Mundarija kirish I bob mahsulotlarning sifati haqida tushuncha
II.BOB MAHSULOTLAR SIFATINI PUTUR YETKAZMASDAN NAZORAT QILISH USULLARI VA ULARNING QO‘LLANILISHI
Download 0.52 Mb.
|
MAHSULOT SIFATINI PUTUR YETKAZMASDAN NAZORAT QILISH USULLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.1 MAHSULOTLAR SIFATINI PUTUR YETKAZMASDAN NAZORAT QILISH USULLARINING AFZALLIK VA KAMCHILIKLARI
II.BOB MAHSULOTLAR SIFATINI PUTUR YETKAZMASDAN NAZORAT QILISH USULLARI VA ULARNING QO‘LLANILISHIII.1 MAHSULOTLAR SIFATINI PUTUR YETKAZMASDAN NAZORAT QILISH USULLARINING AFZALLIK VA KAMCHILIKLARIMahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish deganda, mahsulot sifatini, parametrlarini, xususiyatlarini va ekspluatatsion xususiyatlarini oʻzgartirmaydigan (buzuvchi usullardan farqli oʻlaroq) bilvosita belgilar orqali nazorat qilish tushuniladi. Mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullari uchun dastlabki ma'lumotlar mahsulotning turli fizik parametrlarini qayd etishda aniqlangan nuqsonlar mavjudligihaqidagi har xil anomaliyalardir. Bu issiqlik nurlanishi oqimining buzilishlari; maxsus nazorat qoplamalarining rangi oʻzgarishi; ultratovush yoki elektromagnit toʻlqinlarning tarqalishi, aks etishi va yutilishi, korpuskulyar oqim va boshqalarda kuzatiladigan turli xil oʻzgarishlar boʻlishi mumkin. Anomaliyalarning tabiati boʻyicha mahsulotdagi nuqsonlarning mavjudligi, ularning xususiyatlari (nuqson turi, hajmi, shakli, joylashishi) va sabablari haqida xulosalar chiqariladi. Mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullarining afzalliklarini quyida keltirib oʻtamiz: mahsulotning asosiy parametrlarini aniqlash va oʻlchash ishlari uni ishlab chiqarish, sinovdan oʻtkazish, ishlatish yoki ta’mirlash jarayonlarida ish rejimini buzmasdan va uning xususiyatlarini oʻzgartirmasdan amalga oshirilishi mumkin; mahsulot sifatini dinamik rejimda, shu jumladan tezlashtirilgan nazorat qilish imkoniyati mavjud; texnik xizmat koʻrsatish vaqtida nazoratning obyektivligi va ishonchliligini oshishi; Mahsulotning sifatiga ta’sir etuvchi, yashirin koʻrinishdagi (chuqur joylashgan) turli havo boʻshliqlari, koʻp qatlamli mahsulotlarda qatlamlarning ogʻishi kabi nuqsonlarni aniqlash imkoniyati mavjudligi; Mahsulot ekspluatatsiyasi jarayonida halokatli zararlar yetkazilishining oldini oladigan profilaktika chora sifatida foydalanish mumkinligi; Mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullari juda aniq, ishonchli va sezgirligi yuqori. Ushbu usullardan foydalanish va sinov natijasini tahlil qilish mahsulot parametrlarini yaxshilashga va optimal konstruksion yechimlarini topishga yordam beradi; Mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullarining tannarxi bir xil mahsulot parametrlarini oʻlchash uchun ishlatiladigan putur yetkazib nazorat qilish usullarning tannarxiga nisbatan ancha past; Mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullari ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirilishiga olib keladi, chunki past sifatli qismlar mahsulot ishlab chiqarishning dastlabki bosqichidayoq aniqlanadi; Mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilishning zamonaviy usullari mahsulotlarni 100% nazorat qilish va koʻp hollarda nazorat jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradi. Mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullarining putur yetkazib nazorat qilish usullarga nisbatan biq qancha afzalliklariga qaramay, ularning oʻziga xos kamchiliklari ham bor: mahsulot sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullari, bilvosita usullardir (masalan, qotishmalar yoki metallardagi metall boʻlmagan qoʻshimchalarni aniqlash uchun elektromagnit maydonlar intensivligini oʻzgartirib, nazorat qilinadigan mahsulotda nuqson mavjudligini baholaydilar); mahsulotning xizmat qilish muddati va ishonchliligiga ta'sir qiluvchi ba’zi bir nuqsonlarni putur yetkazmasdan nazorat qilish usullari yordamida aniqlash mumkin emas. Sinov natijalari asosan miqdoriy emas, balki sifatiy xarakter kasb etadi. Ularning yordami bilan nuqsonni aniqlash yoki ishlamay qolish mexanizmini kuzatish mumkin, ammo umuman, mahsulotning ishlash muddatini buzilishdan oldin aniqlash mumkin emas; putur yetkazmasdan nazorat qilish usullarining natijalari malakali dekodrlash va sharhlashni, shuningdek koʻplab tayyorgarlik ishlarini, ya’ni bir xil turdagi mahsulotlarni tekshirish, nuqsonlarni aniqlash uchun namunalarini tayyorlash (nuqsonlar jadvalini tuzish), shuningdek, texnik xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni oʻ qitishni talab qiladi. GOST 18353-79 boʻyicha mahsulotlar sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullari bir qancha turlarga boʻlinadi. Mahsulotlar sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish usullarining har biri quyidagi alomatlar boʻyicha sinflarga ajratiladi: fizik maydonlar yoki moddalarning tekshiriluvchi obyekt bilan oʻzaro ta’sirlashuv xususiyatlariga koʻra: dastlabki informatsion parametrlar boʻyicha; dastlabki informatsion parametrlarni olish usullari boʻyicha. Bu usullar bilan quyidagi nuqsonlar aniqlanadi: yaxlitlikning buzilishini keltirib chiqaruvchi Nuqsonlar: yoriqlar, boʻshliqlar, qatlamlarda kuzatiladigan nuqsonlar va h.k.; tashqi va ichki diametrlar, devorlar, qoplamalar va qatlamlarning qalinliklari; sirtlarning gʻadir-budirliklari, yeyilish darajalari; mahsulotlarning turli geometrik oʻlchamlari; temperatura, elektr, magnit va tarkibiy parametrlar; dastlabki kimyoviy tarkibdan chetga chiqishlar; mustahkamlik, qayishqoqlik, koersitiv kuchlar, mustahkamlangan qatlamlarning sifati; ferrit fazalarining tarkibi va taqsimlanishi va shularga oʻxshash fizik-mexanik va fizik-kimyoviy tavsiflarini oʻlchash; obyektni texnik holatini aniqlash uchun yaxlitlikni buzilishi, foydalanish davomida mahsulotlarning oʻlchamlari, fizik-mexanik va fizik-kimyoviy xossalarini oʻzgarishi kabi berilgan ehtimolliklar bilan texnik diagnostikalar qilishga moʻljallangan tekshirishlar amalga oshiriladi. Korxonada muayyan turdagi obyektlarning putur yetkazmasdan nazorat qilish tizimini tashkil etish uchun ushbu obyektni konstruktorlik hujjat yoki me'yoriy hujjatni tayyorlash, montaj qilish, ishlatish yoki ta’mirlashga boʻlgan talablarni borligi va ularda putur yetkazmasdan nazorat qilish turi va usuli, putur yetkazmasdan nazorat qilish me'yoriy hujjatlari, yoʻl qoʻyiladigan me’yorlari, tekshirish hajmi va zonalari hamda putur yetkazmasdan nazorat qilish oʻtkazishga boʻlgan boshqa talablarni koʻrsatilishi asos boʻladi. Putur yetkazmasdan nazorat qilish tizimi korxonada buyruq bilan kiritiladi, unda ishlab chiqarish, ishlatish va ta’mirlashning barcha bosqichlarida obyektlar sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish, ishlab chiqish, joriy etish va undan foylanish tartibi koʻrsatib oʻtilgan boʻlishi kerak. Oʻz tarkibida putur yetkazmasdan nazorat qilishning qoʻllaniladigan usullari boʻyicha laborotoriya va (yoki) mutaxassislariga ega boʻlgan korxona va tashkilot obyektlarni putur yetkazmasdan nazorat qilishni oʻtkazadi. Putur yetkazmasdan nazorat qilish laborotoriyalari qoʻyidagi hollarda majburiy akkreditlanishi kerak. tekshiriluvchi obyekt (buyum) ning MHda laborotoriyani akkreditlash zarurligi haqida talablarining mavjudligida; “Sanoatkontexnazorat” agentligi nazarati ostida boʻlgan obyektlarni putur yetkazmasdan nazorat qilishdan oʻtkazish chogʻida; laborotoriya tomonidan oʻzga tashkilotlarning buyurtmasi boʻyicha putur yetkazmasdan nazorat qilish ishlarini bajarish chogʻida. Obyektlarning putur yetkazmasdan nazorat qilishni bajarish huquqlarini berish uchun laborotoriyani akkreditlash «Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladi. Akkreditlashning davriyligi besh yilda bir martadan kam boʻlmasligi kerak. Obyektlarning putur yetkazmasdan nazorat qilishni bajarish huquqini berish uchun xorijiy mamlakat idorasi tomonidan akkreditlangan putur yetkazmasdan nazorat qilish laboratoriyalari «Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi tomonidan roʻyxatga olingan boʻlishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasida putur yetkazmasdan nazorat qilish Bosh markazi tashkil etilgan. OʻzDSt 20.202:2016 “Mahsulotni sinash tizimi. Putur yetkazmasdan tekshirish. Putur yetkazmasdan tekshirish laboratoriyalariga doir talablar” Oʻzbeksiton davlat standartining birinchi tahriri ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ushbu davlat standarti respublikamizda ishlab chiqarish, aviasozlik, tibbiyot, temir yoʻl, mahsulotning muayyan turlarini va sanoat obyektlarini, sanoat va konchilik ishlarini bexatar olib borilishini nazorat qilishda keng foydalaniladi va qoʻllaniladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling