Mundarija reja
Download 346.4 Kb. Pdf ko'rish
|
kurs iwi (2)
6 1. Pensiya jamg‘armasining xarajatlari tavsifi, tarkibi va yo‘nalishlari Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.04.2022 yildagi PQ-198-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, Pensiya jamg‘armasining xarajatlari quyidagilardan iborat: a) 2022-yil 1-maydan boshlab: “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga va oilalarga tegishli jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan moddiy yordamlar, mehnat organlari tomonidan to‘lanadigan ishsizlik nafaqasi va stipendiyalar hamda jazoni o‘tab ozodlikka chiqqan fuqarolarga to‘lanadigan moddiy yordam pullari (keyingi o‘rinlarda — moddiy yordam pullari) har oyning 5-sanasiga qadar moliyalashtiriladi hamda pensiya va nafaqalar bilan bir vaqtda AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan mahallalarga yetkaziladi; AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan pensiya va nafaqalar hamda moddiy yordam pullarini fuqarolarga naqd pulda yetkazib berish xizmatlari uchun 1 foiz miqdorda bankka xizmat haqi to‘lab beriladi. Bunda, AT “Xalq banki” zimmasiga sayyor kassalar orqali mahalla fuqarolar yig‘inlariga borgan holda pensiya va nafaqa oluvchilarning kartalaridagi mablag‘larini ularning xohishlariga ko‘ra naqd pulga almashtirib berish vazifasi yuklatiladi; barcha turdagi davlat pensiyalarini, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan to‘lanadigan nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni hamda kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam pulini (keyingi o‘rinlarda — pensiya va nafaqalar) bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilinadi. Bunda, fuqarolarning roziligi bilan pensiya va nafaqa pullarini bank kartalariga o‘tkazish asosida hujjatlarni qog‘oz shaklida yuritishdan voz kechiladi; b) 2022-yil 1-sentabrga qadar harbiylashtirilgan tizim pensiyalarini hisoblash va ularning to‘lov hisob-kitoblari tizimini tegishli vazirlik va idoralar tomonidan avtomatlashtirish orqali xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarida pensiya varaqalarini yuritish amaliyoti bekor qilinadi. 7 Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan moliyalashtiriladigan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar uchun xarajatlar. 2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining jamlanma parametrlari hamda 2023-2024-yillarga budjet mo‘ljallari 3- jadvalga muvofiq, ularni tayyorlashda asos bo‘lgan 2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va 2023-2024-yillarga maqsadli mo‘ljallar 4-jadvalga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin. Download 346.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling