Mundarija reja


O‘tkazilishi lozim — hammasi


Download 346.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana03.02.2023
Hajmi346.4 Kb.
#1151529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs iwi (2)

O‘tkazilishi lozim — hammasi 
040 
 
O‘zbekistonda 2022-yildan boshlab pensiya yoshi har yili 6 oyga oshirib 
borilishi taklif etilmoqda. 2018 yilning 25 may kuni Oliy Majlis Senatining budjet 
va iqtisodiy islohotlar Qo’mitasi, Qonunchilik palatasi vakillari, vazirlik va 
idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda BMT Rivojlanish dasturi, Jahon banki va 
YuNISEF mutaxassislari ishtirokida o’tkazilgan seminarda vazirlik va idoralar 
hamda keng jamoatchilikdan pensiya islohotlarini amalga oshirish bo’yicha qabul 
qilingan dastlabki tavsiyalar tahlil qilindi va muhokamasi o’tkazildi. Normativ-
huquqiy bazani takomillashtirish masalasi, xususan, «Fuqarolarning davlat pensiya 
ta’minoti to’g’risida»gi Qonuning yangi tahrirda ishlab chiqilishi batafsil 
muhokama qilindi. Bu borada, qonunni chet el tajribasini o’rganish hamda 
mamlakatimizning demografik va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini inobatga olgan 
holda ishlab chiqish to’g’risida fikrlar bildirildi. Shu bilan birga, qonunning 
normalarida fuqarolarning pensiya miqdorlari ularning mehnat stajlari davomiyligi 
va ish haqiga bog’liq bo’lishi hamda ijtimoiy sug’urta tizimiga faol 
qatnashishlarini rag’batlantiruvchi mexanizmlarini joriy etilishi zarurligi qayd 
etildi. Mutaxassis va ekspertlar ta’kidlashicha, konsepsiyada ijtimoiy adolatlilikni 
qaror toptirish jihatlari inobatga olinib, ishlovchi pensionerlarga to’liq 
pensiyalarini to‘lash, pensiya tayanch miqdorini hisoblashda amaldagi hisobga 
olinadigan chegaraviy eng kam oylik ish haqining 8 barobarini 10 barobarigacha 
oshirish kabi takliflarni o‘z ichiga qamrab olgan. Shuningdek, taklif etilayotgan 


20 
islohotlarning ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, seminar 
ishtirokchilari, shu jumladan halqaro moliya institutlari ekspertlari, yangi taklif 
etilayotgan normalarni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarurligi to’g‘risida 
fikr bildirishdi. Xususan, dastlabki bosqichda talab etiladigan minimal ish stajini 
bosqichma-bosqich har yili, 2019-yildan boshlab 10 yilgacha oshirishi, pensiya 
yoshini esa 2022-yildan boshlab har yili 6 oyga, ayollar uchun 58 yoshgacha va 
erkaklar uchun 63 yoshgacha oshirib borish tavsiya etildi.
5-jadval 

Download 346.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling