Mundarija Kirish Fransiya jahon urushi yillarida


BIRINCHI VA IKKINCHI JAHON URUSHLARI ORALIG’IDA FRANSIYA


Download 43.1 Kb.
bet9/11
Sana20.06.2023
Hajmi43.1 Kb.
#1634685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Fransiya birinchi jahon urushi yillarida

BIRINCHI VA IKKINCHI JAHON URUSHLARI ORALIG’IDA FRANSIYA
Urushning mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri
XIX va XX asr chegarasida Fransiyada iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarda tub o’zgarishlar ro’y berdi. U dehqonchilik-sanoat mamlakatidan sanoat-dehqonchilik mamlakatiga aylandi. Urush davrida Fransiya sanoati tez sur'at!ar bilan rivojlandi. Sanoatning yangi tarmoqlari, yangi metallurgiya korxonalari, mashinasozlik, elektrotexnika va kimyo zavodlari vujudga keldi. Urushdan keyin sanoat rivoji uchun qo’shimcha imkoniyatlar paydo bo’ldi. Elzas va Lotaringiyaning qo’shib olinishi natijasida fransuz metallurgiya sanoatining kuvvati 1,5 marta oshdi. Temir rudasi qazib olish bo’yicha Fransiya Yevropada birinchi o’ringa chiqdi. Saar ko’mir havzasidan foydalanish huquqi uni 15 yil davomida ko’mir bilan ta'minlar edi. Nihoyat, Germaniyadan olingan 8 milliard marka tovon puli sanoatni texnologiya jihatidan to’la qayta qurish imkonini berdi. Iqtisodiyotdagi o’zgarishlar fransuz jamiyatining ijtimoiy tizimi o’zgarishiga ham sabab bo’ldi. Qudratli banklar paydo bo’ldi, «Mirabo», Rotshildlar oilasi, aka-uka Lazarlar, Vorms,-Malle va boshqalarga qarashli eng yirik banklar o’z sarmoyalarini ko’paytirdilar, natijada ularning mamlakat hayotiga ta'siri kuchaydi. Sanoatning yetakchi tarmoqlarida «Reno», «Sitroyen», «Pejo», «Simka» kabi ulkan kompaniyalar tashkil topdi.
Ammo mamlakatda katta miqdordagi mayda korxonalar ham saqlanib qolgan bo’lib, ular ham Fransiyaning ijtimoiy-siyosiy hayotida muxim ahamiyatga ega edi. Kichik korxonalar barcha sanoat mahsulotining deyarli 50 foizini ishlab chiqarardi. Qishloqda ham kichik va o’rta hajmli dehqon xo’jaliklari ko’p edi.


2. Siyosiy va kasaba uyushmalar harakati.
Fransuz ishchilari mamlaatda nufuzli siyosiy kuch edilar. Ular uyushgan holda harakat qilar, o’z huquqlari uchun kurashda katta tajriba to’plagan edilar. Ishchilar sinfining asosiy tashkilotlari tez sur'atlar bilan ko’payib bordi. Asosiy kasaba uyushmasi bo’lgan Yalpi Mexdat Konfederatsiyasi (YaMK) a'zolari soni 1920 yilda 2,5 millionga yetdi.
1920 yil 29 dekabrda Fransiya kommunistik partiyasi (FKP) tuzilganligi e'lon qilindi. U 20-30-yillarda so'l kuchlarning demokratiya, tinchlik va ijtimoiy adolat uchun kurashiga boshchilik qildi.
Fransuz burjuaziyasi jamiyatni barqarorlashtirish uchun kurash olib bordi. 1919 yil noyabr oyida Fransiyada urushdan keyingi birinchi parlament saylovlari bo’lib o’tdi. Burjua partiyalari Milliy ittifoq deb nomlangan saylovoldi uyushmasini tuzdilar. Milliy ittifoq bolshevizmga va ijtimoiy tartibsizliklarga qarshi kurash, Versal shartnomasiga qafiy rioya qilish, ya'ni Germaniyani tovon to’lashga majbur etishni o’z vazifasi deb e'lon qildi.
Aholining katta qismi tomonidan qo’llab-quvvatlangan Mshshiy ittifoq katta g’alabaga erishib, Milliy majlisda deputatlik o’rinlarining uchdan ikki qismini qo’lga kiritdi. Burjua partiyalari demokratik va ishchi harakatlariga qarshi kurashda qudratli qurolga ega bo’ldilar.
Natija tez orada namoyon bo’ldi. Milliy ittifoqning birinchi hukumati bolgan Miferan hukumati ishchilar harakatiga qarshi ayovsiz kurash boshladi. 1920 yil may oyida temiryo’lchilar ish tashlashi bostirildi, unga qatnashganlardan 20 kishi ishdan bo’shatildi. Urush davrida qabul qilingan ijtimoiy islohotlar dasturi birinketin yo’q qilindi. Ishchilarga qarshi kurash milliy miqyosdagi surunkali va tinka qurituvchi nizoga aylandi. Bu esa mamlakatda siyosiy beqarorlikka sabab bo’ldi. 14 yil (1919-1933) mobaynida Fransiyada 27 marta hukumat o’zgardi.


Download 43.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling