Mundarija reja
-rasm. 2011-2016-yillarda pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan
Download 346.4 Kb. Pdf ko'rish
|
kurs iwi (2)
1-rasm. 2011-2016-yillarda pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan
fuqarolar soni va 2019-2024 yillardagi prognoz ko’rsatkichlari 9 O’tkazilgan tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, dunyoda o’rtacha pensiya yoshi erkaklar va ayollar uchun 62 yoshni tashkil etsa, O’zbekistonda bu ko’rsatkich 57,5 yoshni tashkil etadi (ayollar uchun 55 yosh, erkaklar uchun 60 yosh). 9 www.stat.uz. 23 3.Xorijiy mamlakatlarda Pensiya fondlari mablag’laridan foydalanish masalalari. 1990-yildan 2011-yilgacha bo’lgan davrda yoshga doir pensiya va boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari uchun to’lovlarga davlat xarajatlari XHTT mamlakatlarida YaIMga nisbatan 28 foizga tezroq o’sgan va YaIMdagi o’rtacha ulushi 6,2 foizdan 7,9 foizga ko’tarilgan. Davlat pensiyalari davlatning ijtimoiy ta’minot xarajatlarining aksariyat hollarda eng katta salmog’ini va davlat xarajatlarining o’rtacha 18 foiz ulushini egallaydi. XHTT mamlakatlari tarkibida Italiya mamlakat milliy daromadining eng katta qismini pensiya xarajatlariga yo’naltiradi, u 2011-yilda YaIMning 15,8 foizini tashkil etgan. Bundan tashqari Evropaning boshqa kontinental mamlakatlari: Avstriya, Frantsiya, Gretsiya va Portugaliyada YaIMning 13-14 foizini, Germaniya, Polsha, Sloveniyada 11 fozini tashkil etgan. Davlat pensiya xarajatlari mazkur mamlakatlar davlatning yalpi xarajatlarining 23-30 foizini tashkil etadi. Islandiya va Meksikada davlat xarajatlarida pensiyaning ulushi mos ravishda 2,1 va 1,8 foizni tashkil etadi. Koreyada esa 2,2 foizdir. Islandiya va Meksikaning aholisi tarkibida yoshlar ko’pchilikni tashkil etadi. Koreya pensiya tizimi esa hali etarlicha taraqqiy etmagan, mamlakatda pensiyaning daromadga bog’langan tizimi 1988-yilda joriy etilgan. Yangi yo’nalishli bazis pensiya faqat 2014-yilda joriy etilgan. Meksikada past xarajatlar ham pensiyalarning jamidagi salmog’i past bo’lishiga sabab bo’ladi (ishlovchilarning faqat 35 foizi). Islandiyada qarilik daromadining ko’pi majburiy kasbiy sohalar orqali ta’minlanadi va qarilik daromadlarini ta’minlashda davlat sektorining ahamiyati nisbatan katta emas. Buning ustiga pensiya yoshi mamlakatda 67 yosh qilib belgilangan. Avstraliya, Kanada, Irlandiya, Yangi Zelandiyada xarajatlar salmog’ining past bo’lishiga qulay demografik vaziyat ijobiy ta’sir qiladi. Biroq bu xarajatlar o’sishini past bo’lishidagi yagona omil emas, Turkiya XHTT mamlakatlari orasida yosh jihatdan ikkinchi yosh mamlakat bo’lishiga qaramasdan, mamlakat YaIMning 7,5 foizi davlat pensiyalarini to’lashga sarflanadi. Bu ko’rsatkich aholisi salmog’ida 65 yoshdan oshganlar salmog’i ko’proq bo’lgan Buyuk Britaniya, 24 Daniya, Niderlandiya, AQSh kabi mamlakatlarda Turkiyanikidan pastroqdir. Davlat pensiya xarajatlari 1990-2011 yillar oralig’ida XHTTning oltita a’zosida YaIMning o’sishiga mutanosib ravishda o’sib borgan: Kanada, Islandiya, Irlandiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Shvetsiya. Niderlandiya va Yangi Zelandiyada esa davlat pensiya xarajatlari milliy daromad o’sishiga nisbatan pastroq sur’atlarda o’sib borgan. Niderlandiyada bunga asosiy sabab davlat pensiyalariga nisbatan zaruratning qisqarishi va kasbiy pensiyalar ahamiyatining ortib borishi ta’sir ko’rsatgan. Yangi Zelandiyada pensiyaga davlat xarajatlarining 30 foiz qisqarishiga 1992-1994 yillarda bazis pensiya miqdorlarining muzlatib qo’yilishi va pensiyaga chiqish yoshining 60 dan 65 yoshga oshirilishi sabab bo’lgan. Boshqa qisqarishlar esa xususiy va kasbiy pensiya xarajatlarining oshishi hisobiga sodir bo’ldi. XHTTning oltita mamlakatida davlat pensiya sarflari mamlakat milliy daromadiga nisbatan ikki marta tezroq o’sgan 2011-yilda XHTTga a’zo bo’lgan 26 ta mamlakatda xususiy pensiya tizimlaridan pensiyaga to’langan to’lovlar YaIMning o’rtacha 1,6 foizini tashkil etgan. Bu yoshga doir pensiyalar bo’yicha to’lovlarga o’rtacha davlat xarajatlarining 1/5 qismiga tengdir. 1990- 2011 yillar oralig’ida xususiy pensiya to’lovlari miqdorlari YaIMning o’rtacha o’sish sur’atlaridan 38 foizga yuqori bo’lgan va bu borada davlat pensiya xarajatlarini ham ortda qoldirgan Xususiy pensiyalar XHTT mamlakatlarining yarmidan kamrog’ida xususiy pensiya tizimining majburiy yoki yarim majburiy ko’rinishda joriy etilishi orqali qamrovining kengayishiga erishilgan. Boshqalarida esa individual (personal) yoki ish beruvchi tomonidan ta’minlanadigan (occupational) ko’rinishdagi ixtiyoriy xususiy pensiyalar keng qamrovga ega. 2011-yilda Niderlandiyada xususiy pensiya to’lovlari YaIMning 5,8 foiziga teng bo’lgan va bu borada eng yuqori ko’rsatkichni qayd etgan. Davlat pensiya xarajatlari bilan birgalikda esa mamlakat YaIMining 11,2 foizini tashkil etgan. Shvetsariyada esa xususiy pensiya xarajatlari YaIMning 5,0 foiziga teng bo’lgan. Shvetsariyada xususiy pensiya to’lovlari belgilangan minimal miqdorlardan yuqori to’lovlarni o’z ichiga olishiga qaramasdan kasbiy pensiya rejalari majburiy 25 ravishda tashkil etilishi belgilangan. Kanada, Daniya, Islandiya, Buyuk Britaniya va AQShda xususiy pensiya to’lovlari mamlakat YaIMning 3,3-4,7 foiziga teng. Daniya va Islandiyani istisno qilganda, ularda xususiy pensiyalar ixtiyoriy bo’lishiga qaramay, kasbiy va shaxsiy rejalar qamrovi juda kengdir. Yaponiyada ham (xususiy pensiyalar ixtiyoriy) xususiy pensiyalar xarajatlarining salmog’i yuqori bo’lib, u YaIMning 2,7 foiziga tengdir. Islandiyada jami pensiya xarajatlarida xususiy pensiya xarajatlari 64 foizga teng va bu eng yuqori ko’rsatkichdir. 1990-yillarda Avstraliya, Estoniya, Meksika, Polsha, Slovakiya va Shvetsiya kabi mamlakatlar majburiy xususiy pensiyalarni joriy qilishdi. Ba’zi hollarda, ayniqsa, Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlarida majburiy va ixtiyoriy xususiy pensiya tizimlarining joriy qilinishi asosan yosh ishlovchilarga nisbatan tatbiq etilgan. Ularning aksariyatiga hali pensiya to’lovlari amalga oshirilmagan. Xususiy pensiyalar majburiy tartibda joriy etilishidan avvalroq ixtiyoriy va yarim- majburiy pensiya tizimi joriy etilgan Avstraliya va Shvetsiya mamlakatlarida xususiy pensiya to’lovlarining aksariyat qismi ixtiyoriy va yarim majburiy pensiya tizimlariga tegishlidir. Xususiy pensiya to’lovlari sur’atlarining o’sishi yuqori bo’lgan mamlakatlar dastlabki nuqtasida YaIMning 0,5 foiziga teng bo’lgan. Ammo bu erda Daniya, Islandiya, Shvetsiya va Shvetsariya bundan istisnodir. Keyinroq, kasbiy pensiyalar 1985-yildan boshlab majburiy ravishda joriy etilgach, pensiyalarning qamrov darajasi sezilarli darajada ortgan. Yoshga doir pensiyalarning har bir keyingi avlodida xususiy pensiyalarning o’rtacha qamrovi ortib borishi, hozirda xususiy pensiyalar vakolatlarining muntazam oshib borishiga ta’sir qilmoqda. Ko’plab XHTT mamlakatlari qarilikda xususiy pensiya rejalari orqali qarilik daromadlariga ega bo’lishi uchun qulay soliq siyosatini taklif qilishadi. Tez-tez, individual badallar daromad solig’i majburiyatlaridan to’liq yoki qisman chegirilgan va investitsion qaytimlar to’liq yoki qisman ozod etilgan bo’ladi. Ba’zi mamlakatlar pensiya to’lovlarida soliqdan ozod etishni taklif qilishad 26 Xulosa Xulosa qilib aytganda, Pensiya jamg’armasi faoliyatiga doir qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar: davlat pensiya ta’minoti tizimidagi qonunchilik bazasi va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish; pensiya tizimini takomillashtirish va davlat organlari hamda ularning joylardagi boshqarmalaribilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish; pensiya jamg’armasi daromadlari bazasini mustahkamlash; pensiya va ijtimoiy nafaqa to’lovlarini o’z vaqtida ta’minlash; Pensiya jamg’armasi tarkibiy bo’linmalarning moddiy-texnik bazasini sifatini va jihozlanganlik darajasini yaxshilash hamda davlat pensiya tizimidagi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish imkonini beradi, shuningdek, pensiya va ijtimoiy nafaqalarning to’g’ri, asosli va qonun doirasida tayinlanishiga va fuqarolarning ijtimoiy barqarorligini kuchaytirish xizmat qilmoqda. Bunday g’amxo’rlik va imtiyozlar davlatimizning pensionerlar ijtimoiy himoyasiga doimimy e’tiborining yaqqol ifodasidir. Pensiya jamg’armasi o’z faoliyatini tashkil etish va pensiyaga oid munosabatlarni tartibga solishda O’zbekiston Respublikasi milliy qonunchilik hujjatlari va zarur hollarda xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan davlatlararo bitimlar hamda xalqaro huquqiy hujjatlarga amal qiladi. Pensiya jamg’armasi o’zining ish faoliyatida asosan quyidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartib va qoidalarga asosan ish yuritadi: 1.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 2.O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. 3.O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. 4.O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi. 5. O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari va qonun osti hujjatlari. O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining “Davlat ijtimoiy sug’urtasi” deb nomlangan XVI bobda fuqarolarning pensiya ta’minoti va ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha huquqlari, shuningdek, davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha beriladigan nafaqalar, davlay pensiyalari, ularning turlari aks ettirilgan. Mehnat kodeksiga ko’ra: Yoshga doir pensiya sug’urta qilingan xodimlarga umumiy 27 asoslarda: erkaklar 60 yoshga to’lgan bo’lib, umumiy mehnat staji 25yildan kam bo;lmagan taqdirda, ayollar 55 yoshga to’lgan bo’lib, umumiy staji 20 yildan kam bo’lmagan taqdirda tayinlanadi; Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi mehnatda mayib bo’lish yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan boquvchining mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga, uning mehnat faoliyatining muddatidan qat’iy nazar tayinlamadi, agar u boshqa sabalar natijasida vafot etgan bo’lsa, shunga muvofiq keladigan umumiy mehnat stajiga qarab tayinlanadi, bunday mehnat stajining muddati sug’urta qilingan xodimninh vafot etgan kuniga qadar bo’lgan yoshiga bog’liq bo’ladi; Nogironlik pensiyasui qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan, sug’urta qilingan xodimlarga: mehnatda mayib bo’lganligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi tufayli mehnat faoliyatining muddatidan qat’iy nazar’ boshqa sabablar tufayli muddati sug’urtaqilingan xodimlarning nogironlik ro’y bergan vaqtdagi yoshiga bog’liq tegishki umumiy mehnat stajiga ega bo’lgan taqdirda tayinlanadi. O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi Pensiya jamg’armasining budjetini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag’ jalb qilish to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarini tartibga solidi va budjet tizimi budjetlari bilan o’zaro munosabatlari tartibini belgilaydi. Shuningdek, budjet kodeksining 37-moddasida Pensiya jamg’armasi fuqarolarining davlat pensiya ta’minoti ijtimoiy nafaqalar to’lash, kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlar bo’yicha xarajatlarni moliyalashtirishga yo’naltiriladigan majburiy to’lovlar, badallar, shuningdek, boshqa manbalardan tushadigan mablag’larni jamlashi hamda Pensiya jamg’armasining yuqori boshqaruv organi Jamg’armaning Kuzatuv kengashi ekanligi ko’rsatilgan. Pensiya Jamg’armasi daromadlari va xarajatlari tarkibi aks ettirilgan. Pensiya jamg’armasi faoliyati O’zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tashkiliy 28 tuzilmasini shakllantirish chora-yadbirlari to’g’risida”gi PQ-1252-sonli Qarori, O’zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada takomillashtirishga yo’naltirilgan normariv-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida” 252-sonli Qarori va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar asosiada tartibga solinadi. 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi qonuni Peniya jamg’armasidan tayinlanuvchi davlat pensiyalari va uylarga oid quyidagi munosabatlarni tartibga solidi: davlat pensiya ta’minotiga oid umumiy qoidalar; davlat pensiyalarining turlari; pensiyalar va o’rtacha ish haqi miqdorlarini hisoblab chiqarish tartibi; ish stajini hisoblab chiqarish va mehnat stajiga qo’shiluvchi mehnat faoliyati turlari; pensiyalarni tayinlash tartibi; pensiyalarni hisoblash va qayta hisoblash tartiblari; pensiyalarni to’lash tartiblarini belgilaydi. O’zbekiston Respublikasida pensiya turlari 3 ga bo’linadi: yoshga doir pensiya, boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi, nogironlik pensiyasi. O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining qariganda, mehnat qobiliyatini to’liq yoki qisman yo’qotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy ta’minlanishdan iborat konstitutsiyaviy huquqlarni ro’yobga chiqarish, davlat pensiyalarini yagona tizimini, ularni tayinlash, hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va to’lash tartibini belgilaydi. O’zbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu qonunda nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan pensiya bilan ta’minlash huquqiga egadirlar. Shuni ta’kidlash joizki, respublika hududidan tashqarida yashab turgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini pensiya bilan ta’minlash O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga egadizlar. Ish stajiga ega bo’lmagn fuqarolar va ularning oilalari ushbu qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar. Ularning ijtimoiy ta’minlanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling