Mundarija Kirish I bob donni mahsulotlarini xalq xojaligidagi ahamiyati


I BOB Donni mahsulotlarini xalq xojaligidagi ahamiyati


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana18.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1556061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Iftixor kurs ishi

 
I BOB Donni mahsulotlarini xalq xojaligidagi ahamiyati 



1.1.Don va don mahsulotlarining saqlashning maqsadi, vazifalari va 
ahamiyati 
Don va don mahsulotlarini saqlash boshqa ko’pgina tovar mahsulotlari singari 
murakkab va mas’uliyatli jarayon bo’lib, katta miqdorda moddiy-texnikaviy baza 
hamda soha uchun malakali mutaxassislarni talab etadi. Don va don mahsulotlari 
uyumining fiziologik va fizik-kimyoviy xususiyatlari uni saqlashda qiyinchiliklar 
tug’diradi. 
Don tirik organizm bo’lib, don muassasasida turli tuman hayotiy jarayonlar 
kechadi. Bu jarayonlarning intensivligi atrof-muhit sharoitlariga bog’liq. Mahsulot 
uyumida kechadigan jarayonlar moddalarning faol almashinuvchi mahsulot 
uyumining yetarlicha yo’qolishiga hamda uning sifat ko’rsatkichlari tushishiga olib 
keladi. 
Don va don mahsulotlari uyumida mikroorganizmlar hamda zararkunanda 
hasharotlarning faoliyatini saqlashda ayniqsa qiyinchiliklar tug’diradi. Un va yorma 
kabi mahsulotlarda mazkur organizmlarning rivojlanishi mahsulotning ko’plab 
yo’qolishiga, sifat ko’rsatkichlarining pasayishiga, hattoki mahsulotning butunlay 
buzilishiga olib kelishi mumkin. Mahsulotlar sifatsiz hamda qoniqarsiz sharoitlarda 
saqlanganda qushlar hamda sichqon-kalamushlar tomonidan ifloslanib ketadi. 
Ko’pgina amaliy tajribalar shuni ko’rsatadiki ishlab chiqarish samaradorligini 
quyidagi usullar bilan oshirish mumkin: 
-mahsulot saqlanadigan inshootlarni tubdan yaxshilash va takomillashtirish; 
-saqlashga joylashtirishdan oldin mahsulot sifatini izchil nazorat qilish va 
ularga ishlov berish; 
-soxa mutaxassislarining malakalarini muntazam oshirib borish; 
-zamonaviy ilg’or texnologiyalarni joriy etish; 
-ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil etish va mahsulotdan rasional foydalanish. 
Don mahsulotlarining noto’g’ri realizatsiya qilinishi ishlab chiqarishda 
ko’pgina isroflarga olib kelishi mumkin. Masalan, pivo ishlab chiqarish sanoatida 



pivobop bo’lmagan arpa navlarining ishlatilishi pivo chiqishi va uning sifatini tushirib 
yuboradi. Kraxmal patola ishlab chiqarishda makkajo’xorining kremniyli navlaridan 
foydalanish maqsadga muvofiq emas. Chunki bu navlardan kraxmal chiqishi juda 
past. Omuxta yem ishlab chiqarishda sariq makkajo’xori o’rniga oq makkajo’xorining 
ishlatilishi yemning vitaminli tarkibi hamda ozuqaviylik qiymatini o’zgartrib 
yuboradi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling