Mundarija Kirish Fransiya jahon urushi yillarida


Fransiyaning tashqi siyosati


Download 43.1 Kb.
bet11/11
Sana20.06.2023
Hajmi43.1 Kb.
#1634685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Fransiya birinchi jahon urushi yillarida

5. Fransiyaning tashqi siyosati
Xiyonat, xo’rlanish va mag’lubiyatlar yo’li Fransiya tashqi siyosatini bu davrda Fransiya yirik sarmoyasi bilan yaqin aloqada bo’lgan, reaksion va fashistlarga tarafdor qa-rashlarini hech kimdan yashirmagan davlat va siyosat arboblari belgiladilar. Bular 1931 yil yanvardan 1932 yil fevralgacha, 1935 yil iyundan 1936 yil yanvargacha Fransiya Bosh vaziri bo’lgan P. Laval, 1934 yil oktyabrdan 1936 yil yanvargacha tashqi ishlar vaziri lavozi-mida ishlagan P. Tarde, E. Dalade, J. Bone, A. Sarro va boshqalar edilar. Fransiyaning Yevropada ge-gemonligi qaror topishiga ishonchi yo’qolgan bu davlat va siyosat arboblari Germaniya va Ilaliya fashistlari bilan til biriktirish yo’liga tushdilar, shu taxlit ular bilan to’qnashishdan qutulib qolishga umid qildilar. Ular mudofaaga asoslangan urush g’oyasini ilga-ri surdilar.
Germaniyada fashistlarning hokimiyatga kelishi, 1934 yil fevral voqealari va Xalq frontining 1936 yildagi muvaffaqiyatlari reaksion qarashlarni yanada mustahkamladi va fashistlarni faol harakatlar boshlashga da'vat etdi. Ularning millatga qarshi qarashlari davlatning rasmiy siyosati darajasiga ko’tarildi. Fransiya tashqi siyosatining asosiy konsepsiyasi Gitler bilan Sovet Ittifoqiga qarshi til biriktirishdan iborat bo’ldi. Gitler ekspansiyasi faolligini Sharqqa yo’naltirish Fransiya diplomatiyasining bosh maqsadiga aylandi. 1940 yilda Fransiya bu siyosati uchun harbiy mag’lubiyat va milliy mustaqil-likni boy berish bilan haq to’ladi.
Fransiya hukmron doiralarining bir qismi fashistlar Germaniyasini Fransiyadagi mavjud tuzumni saklab qolishning kafolati deb hisobladilar.
Bunday siyosatchilarni kollaboratsionistlar deb nomladilar, ular Gitlerning tashqi siyosatini amalga oshirishi uchun yo'1 ochib berdilar.
1933 yil iyunida Fransiya diplomatyasi va uning maqsadlari lomatiyasi fashistlar bilan kelishuvga bordi. 1933 yil 7 iyunda Angliya, Fransiya, Italiya va Germaniya o’rtasida «To’rtlar bitimi imzolandi. U kuchga kirmadi, biroq Fransiya tashqi siyosatining mohiyatini ochiq ko’rsatdi. 1934 yil oktabrida Fransiya bosh vazirligiga P. Laval tayinlandi, U ikki yoqlama o’yin olib bordi, ya'ni fashistlarning davlatlari e'tiborini jalb qilish maqsadida o’zini go’yoki Sovet Ittifoqi bilan yaqinlashmoqchidek qilib ko’rsatdi. 1935 yil 2 mayda o’zaro yordam to’g’risidagi sovet-fransuz bitimi imzolandi. Biroq, u faqat 1936 yil yanvaridagina tasdiqlandi. Unga qadar Fransiya diplomatlari «Fransiyaning Germaniya bilan to’la va uzilkesil kelishishi uchun zarur bo'lsa» sovet-fransuz bitimidan voz kechishga tayyorliklarini aytib, Germaniya bilan til to-pishga rosa urindilar. Gitler rad javobi berdi.
1936 yil martida Gitler qo’shinlari harbiysizlashtirilgan Reyn xududiga kirdi. Bu bilan Gitler Fransiyani ochiq-oydin maydonga chaqirdi. Versal bitimining 42-va 43-moddalari buzilganiga qaramay, Fransiya chekindi, fashistlar Germaniyasining birinchi tajovuzkor harakatiga hech qanday qarshilik ko’rsatmadi. Kollaboratsionistlar Gitler tuzumiga qarshi zarba mehnatkash ommani inqilobga ruxlantiradi, vatanparvarlik tuyg’ularini oshirib, fashizmga qarshi kurashning kuchayishiga olib keladi, deb qo’rqdilar. 1936 yil iyulida Gitler Avstriyani ham bosib oldi. Fransiya o’zining so’nggi ittifoqchisidan ayrildi. 1936 yil 27 aprelda Belgiya o’zini betaraf deb e'lon qildi, ya'ni Fransiyaning sharqiy chegaralarini qo’riqlovchi Reyn bitimining kafolatchisi bo’lishdan bosh tortdi.
Foydalangan Adabiyotlar

  1. https://uz.wikipedia.org/wiki/I_va_II_jahon_urushi_davrida_Fransiya

  2. http://www.elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/14591-birinchi-va-ikkinchi-jahon-urushlari-oralig-ida-fransiya

  3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Birinchi_jahon_urushi

  4. http://iht.uz/download/slides/1kurs/worldhistory/jahontarixi/004_1_kurs_%20jaon_tarixi_1918%20%E2%80%931939-YILLARDA_FRANSIYA.pdf




Download 43.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling