Mundarija Kirish I bob donni mahsulotlarini xalq xojaligidagi ahamiyati
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Iftixor kurs ishi
Donni sovitilgan holda saqlash. Bu usulda don uyumi havo harorati
pasaytirilgan muhitda saqlanadi. Haroratning pasayishi mikrorganizmlarga salbiy ta’sir ko’rsatib, don uyumidagi biokimyoviy va fiziologik jarayonlarning faoliyatini pasaytiradi yoki to’xtatib qo’yadi. Don uyumlarini sovuq holda saqlashga ulardagi katta issiqlik energiyasi imkoniyat yaratib beradi. Shu xususiyatga asosan don uyumining ko’pchilik qismini sovuq omborxona va elevatorlarda kech kuzdan bahorning oxirigacha, hatto yil davomida saqlash mumkin. Don uyumining birinchi darajali sovitilgan holda saqlash deb, hamma qatlamlarda havoning harorati 10 0 S dan pastda bo’lishi tushiniladi. Ikkinchi darajali sovutilgan havoda don uyumlarining hamma qatlamlari O 0 S dan past haroratda bo’lishi tushiniladi. Don uyumlari va urug’lari sovutish uskunalari yordamida sun’iy sovutilgan havo bilan sovutilganda, mikroorganizmlarning faol rivojlanishi oqibatida sobir bo’lgan nobudgarchilikni 15 oldini olinadi. Sun’iy sovutish usulini birinchi navbatda sholi, kungaboqar va sabzavot ekinlari urug’larini saqlashda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Agar don uyumi uzoq vaqt saqlashga mo’ljallangan bo’lsa va don tarkibidagi namlik bazis konditsiyadan past bo’lsa (12-12,5%), 5-8 0 S gacha sovutiladi. Bahor issiq kunlar boshlanishidan avval don saqlanuvchi omborlarda don uyumidagi sovuq haroratni yo’qotmaslik uchun qo’shimcha tadbiriy choralar ko’riladi. Buning uchun, issiq kunlar boshlanishi bilan, oyna, eshik va shamollatish jihozlarini zichlab yopish kerak. Yozgi saqlash tartibiga sekin o’tiladi, aks holda uyumlarning yuqorigi qatlamlarida suv pardalarini kondensatsiyalanib qolishi, xo’l bo’lishi va donni o’z-o’zidan qizib, yonib ketish hollari ro’y beradi. Namlik miqdori yuqori bo’lgan don uyumiga birdan issiq havoning kirishi juda xavfli hisoblanadi. 1. Faol shamollatish. 2. Yengil shamollatish. Don uyumini yengil shamollatishda donlar shopirilmaydi va majburiy havo yo’naltirilmaydi. Omborxonaning past harorati uni ochib shamollatish havoni haydaydigan va so’rib oladigan qo’shilmalardan foydalanib amalga oshirish imkonini beradi. Bu usul kamchiliklariga qaramay, unga ko’p energiya va ishchi kuchi sarflanmasligi sababli donlarni saqlashdan keng qo’llanilib kelinmoqda. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling