Mundarija kirish I bob mahsulotlarning sifati haqida tushuncha
-rasm Mahsulotlarning raqobatbardoshligini shakllantirish
Download 0.52 Mb.
|
MAHSULOT SIFATINI PUTUR YETKAZMASDAN NAZORAT QILISH USULLARI
1-rasm Mahsulotlarning raqobatbardoshligini shakllantirish.Mahsulot sifati uning raqobatbardoshliligini ta’minlashda eng muhim omillardan biridir. Mahsulotning raqobatbardoshliligi esa uning ichki va tashqi bozorda oʻz oʻrniga ega boʻlishidagi asosiy faktorlardan biridir. Mahsulot sifatini boshqarish tizimi agar mahsulotga oʻrnatilgan talablarning barchasi qanoatlantirilsa, uni yaroqli mahsulot deb ataladi. Mahsulotga oʻrnatilgan talablarning nomuvofiqligi orqali nuqson kelib chiqadi. Nuqson mavjudligi sababli mahsulotni iste’molchiga berib boʻlmasa, bunday mahsulot yaroqsiz mahsulot deyiladi. Mahsulot sifatini kerakli darajada belgilash ta’minlash va ushlab turish maqsadlarida uni yaratish va iste’mol qilishda amalga oshiriladigan harakatlar orqali mahsulot sifatini boshqarish mumkin. Mahsulot sifatini boshqarishda moddiy-texnik va axborot vositalari yordamida oʻzaro munosabatda boʻluvchi boshqaruv idoralari va obyektlari majmuasi mahsulot sifatini boshqarish tizimi deyiladi.Mahsulot sifati koʻrsatkichining ehtimoliy qiymatlarini aniqlash orqali mahsulot sifatini oldindan aytib berish (bashorat qilish), mahsulotni talab etilgan sifat koʻrsatkichlari bilan ishlab chiqishga asosli topshiriqlarni belgilash orqali mahsulot sifatini rejalashtirish, mahsulot xususiyatlarini miqdoriy va sifat jihatdan tekshirish orqali esa mahsulot sifatini nazorat qilish mumkin. Mahsulot sifati ustidan nazoratni maxsus vakolatli idoralar amalga oshiradi. Har qanday korxona faoliyatining muhim koʻrsatkichlaridan biri mahsulotning sifatini ta’minlashdir. Sifatni ta’minlash nafaqat korxona darajasidagi, balki umumdavlat darajasidagi masala hisoblanadi. Mahsulot sifatini boshqarish deganda, boshqarish idoralari va boshqariluvchi obyektlarning mahsulot sifatini boshqarishda moddiy-texnika va axborot vositalari yordamida oʻzaro bogʻlanishning majmui tushuniladi. Mahsulot sifatini boshqarish oʻzida quyidagi boshqarish davrining umumlashgan elementlarini oʻz ichiga oladi: oldindan aytib berish va rejalashtirish; ishlarni tashkil qilish; oʻzaro muvofiqlashtirish va tartibga solish; faol harakatni ragʻbatlantirish; nazorat, hisob-kitob va tahlil qilish. Mahsulot sifatini boshqarish tizimidagi boshqarish jarayonlari ikki guruhga boʻlinadi: Ishlab chiqarish tizimini yuqori darajaga oʻtkazuvchi (mahsulotning yuqori texnikaviy darajasini va sifatini yaratish hamda oʻzlashtirishini ta’minlovchi) guruhi; Ishlab chiqarish tizimidagi turgʻunlikni ushlab turish va oʻzlashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilishini rejalashtiruvchi sifat darajasini ta’minlash guruhi. Boshqaruv - korxona sharoitida aylanma siklda amalga oshuvchi “rejalashtirish- amalga oshirish-nazorat-boshqaruv” jarayonlarining yigʻindisidir. Rejalashtirish funksiyasi loyihalashtirish bosqichida korxona rahbariyati tomonidan bozordagi talab-taklifni, kapital sarf-harajatlarining samaradorlik koeffisentini, korxonaning texnik darajasini, nazoratning samaradorligini hisobga olgan holda amalga oshirilib, mahsulotning sifati darajasini aniqlashni nazarda tutadi. Konstruksiya sifatini belgilovchi mahsulotning tashqi koʻrinishi, ishlatishning qulayligi, uzoqqa chidamliligi, xavfsizligi kabi xususiyatlarning miqdoriy qiymatlari chizmalar, texnik shartlar va boshqa texnikaviy hujjatlar koʻrinishida ifodalanadi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling