Mundarija reja
-jadval 2022-yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda
Download 346.4 Kb. Pdf ko'rish
|
kurs iwi (2)
3-jadval
2022-yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari 6 mlrd so‘m T/r Hududlar nomi Daromadlar* Xarajatlar** 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2 356,2 3 874,2 2. Andijon viloyati 3 059,4 4 741,6 3. Buxoro viloyati 2 904,0 3 346,3 4. Jizzax viloyati 1 727,2 2 551,8 5. Qashqadaryo viloyati 3 483,0 5 534,3 6. Navoiy viloyati 2 186,3 2 186,3 7. Namangan viloyati 2 903,2 4 608,0 8. Samarqand viloyati 3 955,8 4 963,8 9. Surxondaryo viloyati 2 466,9 4 453,9 10. Sirdaryo viloyati*** 1 104,5 1 777,7 11. Toshkent viloyati 4 378,9 4 378,9 12. Farg‘ona viloyati 4 242,5 5 619,9 13. Xorazm viloyati*** 2 220,6 3 067,2 14. Toshkent shahri**** 6 044,7 6 044,7 Jami 43 033,2 57 148,7 Ayrim to‘lovlar stavkalari 2022-yil uchun: mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari 8-ilovaga muvofiq (soliq solish maqsadlari uchun); tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari 9-ilovaga muvofiq; chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlarning stavkalari 10- ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirishda qo‘llaniladigan bojxona bojlari stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi. 2022-yil uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hajmi 708,9 mlrd so‘m miqdorida belgilansin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat 6 O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-742-son 10 budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining 2022-yil uchun zaxira jamg‘armalari tegishli budjetlar tasdiqlangan umumiy xarajatlarining kamida 1,0 foizi miqdorida shakllantiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetini, viloyatlar viloyat budjetlarini va Toshkent shahri shahar budjetini, tumanlar va shaharlar budjetlarini ijro etishda yuqori turuvchi budjetdan ularga ajratiladigan budjetlararo transfertlar miqdori oshgan hollarda tegishli budjetlar zaxira jamg‘armalarining belgilangan miqdorlari qayta ko‘rib chiqilmaydi. Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar ajratilgan taqdirda ushbu Qonunga o‘zgartishlar kiritilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining olti oylik ijrosi yakunlari bo‘yicha daromad prognozlari bajarilmagan va joriy moliya yilining oxirigacha ularning kelib tushishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lmagan hollarda: respublika budjeti umumiy xarajatlarining 3 foizi va undan ortiq foizi miqdoridagi xarajatlarni qisqartirish Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan; respublika budjeti umumiy xarajatlarining 3 foizidan kam miqdoridagi xarajatlarni qisqartirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha qarorlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi. Budjetlar xarajatlarini qisqartirishda budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘larini oluvchilarning budjet mablag‘larini o‘zlashtirishi, shuningdek qabul qilingan yuridik va moliyaviy majburiyatlari hisobga olinadi. Bunda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni kamaytirish O‘zbekiston Respublikasining Budjet 11 kodeksi 120-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larining sarflanishi 14, 61 trln so‘m, tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga xarajatlar esa – 10,7 trln so‘mni tashkil etadi. Byudjetni shakllantirishda barcha tumanlar va shaharlar byudjetlarining tasdiqlangan xarajatlarining 5%i jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, mahalliy byudjetlar qo‘shimcha manbalarining kamida 30%i jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. 2022 yil uchun byudjet va qonun mablag‘larni belgilangan yo‘nalishda sarflashda natijadorlikni oshirish, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlarini kengaytirish, byudjet barqarorligini ta’minlash, byudjet qamrovini oshirish va byudjet mablag‘larining taqsimlanishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga oladi. Ta’kidlash joizki, 2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi. Qonunga muvofiq quyidagi soliqlar bo‘yicha asosiy stavkalar o‘zgarishlarsiz qoldirildi: QQS – 15%; foyda solig‘i – 15%; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – 12%; aylanmadan olinadigan soliq – 4%. Foyda solig‘i stavkasi 15%, dividendlar tarzidagi foyda bo‘yicha soliq stavkasi 5% darajasida saqlanib qolindi. Amortizatsiyaning yillik cheklangan normasi va investitsiyaviy chegirma miqdori o‘rtacha 2 baravarga oshiriladi. Soliq to‘lovchilarga zarar summasini kelgusi davrlarga, zarar ko‘rilgan soliq davridan keyingi 10 yilga ko‘chirish huquqi beriladi. Bunda jami ko‘chirilayotgan 12 zarar summasi joriy soliq davridagi soliq bazasining 60%idan oshmasligi lozimligi to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi. Tabiiy gazni eksport qilishda, shuningdek import qilingan gazni ichki bozorda realizatsiya qilishda aksiz solig‘i stavkasi nolga tenglashtiriladi. Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan suyultirilgan gazni realizatsiya qilish aksiz solig‘idan ozod etiladi. Bundan tashqari yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari neft va tabiiy gaz bo‘yicha 10%gacha, oltin va mis bo‘yicha – 7%gacha, volfram bo‘yicha – 2,7%gacha, uran bo‘yicha – 8%gacha pasaytirildi. Shuningdek avtomobilni sotib olishda va vaqtinchalik olib kirishda to‘lanadigan yig‘im bekor qilindi. Jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari belgilandi. Ular binoni yoki avtomobilni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solishda qo‘llaniladi. 2022 yil uchun Konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3%i miqdorida belgilandi. 2022 yilda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 254,6 trln so‘m yoki YaIMning 30,3%i miqdorida prognozlashtirilmoqda. Byudjetniy defitsit v optimizatsii Davlat byudjeti daromadlari 200 trln so‘m yoki YaIMning 23,8%i miqdorida belgilandi. Ulardan soliq tushumlari 68,5 trln so‘m, shu jumladan foyda solig‘i – 43,7 trln so‘m, aylanmadan olinadigan soliq – 2,7 trln so‘m, JShDS – 22 trln so‘mni tashkil etadi. Bilvosita soliqlar bo‘yicha daromad summasi 73,2 trln so‘m, shu jumladan QQS – 53,3 trln so‘m, aksiz solig‘i – 15 trln so‘m, bojxona boji – 4,8 trln so‘mni tashkil etadi. Resurc va mol-mulk solig‘i 25,7 trln so‘mni tashkil qiladi. Konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlari 280, 13 trln so‘mni tashkil etadi. Davlat byudjeti xarajatlari 188, 91 trln so‘m, davlat maqsadli jamg‘armalari xarajatlari – 58, 18 trln so‘m, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larining 13 sarflanishi – 7, 73 trln so‘m miqdorida prognozlashtirilmoqda. “Fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq vafot etgan boquvchining mehnatga layoqatsiz farzandlari uchun 18 yoshga qadar, agar ushbu farzandlar ta’lim tashkilotlarining o‘quvchisi yoki talabasi bo‘lib hisoblansa, o‘qishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga to‘lguniga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi to‘lanishi, shaxsning bolani parvarishlash bilan band bo‘lgan 6 yillik ta’til vaqti pensiya hisoblashda ish staji sifatida inobatga olinishi, O‘zbekiston Respublikasi hududida inson uchun xavfli bo‘lgan yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi munosabati karantin joriy etilgan vaqtda shaxsga pensiya tayinlash muddati shaxsning karantin davrida pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab tayinlanishi; “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq shaxsni nogironligi bo‘lgan shaxs deb topish tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan aniqlanishi; “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida” 2022-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-791-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyalarni hisob-kitob qilish uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n ikki baravaridan kelib chiqib hisoblanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilingan. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan: davlat pensiyalarini tayinlash uchun murojaat qilish, pensiyalar tayinlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim qilish tartibi; 14 davlat pensiyalarini tayinlashda mehnat staji, shu jumladan, ayrim toifa fuqarolar uchun imtiyozli asoslardagi mehnat stajini hisoblash tartibi; davlat pensiyalarini tayinlashda ustama haqlarni hisoblab chiqish tartibi; tayinlangan davlat pensiyalari turini o‘zgartirish, qayta hisoblash va tiklash tartibi; tayinlangan davlat pensiyalarini to‘lash va chegirmalarni amalga oshirish tartibi. Shu bilan birga, imtiyozli pensiyalarning o‘rtacha miqdori yoshga doir pensiyalarning o‘rtacha miqdoridan yuqoridir. Bunday holat fuqarolarga imtiyozli shartlarda pensiya tayinlash tartibini qayta ko‘rib chiqishni, pensiya tizimidagi samarasiz imtiyozlarni optimallashtirish zarurligini ko‘rsatadi. Bunday holat Pensiya jamg‘armasining xarajatlarini optimallashtirishga, mablag‘larini iqtisod qilishga va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling