Mundarija kirish I bob mahsulotlarning sifati haqida tushuncha
Download 0.52 Mb.
|
MAHSULOT SIFATINI PUTUR YETKAZMASDAN NAZORAT QILISH USULLARI
3-rasm Mahsulot sifati nazorati tizimining strukturaviy-funksional modelinig umumiy koʻrinishi.Mahsulotlar sifatini tekshirishning quyidagi turlari mavjud:- yoppasiga tekshirish; - tanlanma asosida tekshirish. Koʻproq tanlanma asosida tekshirish ishlatiladi, chunki bu usul kamroq vaqt talab qiladi. Elektr lampalarini har biri nominal darajadan 15% oshiqroq kuchlanishdagi elektr tokka 10 sekund bardosh bera olishi sinab koʻrilishi kerak. Shunda 15-200 Vt li lampalar ichida kuygani 1,5 % dan oshmasligi kerak, shunda ular qabul qilinadi. Aks holda dalolatnoma tuzib ishlab chiqarishga qaytarilib yuboriladi. Mahsulotlarni sifat va morfologik koʻrsatgichlari koʻpligi uchun tekshirishlarda hammasini tahlil qilishi qiyin. Shu sababli standartlarini “Qabul qilish qoidalari“ boʻlimida tekshirishini dasturiga qarab har xil sinovlar koʻrsatiladi: Mahsulotni ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin namunasi har tomonlama tekshiriladigan qabul sinovlari ham amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayonining oxirida tayyor mahsulotni me’yoriy hujjat talablariga yoppasiga ba’zi koʻrsatgichlar boʻyicha texnik nazorat boʻlimi (TNB) tomonidan tekshirish. Natijalar tovarlarga qoʻshib joʻnatiladigan hujjatlarda belgi qoʻyiladi. Sanoat korxonalarida sifatni barqarorligini ta’minlash uchun davriy tekshiruv oʻtkazilib turiladi. Bir andozadagi (namunali) sinovlar. Bunda har 2-3 yilda oʻtkaziladigan sinovlar (mustahkamligini sinash uchun); Ta’mirlashga yaroqliligini aniqlash uchun 5 yilda bir marta sinaladi. Mahsulotlar 3 ta belgi boʻyicha (sifat, miqdor, muqobil) sifat guruhlarga boʻlinadi.Mahsulotni sifat belgisi boʻyicha navlarga ajratilib qabul qilinadi. Deraza oynalari oliy toifa 1 va 2 navlarga, modelli poyafzallar esa 2 navga boʻlinadi. Nuqsonlar namoyon boʻlishiga qarab yaqqol koʻrinib turadigan va pinxona (yashirin) turlarga boʻlinadi. Yana nuqsonlar katta-kichikligi boʻyicha jiddiy, yirik va nojiddiy turlarga ajratiladi. Nuqsonlar kelib chiqish boʻyicha hom-ashyo, konstruksiya, texnologiya va pardozlash nuqsonlariga boʻlinadi. Mahsulotlarni miqdor belgisi boʻyicha qabul qilish. Bunda mahsulotning sifat koʻrsatgichlarini miqdori aniqlanib, me’yoriy-texnik hujjatlar talabiga solishtirish koʻzda tutiladi. Masalan, sementning sifati uni siqishga chidamligiga (markasiga) qarab aniqlanadi. Buni uchun sementdan kubiklar yasaladi, presslangan bosim yoʻli bilan uni pishiqligi aniqlanadi. 3 kun saqlangan kubiklar sement pishiqligining yarmini bildiradi. 28 kundan keyin toʻla pishiqligi koʻrinadi bunda natijalarda 5% ortiq farq boʻlmasligi kerak. Koʻp farq qilsa markasi pasayadi 285 kg/sm gacha boʻlsa, 200 va 380 kg/sm gacha boʻlsa – 300 markali deb hisoblanadi. Mahsulotlarni muqobil belgisi boʻyicha tekshirish savdoda keng qoʻllaniladi, mahsulotlar standart talablariga javob berishiga qarab ishlatishga yaroqli va yaroqsiz turlarga boʻlinadi Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling