini qiyinlashtirishi mumkin. Yozma nut nuqsonlariga ega bolalar ko‘pgina tovushlarni bir-biridan ajrata olmaydilar. R. Ye. Levina fonematik tizimni shakllanmaganligi og‘zaki va yozma nutq kamchiliklarini yuzaga kelishining asosiy sababi deya hisoblagan. Nutqning fonetik-fonematik tomoni rivojlanishi orqada qolgan bolalarda o‘qish malakasini o‘zlashtirishning dastlabki bosqichlarida nutqiy tasavvur va umumlashmalarni noaniqligi va turg‘unsizligi kuzatiladi. Bu esa o‘z navbatida so‘zni tovush analizini o‘zlashtirishni qiyinlashtiradi(R. Ye. Levina, G. A. Kashe, N. A. Nikashina, L. F. Spirova). Ba’zi harflarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar grafik chizmani eslab qolishning sustligi sababli emas(aksariyat hollarda u me’yorda bo‘ladi), tovush umumlashmalarini shakllanmaganligi oqibatida yuz beradi. «Ma’lum tovush nomiga ega rasm sifatidagi harf emas, fonemaning grafik belgisi bo‘lmish – grafema – o‘qish va yozuv birligini tashkil etadi». Agar harf va umumlashgan tovush(fonema) o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish yuzaga kelmasa, harflarni o‘zlashtirish mexanik xarakterga ega bo‘ladi. Shunday qilib, nutqning to‘liq rivojlanmagan bolalarning fonematik tasavvurlarini shakllanishidagi qiyinchiliklar grafema haqidagi tasavvurlarni shakllanishiga salbiy tasir ko‘rsatadi(B. G. Ananev, R. Ye. Levina, A. N. Popova, L. F. Spirova). Nutqning to‘liq rivojlanmagan bolalarda tovushlarni bo‘g‘inlarga qo‘shishida ham katta qiyinchiliklar kuzatiladi. Bola bo‘g‘inlab o‘qishi uchun ma’lum tovushni boshqalardan ajratib olib, uni harf bilan bog‘lay olishi kerak. Shu bilan birga bola mazkur tovushni umumlashgan talaffuzi haqida tasavvurga ega bo‘lishi zarur. Bo‘g‘inlab o‘qishda mazmun asosidagi taxmin katta ahamiyatga egadir. Tovushlarni bo‘g‘inlarga birlashtirish – bu avvalambor ularni og‘zaki nutqdagi talaffuzi shaklidagi ifoda etishdir. Agar bola so‘zni tovush-bo‘g‘in tuzilishi haqidagi aniq tasavvurlarga ega bo‘lmasa, umumlashgan tovush-bo‘g‘in obrazlarini shakllanishi katta qiyinchiliklar bilan kechadi. Yozma nutqdagi kamchiliklar nutqning leksik-grammatik tomonini rivojlanishini buzilishi oqibatida kelib chiqishi borasidagi nuqtai nazarlar Gribova O.Ye., Kolpovskaya I.K., Yakovlev S.B., Chirkina G.V.ning ilmiy ishlarida o‘z tasdig‘ini topgan. Bu holda yozma nutqda nutqning to‘liq rivojlanmasligi bilan bog‘liq og‘zaki-nutqiy agrammatizmlar namoyon bo‘lib, mazkur agrammatizmlar ona tili qoidalarini yetarli darajada o‘zlashtirilmasligi oqibatida yuzaga keladi. Shu bilan bir qatorda o‘qish jarayonida so‘zlarni almashtirish ularni fonematik jihatdan bir-biriga o‘xshashligi, noto‘g‘ri talaffuz yoki ba’zi tovushlarni farqlay olmaslik bilan bir qatorda gapdagi sintaktik bog‘lanishni aniqlashdagi qiyinchiliklar oqibatida ham kuzatilishi mumkin. Bu hollarda bolalarda so‘zlarni morfologik tahlil qilishga yo‘nalganlik mavjud bo‘lmay, morfologik tahlil jarayoni ham qiyinchiliklar bilan amalga oshiriladi. Me’yorda rivojlanuvchi bola o‘qish jarayonida so‘zlarni o‘qish davomida keyingi so‘zlarni mazmuni va grammatik shakli haqida taxmin qilib, bu hollarda mazmun asosidagi taxmin boladagi til qonun-qoidalari haqidagi tasavvurlar, “til xissi”ga tayanadi. Nutqning to‘liq rivojlanmagan bola esa til qonun-qoidalari haqidagi aniq va turg‘un tasavvurlarga ega emasligi sababli mazmun asosidagi taxmin, aksincha, salbiy ta’sirga ega bo‘lib, ko‘pgina o‘ziga xos xatoliklarga sabab bo‘ladi. I.K.Kolpovskayaning takidlashicha, o‘qilganni tushunish bola nutqining rivojlanish darajasi, so‘z va gapdagi so‘zlarni o‘zaro aloqasi mazmunini anglash darajasi va xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar lug‘at boyligini kambag‘alligi va grammatik umumlashmalarni yetarli darajada rivojlanmaganligi o‘qilgan matn mazmunini tushunishdagi qiyinchiliklarga olib keladi. G.Ya.Troshin, M.F.Gnezdilovning ta’kidlashicha, rivojlanishida kamchiliklarga ega bolalarda o‘qishni o‘zlashtirish sog‘lom bolalarniki kabi bosqichlarni bosib o‘tadi, lekin ancha sekin kechadi. O’qishga o‘rgatish bosqichlari va ular orasidagi vaqt davomiyligi me’yorga nisbatan uzayadi. Mazkur sekinlashuv natijasida har bir bosqich to‘liq va aniq ifodaga ega bo‘ladi. L.G.Paramonovaning fikricha yozma nutqdagi kamchiliklarga moyillik maktabgacha tarbiya yoshida yuzaga kelib, agar ularga e’tibor berilmasa maktabda ta’lim olishni boshlanishi bilanoq namoyon bo‘ladi. Mazkur omillar quyidagilardan iborat: Download 123.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling