Mundarija reja


Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini takomillashtirish


Download 346.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana03.02.2023
Hajmi346.4 Kb.
#1151529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs iwi (2)

2.Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini takomillashtirish 
yo’nalishlari 
Ma’lumki, davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash munosabatlarini tartibga 
soluvchi asosiy me’yoriy hujjat O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2011-yil 8-sentabrdagi “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada 
takomillashtirishga yo’naltirilgan normative-huquqiy hujjatlarini tasdiqlash 
to’g’risida”gi 252-sonli qarori va unga ilova qilingan “Davlat pensiyalarini 
tayinlash va to’lash to’g’risida”gi Nizom hisoblanadi. 
Pensiya tayinlash va to’lash, shuningdek, fuqarolarning pensiya ta’minoti 
bilan bog’liq boshqa masalalarini ko’rib chiqish “Davlat pensiyalarini tayinlash va 
to’lash to’g’risida”gi Nizomga muvofiq Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) 
bo’limi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur nizom asosida pensiya tayinlash 
uchun zarur bo’lgan hujjatlarni taqdim etish tartibi, pensiyalar tayinlash uchun ish 
satijini hisoblab chiqish va tasdiqlash tartibi, pensiyani hisoblash tartibi, pensiya 
tayinlash tartibi, pensiyalarni bir turidan boshqa turga o’tkazish tartibi, pensiya 
qayta hisoblab chiqarish tartibi, pensiyalarni to’lash tartibi, pensiyaga oid hujjatlar 
yig’ma jildini hidobga olish va saqlash tartibi amalga oshiriladi. O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi “Imtiyozli shartlarda 
pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, 
kasblar, lavozimlar va ko’rsatkichlarning ro’yxatini tasdiqlash to’g’risida”gi 252-
sonli qaroriga muvofiq talab qilinadigan umumiy va maxsus ish staji bo’lganda 
yoshidan qat’iy nazar, pensiyaga chiqich huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, 
muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-ro’yxati; talab qilinadigan 
umumiy va maxsus ish staji bo’lganda umumiy belgilangan yoshdan 10 yil oldin 
pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, 
kasblar, lavozimlar va ko’rsatkichlarning 2-ro’yxati; talab qilinadigan umumiy va 
maxsus ish staji bo’lganda umumiy belgilangan yoshdan 5 yil oldin pensiyaga 
chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, 
lavozimlar va ko’rsatkichlarning 3-ro’yxati tasdiqlandi.
“Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash to’g’risida”gi Nizomning 1-


16 
ilovasiga ko’ra “Urush qatnashchilariga tenglashtiriladigan shaxslar ro’yxati”, 2-
ilovasiga ko’ra “Urush nogironlariga tenglashtiriladigan shaxslar ro’yxati, 3-
ilovasiga ko’ra “Patologoanatomiya muassasalari va sud tibbiyot ekspertizasi 
muassasalarining pensiya tayinlash vaqtida marhnat staji bir yarim baravar 
ko’paytiriladigan tibbiyot xodimlari ayrim toifalarining ro’yxati, 4-ilovasida “ 
Uchuvchilar va sinovchi uchuvchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarga pensiya 
tayinlash uchun belgilangan ish stajini hisoblash tartibi”, 5-ilovasida “Toliq bir 
mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o’tadigan 
mavsumiy ishlar va sanoatning mavsumiy tarmoqlari ro’yxati”, 6-ilovasida 
“Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lash davri to’g’risidagi ma’lumotlar 
namunasi”, 7-ilovasida “Harakatdagi armiya tarkibida harbiy xizmat davri 
to’g’risidagi ma’lumotnoma namunasi”, 8-ilovasida “Ichki ishlar organlarida 
xizmat qilgan davr to’g’risidagi ma’lumotnoma namunasi”, 9-10-ilovalarda 
“Harbiy xizmatchi xotinnin gishga joylashish imkoniyati bo’lmaga joylarda eri 
bilan yashagan davri to’g’risidagi ma’lumotnoma namunasi”, 11-ilovasida 
“Imtiyozli pensiya ta’minotiga bo’lgan huquqni aniqlshtiruvchi ma’lumotnoma 
namunasi”, 12-ilovasida “Ish haqi to’g’risidagi ma’lumotnoma namunasi”, 13-
ilovasida “Ish haqi to’g’risidagi arxiv ma’lumotnomasining namunasi” hamda 14-
ilovasida “Mehnatga layoqatsiz fuqarolarni to’liq davlat ta’minotidagi shaxslar 
toifasiga kiritish shartlari” tasdiqlangan. 
Chet elda ishlagan shaxslar va ish vaqtini hisobga olib bo’lmaydigan 
shaxslarning ayrim toifalari tomonidan sug;urta badallarini to’lashning yagona 
mexanizmini tashkil etish orqali pensiya qonunchiligini yanada takomillshtirish 
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-
fecraldagi 46-sonli qarori
7
bilan “Chet elda ishlayotgan O’zbekiston Respublikasi 
fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo’lmaydigan shaxslarning ayrim 
toifalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi vazirligi huzuridagi budjetdan 
7
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi “Chet el ishlayotgan O’zbekiston 
Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo’lmaydigan ayrim toifalari tomonidan O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lash 
tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish 
tartibi to’g’risida”gi nizomni tasdiqlash haqida”gi 46-sonli Qarori 


17 
tashqari Pensiya jamg’armasining sug’urta badallari to’lash tartibini,shunungdek 
ularning pensiyasini hisoblash uchun olinadigan ish stajini v aish haqi miqdorini 
olish to’g’risida”gi Nizom tasdiqlandi. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi 
Soliq kodeksiga va “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi 
O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq chet elda ishlayotgan shaxslarning 
ayrim toifalari tomonidan Pensiya jamg’armasiga sug’irta badallari to’lash tartibini 
shuningdek, ular tomonidan Pensiya jamg’armasiga to’lanadigam sug’urta 
badallarini, davlat pensiyalarini hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi 
miqdorini hisobga olish tartibini belgilaydi. Amaldagi pensiya qonunchiligini 
yanada takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Rrspublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom 
chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor, yakka 
tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlar, dehqon xo’jaligi boshlig’i, 
dehqon xo’jaligi a’zosi, oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi a’zosi, soliq agenti 
hisoblanmagan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim va shaxsiy yordamchi 
xo’jaliklarda qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish 
bilan band bo’lgan jismoniy shaxslarning Pensiya jamg’armasiga sug’urta 
badallarini to’lash tartibi hamda pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish 
staji va ish haqi miqdorini hisoblab chiqish tartibini belgilaydi. Chet elda yollangan 
holda ishlovchi shaxs (vakolatli organdan ruxsatnoma olgan holda ishlovchi shaxs) 
Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallarini ixtiyoriy ravishda, biroq belgilangan 
eng kam ish haqining bir barobaridan kam bo’lmagan miqdorda to’laydilar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil sentabr oyidagi “Ish haqi, 
pensiyalar stipendiyalar va nafaqalar to’g’risida”gi PF-4822-sonli Farmoniga ko’ra 
2018-yilning noyabr oyidan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari 
xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o’rta 
hisobda 1,15 baravar oshirildi.
8
Umuman olganda, istiqlol bergan imkonyatlar va Konstitutsiyada belgilab 
qo’yilgan fuqarolar tufayli mamlakatimizning pensiya ta’monoti tizimida tub 
8
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil sentabr oyidagi “ Ish haqi, pensiyalar stipendiyalar va nafaqalar 
to’g’risida”gi PF-4822-sonli Farmoni 


18 
islohatlar amalga oshirildi. Ushbu islohatlar natijasida, eng avvalo inson 
manfaatlarini aks ettirgan ko’plab o’zgarish va yangiliklarga qo’l urildi. 
O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti 
to’g’risida”gi Qonuniga kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalar fuqarolarning 
davlat pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish imkonini berdi. 
4-jadval 

Download 346.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling