Mundarija kirish I bob mahsulotlarning sifati haqida tushuncha
-rasm Korxonada sifatni boshqarish
Download 0.52 Mb.
|
MAHSULOT SIFATINI PUTUR YETKAZMASDAN NAZORAT QILISH USULLARI
2-rasm Korxonada sifatni boshqarish.Amalga oshirish funksiyasi konstruksiyaning loyihalashtirilgan sifatini tayyor mahsulotda mujassamlashuvini bildiradi. U texnologik jarayonlarni loyihalashtirish, qoʻllanadigan dastgohlar, mashinalar, asboblar turini, shuningdek ishni bajarish va nazorat qilish uslublarini aniqlashni oʻz ichiga oladi. Ushbu bosqichdagi asosiy maqsad mahsulotning texnik shartlarga javob berish darajasini saqlash va imkoni boricha bu koʻrsatkichlarni yaxshilashdir. Nazorat funksiyasi mahsulot ishlab chiqarish bosqichidagina emas, uni realizatsiya qilish bosqichida ham amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, mahsulotning yaroqliligi uni sotilishi bilan tasdiqlanadi. Boshqaruvning ta’siri funksiyasi mahsulotni realizasiya qilish chora-tadbirlarini belgilash, agar sotilgan tovar sifat shartlariga javob bermasa unga qayta ishlov berishni tashkil etishni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari u bozorda sotilgan mahsulotlar toʻg’risidagi ma’lumotlarni toʻplash, sifatini yaxshilash imkoniyatlarini aniqlash, ishlab chiqarish jarayoniga kerakli oʻzgartirishlarni kiritish maqsadida iste’molchining mahsulot sifati toʻgʻrisidagi fikr-mulohazalarini oʻrganish funksiyalarini ham bajaradi. Sotilgan mahsulot toʻgʻrisidagi har qanday ma’lumot uning kelgusi davr uchun rejalashtirilishida muhim ahamiyatga egadir. Shunday qilib, korxonani boshqarish va mahsulotni sotishni tashkil etish faqatgina mahsulotni sotish vazifasi bilan cheklanib qolmay, balki bozor ma’lumotlarini toʻplab, ularni mahsulotni rejalashtirish bosqichida qoʻllashlari kerak. Mahsulotlarni miqdor belgisi boʻyicha qabul qilish. Bunda mahsulotning sifat koʻrsatgichlarini miqdori aniqlanib, me’yoriy-texnik hujjatlar talabiga solishtirish koʻzda tutiladi. Masalan, sementning sifati uni siqishga chidamligiga (markasiga) qarab aniqlanadi. Buni uchun sementdan kubiklar yasaladi, presslangan bosim yoʻli bilan uni pishiqligi aniqlanadi. 3 kun saqlangan kubiklar sement pishiqligining yarmini bildiradi. 28 kundan keyin toʻla pishiqligi koʻrinadi bunda natijalarda 5% ortiq farq boʻlmasligi kerak. Koʻp farq qilsa markasi pasayadi 285 kg/sm gacha boʻlsa, 200 va 380 kg/sm gacha boʻlsa – 300 markali deb hisoblanadi. Mahsulotlarni muqobil belgisi boʻyicha tekshirish savdoda keng qoʻllaniladi, mahsulotlar standart talablariga javob berishiga qarab ishlatishga yaroqli va yaroqsiz turlarga boʻlinadi Mahsulotlarni miqdor belgisi boʻyicha qabul qilish. Bunda mahsulotning sifat koʻrsatgichlarini miqdori aniqlanib, me’yoriy-texnik hujjatlar talabiga solishtirish koʻzda tutiladi. Masalan, sementning sifati uni siqishga chidamligiga (markasiga) qarab aniqlanadi. Buni uchun sementdan kubiklar yasaladi, presslangan bosim yoʻli bilan uni pishiqligi aniqlanadi. 3 kun saqlangan kubiklar sement pishiqligining yarmini bildiradi. 28 kundan keyin toʻla pishiqligi koʻrinadi bunda natijalarda 5% ortiq farq boʻlmasligi kerak. Koʻp farq qilsa markasi pasayadi 285 kg/sm gacha boʻlsa, 200 va 380 kg/sm gacha boʻlsa – 300 markali deb hisoblanadi. Yuqorida sanab oʻtilgan rejalashtirish - amalga oshirish – nazorat - boshqaruvning ta’siri funksiyalarini aniq boshqarish uchun korxonaning barcha boʻlimlari boshqaruv va nazoratning texnikasini, maxsus texnologiyani, shuningdek statistik uslublarni qoʻllab, mahsulot sifatining muhim ahamiyatini his etgan holda ma’suliyat bilan oʻz vazifalarini bajarishlari lozim. Shunday qilib, korxonada sifatni boshqarish – bu “iste’molchilarning ehtiyojini qondiradigan, yetarlicha yuqori darajadagi foydalilikka ega boʻlgan tovarlarni loyihalashtirish, tayyorlash va sotishni ta’minlovchi boshqaruv faoliyati turidir”. Mahsulot sifatini nazorat qilish tizimi – bu oʻzaro bogʻliq boʻlgan nazorat obyektlari va subyektlari, mahsulot sifatini baholash va mahsulot hayotiy siklining turli bosqichlarida va sifat menejmenti darajalarida nuqsonlarning oldini olish uchun foydalaniladigan turli usullar va vositalar toʻplamidir (3.3-rasm) [16]. Mahsulotlar sifatini tekshirish – mahsulotlarning sifat va morfologik koʻrsatgichlarini me’yoriy-texnik hujjatlarga toʻg’ri kelishiga aytiladi. Mahsulotlar ishlab chiqishidan oluvchiga yetib borguncha bir necha bor tekshiriladi: operatsion, qabul, daromad tekshiruvlari mavjud. Operatsion tekshiruv – har bir bosqichdan keyin tekshiriladi. Qabul tekshiruvi – ishlab chiqarishni oxirida bajariladi. Sifatni boshqarish boʻlimi tamg’asi bosilishi mahsulotni sifatliligini bildiradi. Daromad tekshiruvi – sanoat korxonalariga kelgan xom-ashyolarni va savdoga kelgan mahsulotlarni sifati boʻyicha qabul qilish jarayoniga aytiladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling