Mundarija kirish I bob mahsulotlarning sifati haqida tushuncha


PUTUR YETKAZMASDAN NAZORAT QILISHNI TASHKILLASHTIRISH VA O’TKAZISH HAMDA NATIJALARINI RASMIYLASHTIRISH


Download 0.52 Mb.
bet9/11
Sana31.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1313556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MAHSULOT SIFATINI PUTUR YETKAZMASDAN NAZORAT QILISH USULLARI

2.2 PUTUR YETKAZMASDAN NAZORAT QILISHNI TASHKILLASHTIRISH VA O’TKAZISH HAMDA NATIJALARINI RASMIYLASHTIRISH


Putur yetkazmasdan nazorat qilishni tashkillashtirish laboratoriyada Putur yetkazmasdan nazorat qilish natijalarini kuzatuvchanligi ta’minlash va Putur yetkazmasdan nazorat qilish natijalarini qayd qilish tizimini shakllantirish bilan amalga oshiriladi.
Putur yetkazmasdan nazorat qilish natijalarini qayd qilish lozim boʻlganda obyektning hajmini toʻgʻri aniqlanganini, usulini, yoʻlini va Putur yetkazmasdan nazorat qilish vositlarini, yaroqsizlash mezonlarini toʻgʻri tanlanganligini tekshirishga, tekshirish (sinash) ishlarni oʻtkazgan va xulosalar xodimlarni aniqlashga imkon beradigan axborot hajmiga ega boʻlishi kerak.
Laboratoriyada tekshirish (sinash) natijalarini (xulosalar, bayonlar, hisoblar va h.k.) rasmiylashtirish tartibi aniqlangan boʻlishi va tekshirish (sinash) natijalari va ularni rasmiylashtirish uchun javobgarligi belgilangan boʻlishi kerak.
Tekshirish (sinash) natijalari Putur yetkazmasdan nazorat qilishni oʻtkazgan va Putur yetkazmasdan nazorat qilish natijalarini tekshirgan mutaxassis tomonidan imzolangan boʻlishi kerak. Putur yetkazmasdan nazorat qilish boʻyicha xulosa laboratoriya rahbari tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
Laboratoriyada tekshirish (sinash) natijalarini saqlash uchun javobgar shaxs boʻlishi va Oʻz DSt ISO/IEC 17025 standartlari boʻyicha ishlarni amalga oshirish lozim.
Obyektlar sifatini Putur yetkazmasdan nazorat qilish natijalari boʻyicha konstruktorlik hujjatlari yoki me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash Putur yetkazmasdan nazorat qilish boʻyicha tegishli malakaviy talablarni qanoatlantiradigan mutaxassislar tomonidan bajarilishi kerak.
Sinov (tekshirish) natijalari shubhali boʻlganida korxona tegishli boʻlimlarining Putur yetkazmasdan nazorat qilishning berilgan turi (usuli) boʻyicha ishlarini tashkil qilish va oʻtkazish uchun mas’ul mutaxassislari jalb qilinishi kerak.
Obyektlarni Putur yetkazmasdan nazorat qilish natijalari.

«Putur yetkazmasdan nazorat qilish natijalarni roʻyxatga olish jurnali»ga kiritilishi kerak. Jurnalning shakli Putur yetkazmasdan nazorat qilish boʻyicha me'yoriy hujjatlar bilan aniqlanadi va u quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
-tashkilot va uning boʻlimini nomi;
-tekshirish (sinov) ni oʻtkazgan boʻlimi (qismi) ning nomi;
-sinov (bayonnoma) raqami;
-sinov (bayonnoma) sanasi;
-sinov buyurtmachisi boʻlimining nomi;
-buyurtma raqami;
-sinov obyektning nomi;
-Putur yetkazmasdan nazorat qilish (sinov) obyektining zavod raqami yoki chizmasining belgilanishi;
-Putur yetkazmasdan nazorat qilish (sinash) obyektning materialini markasi;
-tekshirish natijasi – obyektni tekshirilgan (sinovdan oʻtkazilgan) parametrlarining konstruktorlik hujjat va me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi (yoki nomuvofiqligi);
-talablariga muvofiq Putur yetkazmasdan nazorat qilish (sinovlar) oʻtkazilgan konstruktorlik hujjat yoki me'yoriy hujjatlarning belgilanishi;
-tekshirish natijalari boʻyicha xulosa bergan mutaxassisning familiyasi, imzosi va lavozimi;
-Putur yetkazmasdan nazorat qilish natijalari boʻyicha xulosa bergan mutaxassisning familiyasi, imzosi va lavozimi, Putur yetkazmasdan nazorat qilishning muayyan usuli boʻyicha malakasini darajasi, guvohnomasining raqami va berilgan sanasi (bor boʻlsa);
-tekshirish (sinov) natijalarini tekshirgan Putur yetkazmasdan nazorat qilish boʻlinmasi (uchastkasi) rahbarining familiyasi, imzosi.
Zarur boʻlganda Putur yetkazmasdan nazorat qilish natijalarini roʻyxatga olish jurnallari va bayonnomalarida tekshirish (sinash) natijalarini kuzatib borish uchun lozim boʻlgan boshqa qo’shimcha axborot nazarda tutilishi mumkin.

Jurnalni rasmiylashtirishning toʻgʻriligini va oʻz vaqtida olib borilganligini
muntazam tekshirishni korxonaning Putur yetkazmasdan nazorat qilish boʻlinma (uchastka) sining rahbari amalga oshiradi.
Obyektni Putur yetkazmasdan nazorat qilish natijalari tekshirish (sinov) bayonnamasi koʻrinishida taqdim etilishi mumkin.
Obyektga Putur yetkazmasdan nazorat qilishning mazkur usullari boʻyicha tekshirish (sinov) bajarilgani haqida guvohlik beruvchi va obyekt sifatining uni tayyorlash, montaj qilish, ta’mirlash va ishlatish boʻyicha konstruktorlik hujjat va me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi belgilar tushirish (tamgʻalash, markalash) shuningdek obyekt uchun Putur yetkazmasdan nazorat qilish usullari bilan tekshirish (sinov) bajarilgani toʻgʻrisidagi texnik hujjatlarni rasmiylashtirish korxonada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Obyektlarning Putur yetkazmasdan nazorat qilishni bajarish huquqlarini berish uchun laborotoriyani akkreditlash “Oʻzstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda o’tkaziladi.
Akkreditlashning davriyligi besh yilda bir martadan kam boʻlmasligi kerak.
Obyektlarning Putur yetkazmasdan nazorat qilishni bajarish huquqini berish uchun xorijiy mamlakat idorasi tomonidan akkreditlangan Putur yetkazmasdan nazorat qilish laboratoriyalari “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi tomonidan roʻyxatga olingan boʻlishi kerak.
Putur yetkazmasdan nazorat qilish tizimini standartlashtirishga aloqador asosiy me’yoriy hujjatlar, ya’ni davlat standartlari va rahbariy hujjatlar mavjud boʻlib, ularga quyidagilar kiradi:

  • Oʻz DSt 20.201:2001 Mahsulotni sinash tizimi. Putur yetkazmasdan tekshirish. Tashkil etish va o’tkazish tartibi;

  • Oʻz DSt 20.202:2001 Mahsulotni sinash tizimi. Putur yetkazmasdan tekshirish. Putur yetkazmasdan tekshirish laboratoriyalariga talablar;

  • Oʻz DSt 20.203:2007 Mahsulotni sinash tizimi. Putur yetkazmasdan tekshirish. Xodimlarni o’qitish va sertifikasiyalash. Umumiy talablar;

  • Oʻz DSt 20.204:2002 Mahsulotni sinash tizimi.



  • Putur yetkazmasdan tekshirish. O’quv va imtihon markazlariga talablar;

  • Oʻz DSt 20.205:2008 Mahsulotni sinash tizimi. Putur yetkazmasdan tekshirish. Obyektlarni tekshirish yo’riqnomasi va uslubi. Tuzish, rasmiylashtirish, attestasiyalash, tasdiqlash va qayd qilish;

  • Oʻz RH 51-112:2002 O’zbekiston Respublikasining akkreditlashtirish tizimi. Putur yetkazmasdan tekshirish. Putur yetkazmasdan tekshirish laboratoriyalarini akkreditlash;

  • Oʻz RH 51-121:2002 O’zbekiston Respublikasining akkreditlashtirish tizimi. Putur yetkazmasdan tekshirish. O’quv va imtihon markazlarini akkreditlash;

  • Oʻz RH 51-129:2002 O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimi. Putur yetkazmasdan tekshirish. Xodimlarni sertifikatlashtirish bo’yicha tashkilotlarga talablar;

  • Oʻz RH 51-130:2003 O’zbekiston Respublikasining akkreditlashtirish tizimi. Putur yetkazmasdan tekshirish. Xodimlarni sertifikatlashtirish bo’yicha tashkilotlarni akkreditasiyalash;

Oʻz RH 51-131:2003 O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimi.














XULOSA


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling