1.2. O’zbekistonda don ishlab chiqarish holati dunyo miqyosida
Donli ekinlar inson uchun eng zarur bo’lgan asosiy oziq-ovqat, un va non
mahsulotlarini beradi. Non inson tarafidan uylab topilgan eng buyuk ne’matdir. Non
xalqimiz mexnati, ajdodlarimiz mehnati maxsulidir. Dunyoda nondan aziz, nondan
bebaho narsaning o’zi yo’q. Non bugunni erta bilan bog’lovchi buyuk bir ne’matdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining don yetishtirishni rivojlantirish xalq
xo’jaligini non mahsuloti bilan ta’minlash to’g’risidagi qarorida isbotlab berildi.
Vatanimiz Mustaqilligining birinchi yilidan boshlab donli ekinlarning jumladan
bug’douning ekin maydonlarini ko’paytirish to’g’risida qarorlar qabul qilingan.
Bizning davlatimiz xududida bug’doy va boshqa donli ekinlar yaxshi rivojlanishi va
yuqori hosil berishga shubxalanmasa ham bo’ladi, chunki dehqonchilik tarixidan
ma’lum bo’lishicha bug’doy yetishtirish bilan bundan 11 ming yil oldin
shug’ullangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi
“O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga
mo’ljallangan strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini
ta’minlash, xususan davlat buyurtmasi asosida boshoqli don yetishtirish amaliyotini
bekor qilish, harid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, qishloq
xo’jaligida mehnat unumdorligini oshirish va manfaatdorlikni ta’minlashga
qaratilgan qulay agrobiznes muhitini yaratish to’g’risida. 2020 yilda 2,1 mln gektar
maydonda g’alla va paxta yetishtirilmoqda. Qishloq xo’jaligi vazirligining ma’lum
qilishicha, 2020 yilda respublika bo’yicha 1 mln 78 ming gektar sug’oriladigan
maydonga g’alla, 1 mln 33 ming 629 gektar maydonda paxta yetishtirilmoqda.
11
Do'stlaringiz bilan baham: |