Mundarija Kirish I bob donni mahsulotlarini xalq xojaligidagi ahamiyati


Don va don mahsulotlarining sifatli saqlanishini ta’minlash maqsadida


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/17
Sana18.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1556061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Iftixor kurs ishi

Don va don mahsulotlarining sifatli saqlanishini ta’minlash maqsadida 
Respublikamiz don mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida quyidagi 
texnologik tadbirlar yo’lga qo’yilgan. 
Don uyumini barcha turdagi aralashmalardan tozalash. Don qanchalik toza 
bo’lsa uning saqlanishi ham, ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati ham 
shunchalik yuqori bo’ladi. Tozalik don sifatini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlardan 
biridir. Donni tozalash uchun don korxonalarida turli hajmli va ishlab chiqarish 
quvvatiga ega bo’lgan don tozalovchi uskunalardan foydalaniladi. 
Donni quritish. Don quritishda namlik shunday ko’rsatgichga olib kelinadiki, 
bu namlikda don uzoq va sifatli saqlanishi lozim. Quritish uchun korxonalar maxsus 
quritish uskunalari bilan ta’minlanadi. Sovutish rejimlarini qo’llash. Don va don 
mahsulotlarining sifatli saqlanishi ko’p jihatdan havo rejimiga bog’liq. Mahsulot 
saqlanadigan inshootlar tabiiy shamollatilishi, ventilyatsiya yordamida sovutilishi 
mumkin. 
Mahsulotlarni zararli mikroorganizm va zararkunanda hasharot hamda 
kemiruvchilardan himoyalash. Bu jarayon ancha murakkab hisoblanadi. 
Mahsulotlarni bu ta’sirlardan himoyalash uchun inshootlar dezinfeksiya qilinadi, 
kimyoviy preparatlar qo’llaniladi. Yuqoridagi barcha masalalarni hal etish sohasida 
faoliyat ko’rsatayotgan kadrlarning malakasiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Shuning 
uchun bo’lgusi mutaxassis don, un, yorma va omuxta yem saqlash yuzasidan chuqur 
nazariy va amaliy bilimga ega bo’lishi lozim. 



Don saqlash omborxonalari turlari. Don omborxonasi-bu gorizontal va 
qiya polli inshoot bo’lib, bu erda don uyum holida saqlanadi. Saqlash tartibini 
taminlash uchun salbiy ta’sir ko’rsatadigan atirof muhitdan don uyumlarini himoya 
qilish, don miqdori va sifatini asossiz yo’qolishiga yo’l qo’ymaslik, hamma don 
to’plamlarining va ayniqsa urug’liklarni saqlashni maxsus omborxonalarda tashkil 
etish lozim. Don va urug’lik saqlanadigan omborxonalar don uyumlarining fizik va 
fiziologik xususiyatlarini inobatga olib quriladi. Bundan tashqari, omborxonalarga 
ko’plab talablar qo’yiladi. Jumladan, texnik, texnologik, foydalanish bo’yicha va 
iqtisodiy talablar. Shunga ko’ra omborxonalar yog’och, tosh, g’isht, temir-beton, 
temir va boshqa har xil qurilish materiallaridan foydalanib barpo qilinsa maqsadlarga 
belgilanganligiga, mahaliy sharoitiga, donlarni saqlash muddatiga qarab hamda 
iqtisodiy imkoniyatni etiborga olinib amalga oshiriladi. 
Tosh, g’isht vat temir-betonlardan foydalanib quriladigan don 
omborxonalarining issiqlik o’tkazuvchanligini hisobga olib, don uyimlarida sodir 
bo’ladigan keskin o’zgarishlardan qutilish mumkin. Don omborxonalari etarli 
darajada pishiq va mustaxkam bo’lishi, polga to’kilgan, devorlarga tirband don uyimi 
bosilishi kerak. Har taraflama to’g’ri bajarilib barpo qilingan don omborxonalaridan 
me’yorida foydalanilganda zax bo’lmaydi, shu boisdan bug’doy omborxonalarida 
havoning namligini deyarli yil davomida mo’tadil 60-75% darajasida bemalol ushlab 
turish mumkin. Bu esa hamma ekin turning bir xildagi namligini 13-15 foiziga to’g’ri 
keladi. Don omborxonalari xodimlari saqlanilayotgan don uyumlarini har xil 
kemiruvchilar, qushlar zararkunanda hashoratlar hamda kanalardan yaxshi 
himoyalanishini taminlashi kerak. Omborxonalar don uyumlarini zararsizlantirish va 
changlardan tozalash uchun qulay bo’lishi, mehnat sarfini kamaytirish maqsadida 
mexanizatsiyalashtirish ishlarini olib boorish katta ahamiyat kasb etmoqda. Qishloq 
xo’jaligida don ishlab chiqarish to’liq mexanizatsiyalashtirilgan bo’lsada, ayrim 
jamoa, davlat va fermer xo’jalklarida donlarga ishlov berishda texnikaga yetarli 
e’tibor berishmayapti. Don yerga to’kilgan holda va taralarga solib saqlanadi. Erga 



to’kib saqlashasosiy usul bo’lib kengroq tarqalgan. Don uyimlarining yaxshi 
to’kiluvchanlik xususiyati ularni har xil hajimdagi va shakildagi ulkan yashiklarni 
to’ldirishni osonlashtirishga imkon beradi. Don uyimlari erga to’kib saqlanganda, 
ularni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirib joylashtirish ishlarini to’liq 
mexanizatsiyalastirish mumkin. Bundan tashqari, ko’pchilik omborxonalar sathi va 
hajmidan (sig’imidan samarali foydalaniladi. Bu ishlar arzonga tushadi va idish-tara 
olishga ortiqcha harajat talab etmaydi. Biroq bir qisim urug’larni taralarda saqlashga 
to’g’ri keladi. Masalan, elita urug’lari, ilmiy tekshirish tashkilotlaridan 
olinganbirinchi reproduksiyali urug’lar, makkajo’xori urug’lari zavodlarda ishlov 
berilgandan so’ng, texnik va moyli o’simliklarning mayda to’kiluvchi urug’lari 
hamda o’t, efir chiqaruvchi ekinlar urug’lari va poliz-sabzavot urug’lari qoplarda 
saqlanadi. Qoplar pishiq, dag’al gazlamalardan, ichiga gazlama to’qilgan qog’oz 
qoplardan hamda kraft qoplardan va boshqa turlardan iboratdir. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling