Mundarija reja


Download 346.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana03.02.2023
Hajmi346.4 Kb.
#1151529
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs iwi (2)




MUNDARIJA 
REJA: 
KIRISH 

1 Pensiya jamg’armasining xarajatlari tasvifi, tarkibi va yo’nalishlari 

2 Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini takomillashtirish 
yo’nalishlari 
15 
3 Xorijiy mamlakatlarda Pensiya fondlari mablag’laridan foydalanish 
masalalari 
23 
4 Xulosa
26 
5 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
29 
6 Ilovalar 
31 






 
 



KIRISH 
Pensiya tizimi aholiniijtimoiy himoyalash tizimining tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Mamlakatning pensiya tizimi pensiya jamg‘rmasi va unga xizmat
qiluvchi maxsus muassasalar, pensiyani amalga oshirish mexanizmi hamda shu 
sohadagi davlat siyosatiniamalga oshirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy dastak va 
vositalarni qamrab oladi. O‘zbekistonda pensiya jamg‘rmasi aholini ijtimoiy 
himoyalash tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, chunki u
deyarli barcha fuqarolarning hayotiy manfaatlari bilan bog‘liq, fuqarolar mehnat 
qobiliyatlarini yo‘qotganlarida shu tizim orqali ijtimoiy himoya qilinadi. Aholini 
ijtimoiy himoyalash tizimida yolg‘iz qariyalar, pensionerlar va nogironlarning 
talablari va ehtiyojiga alohida e’tibor beriladi.
Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya o’zaro bog’liq bo’lib, ularni bir-
biridan ajralgan holda tasavvur qilib bo’lmaydi. 2019-yil – ”Faol investitsiyalar va 
ijtimoiy rivojlanish yili”da ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish uchun bir qancha 
vazifalar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev: 
“Pensiya va nafaqalarni tayinlash va to’lash tartibini qayta ko’rib chiqish, pensiya 
tizimini tubdan isloh qilish zarur. Xabaringiz bor, yaqinda ushbu masala bo’yicha 
Prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra, 2022-yil 17-avgustdan boshlab, 
ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar to’liq miqdorda to’lanishi belgilandi. 
Shuningdek, 2022 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlarini 
va ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga 11,7 
trln so‘m yo‘naltiriladi. 
Pensiya jamg‘armasiga transfertlar uchun 14 trln so‘m, ta’lim kreditlarini 
moliyalashtirishga 1 trln so‘m, Davlat tibbiyot sug‘urtasi jamg‘armasi xarajatlari 
uchun 600 mlrd so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. 
Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina 
sotib olish uchun xarajatlarga 1,7 trln so‘m yo‘naltiriladi. Ayni vaqtda nogironligi 
bo’lgan bolalar va ularning oila a’zolari, boquvchisini yo’qotganlarni o’n olti 
yoshgacha ijtimoiy muhofaza qilish masalasi doimo e’tiborimiz markazida turishi 
kerak. Umrini nogiron farzandiga qarash, uni parvarish qilishga bag’oshlagan 



onalar uchun alohida ijtimoiy nafaqa turini joriy etamiz”. 
1
O‘zbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza qilishga va kuchli ijtimoiy siyosat 
olib borishga qaratilgan davlat siyosati izchil amalga oshirilmoqda. Mazkur 
tamoyilning ahamiyati ijtimoiy ziddiyatlarning oldini olishga qaratilgani va 
mamlakat mustaqilligini saqlab qolishni zaruriy shartidir. O‘zbekistonda 2022-yil 
jamiyatimiz hayotidagi yangilanish jarayonlari va islohotlarni rivojlantirish va 
chuqurlashtirishning mantiqiy davomi bo‘lib, iqtisodiyotimizning salohiyati, 
barqarorligi va mutanosibligini mustahkamlash yo‘lida, eng muhimi, ijtimoiy 
himoyani kuchaytirishga va xalqimizning turmush darajasini yaxshilashga 
qaratilgan ishlarimizda yangi va yuksak bosqich bo‘ldi. Yurtboshimiz Shavkat 
Mirziyoev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga 
Murojaatnomasida yangi – 2018-yilga yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion 
g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili, deb nom berishni taklif etdi va 
natijada O’zbekistonda 2018-yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va 
texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi. 2018-yil 22-yanvarda 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining -5308-sonli
2
Farmoni qabul qilindi. 
Ushbu 
Farmonda 
“2017-2021-yillarda 
O’zbekiston 
Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini 
“Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash 
yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi qabul qilinib, ushbu dasturda 
aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi. 
Bunda, loyihada ajratiladigan mablag‘lar sarflanishi ustidan jamoatchilik 
nazoratini o‘rnatish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish bo‘yicha aniq 
mexanizmlar nazarda tutilsin;
3
2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish 
haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n 
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 28.12.2018. www.president.uz 
2
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, 
innovatsiong’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi 
to’g’risida”gi PF-5308-sonli Farmoni. 
3
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son 



barobaridan o‘n ikki barobarigacha oshirilsin. 
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti 
to‘g‘risida”gi 
Qonuniga
 quyidagi o‘zgartirishlar kiritilishini nazarda tutuvchi 
Qonun loyihasini kiritsin: 
ayollarga pensiya hisoblashda ularning bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish 
vaqtining hammasini jamlaganda ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan 3 yillik davrni 
6 yilga oshirish; 
bolalikdan nogironligi bo‘lgan bolalarga 18 yoshgacha qaralgan davrni 
pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shib hisoblash 
Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya o’zaro bog’liq bo’lib, ularni bir-
biridan ajralgan holda tasavvur qilib bo’lmaydi. 
Respublikamizda qabul qilingan byudjet parametrlarida qayd etilganidek
joriy ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishni davom ettirish, ko’rsatilgan ijtimoiy 
xizmatlar sifatini yaxshilash bilan bir qatorda, 2022-yilgi byudjet siyosati 
konsepsiyasida asosiy e’tibor byudjet harajatlarining ijtimoiy yo’naltirilganligini 
yanada kuchaytirishga, aholini manzilli qo’llab-quvvatlashga va byudjet 
tashkilotlarining ish haqilari, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy to’lovlar 
miqdorini bosqichma-bosqich oshirish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirishga 
qaratildi. 

Download 346.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling