Mundarija: kirish bob sharq adabiyotida lirik janrlarning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti
BOB SHARQ ADABIYOTIDA LIRIK JANRLARNING PAYDO BO‘LISHI VA TARAQQIYOTI
Download 81.07 Kb.
|
sharq
BOB SHARQ ADABIYOTIDA LIRIK JANRLARNING PAYDO BO‘LISHI VA TARAQQIYOTI
Sharq adabiyotida lirik janrlarning paydo bo‘lishi tarixi Lirika (yun. cholg`u asbobi) adabiy tur sifatida qadimdan shakllangan bo‘lib,o‘zining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikaning belgilovchi xususiyati sifatida uning tuyg‘u-kechinmalarni tasvirlashi olinadi, ya’ni, epos va dramadan farq qilaroq, lirika voqelikni tasvirlamaydi, uning uchun voqelik lirik qahramon ruhiy kechinmalarining asosi, ularga turtki beradigan omil sifatidagina ahamiyatlidir. Shu bois ham lirik asarda voqelik lirik qahramon qalb prizmasi orqali ifodalanadi, yana ham aniqrog‘i, lirikada kechinmani tasvirlash uchun yetarli miqdordagi voqelik “parchalari”, detallargina olinadi. Lirikning asosiy obrazi – lirik qahramon, ko‘pincha lirik qahramon deganda muallif tushuniladiki, bu har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Zero, shoir o‘zining kechinmalarini tasvirlashi ham, o‘zganing ruhiyatiga kirgan holda o‘sha “o‘zga shaxs” kechinmalarini tasvirlashi ham mumkin. Bu o`rinda yana bir muhim masala shuki, shе'rda hatto shoir o`z kеchinmalarini tasvirlagan holda ham lirik qahramon bilan rеal shoir orasiga tеnglik alomati qo`yib bo`lmaydi. Chunki, L.Tolstoy aytmoqchi, har bir inson qalbida mavjud bo`lishi mumkin bo`lgan barcha qalblar imkoniyat tarzida mavjuddir, shunga ko`ra, shoir o`zganing holatiga kirishi, ma'lum hayotiy situatsiyadagi istalgan insonning kеchinmasini his qilishi ham mumkin. Forobiyning “She’r san’ati qonunlari haqida” nomli risolasi Aristotelning “Poetika”siga yozilgan sharhdir. Forobiyning vazifasi mavjud “Poetika”da aytilgan fikr-mulohazalarini isbotlab ko‘rsatishdan va uning ma’nolariga ishora qilishdan iborat bo‘lgan edi1. U she’rdagi so‘zning vazifasi, mohiyati va maqsadi haqida fikr bildirib, birinchi navbatda, so‘zning tuzilishi va ma’noli qismlarini, jumla takibidagi rolini, nihoyat, poetik vazifasini quyidagicha ochib beradi: “...ma’noni bildiradigan so‘zlar sodda va murakkab bo‘ladi. Murakkab bo‘lgan so‘zlar biror mulohazani anglatadi, yo anglatmaydi. Mulohazani anglatadiganlarining qat’iy jazmliligi va jazmsizi bo‘ladi. Qat’iylar yo to‘g‘ri, yo yolg‘on bo‘ladi. Yolg‘onlarining ba’zilari eshituvchilar zehniga ma’nosi bilan o‘rnashib qoladi, boshqalari esa kishi ongida narsalarning o‘xshashi - aksi bilan o‘rnashib qoladi. Mana shu narsa o‘xshatish - she’riy mulohazalar sanaladi”. Forobiy bu asarida she’r vaznlari, adabiy turlar va janrlar, she’rdagi “yolg‘on” - ko‘chimlar orqali yuzaga keladigan fantaziya kabilarning tabiati va xususiyatlari haqida ta’rif beradi. Ayniqsa, she’riyat va shoir yoki umuman ijod ahli, ularning iste’dodi haqidagi Forobiyning aytgan gaplari bugungi adabiy jarayonda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgan emas2. U yunon she’riyatiga tayangan holda so‘z yuritgan bo‘lsa ham, uning she’rni she’r qiladigan vositalar, she’riyatga qo‘ygan talablari hamma davrdagi barcha xalqlar she’riyatiga tatbiq qilinishi mumkin bo‘lgan qarashlardir. Lirik janrlarning ilk ko‘rinishlari. Lirika qadimda xalq og‘zaki ijodi tarkibida mavjud boʻlib, maʼlum bir mavsum, fasl yoki urf-odatlarga bag‘ishlab aytilgan. L. G‘arbda Qadimgi Yunoniston va Rim shoirlari ijodida, Sharqda xitoy, fors va oʻzbek shoirlari ijodida asosiy oʻrinni egalladi. Umar Xayyom, Saʼdiy Sheroziy, Atoiy, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar lirik shoir sifatida shuhrat topdilar. Alisher Navoiydan soʻng Bobur, Ogahiy, Furqatdek shoirlar oʻzbek mumtoz lirikasi xazinasiga munosib hissa koʻshdilar. G‘arb Uyg‘onish davri vakillari Petrarka (Italiya), Vilyam Shekspir (Angliya), soʻngra 18—19-asr larda I.V. Gyote (Germaniya), J. Bayron (Angliya), A. S. Pushkin (Rossiya) kabi shoirlar lirika sohasida samarali ijod qildilar. 20-asrda Lirika shakl va mazmun-mohiyati jihatidan boyidi. Pablo Neruda (Chili), Nozim Hikmat (Turkiya), Garsiya Lorka (Ispaniya), A. Blok (Rossiya) singari shoirlar ijodi koʻpchilikning eʼtiborini qozondi. 20-asr oʻzbek adabiyotida esa badiiy-estetik tamoyillarning yangilanishida Lirika muhim rol oʻynadi. Choʻlpon, Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Usmon Nosir, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Halima Xudoyberdiyeva, Omon Matjon, Shavkat Rahmon, Usmon Azim sheʼrlarida oʻzbekona lirik tafakkur imkoniyatlarining rang-barangligi aks etdi. Lirika jahon adabiyotida oʻzining ichki janrlariga koʻra turli hajmiy koʻri-nishga ega boʻlgan va yuksak musiqiylik kasb etgan. Lirikadagi musiqiylik, ohangdorlik barcha zamonlarda bosh xususiyat sanalgan. 20-asr dunyo adabiyotida va, qisman, oʻzbek adabiyotida nisbatan musiqiylikdan xoli lirik asarlar ham bitildi: ularni musiqa asbobi bilan ijro etish qiyin. Biroq bu turdagi modern Lirikada shoirning qalb ohangi, ijodkor uslubiga, janr pafosiga xos ichki — sirli musiqadorlik mavjud. Lirikadagi xarakter ham, konflikt ham subʼyekt isteʼdodi, mahoratidan kelib chiqadi. Xususan, Lirikada konflikt soʻzlarda, misralarda, tasviriy ifodada yaqqol aks etadi. Lirikada badiiy tasvir vositalari (lafziy va maʼnaviy sanʼatlar) keng qoʻllanadi. O‘zbek she’riyatida qo‘llanilgan she’riy janrlarni quyidagicha janr turlariga ajratish mumkin: 1) shakl xususiyatlariga ko‘ra (bandning tarkiblanishi, qofiyalanish tartibi va h.) ajraluvchi janrlar: g‘azal, mustazod, tuyuq, ruboiy, tarjiband, tarkibband, musammatlar; 2) anjumanga mo‘ljallangan janrlar: nazira, badiha, muammo, chiston (lug‘z); 3) xorijiy adabiyotlardan o‘zlashgan janrlar: sonet, xokku, tanka, oktava, oq she’r, epigramma ; 4) hozirgi she’riyat janrlari: avtopsixologik lirika (uning ko‘rinishlari sifatida meditativ lirika va intellektual lirika), ijroviy lirika, tavsifiy lirika, voqeaband lirika. Keltirilgan janrlarning aksariyati hozirgi o‘zbek she’riyatida qo‘llanadi, biroq ulaming faollik darajasi turlicha ekanligini e'tiborda tutish kerak. Masalan, mumtoz she’riyatimizda eng faol sanalgan g‘azal janrida hozirda ham ancha faol ijod qilinadi, ruboiy, tuyuq janrlari haqida esa bunday deb bo‘lmaydi. Download 81.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling