Murodulla mirzaev


Rim imperiyasining bo'linishi


Download 1.97 Mb.
bet36/95
Sana05.01.2022
Hajmi1.97 Mb.
#220417
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   95
Bog'liq
O'quv qo'llanma-3

Rim imperiyasining bo'linishi

330-yilda Rim imperatori Buyuk Konstantin Vizantiyni poytaxt deb e'lon qilgan va uni “Yangi Rim” deb atagan. Buning bir qator sabablari bor. Birinchidan, quldorlik tuzumining yemirilishi oqibatida III asr oxiridan boshlab Rim imperiyasining sharqiy viloyati g'arbiy viloyatiga ko'ra iqtisodiy va siyosiy jihatdan ustunlik qila boshlagan. Ko'p asrlik tarixiy rivojlanish natijasida iqtisodiy taraqqiyot darajasi va buning natijasida sharqiy viloyatning imperiya iqtisodiy va siyosiy markaziga aylana borishi kuzatilgan.

Ikkinchidan, yangi poytaxtning Qora dengizdan O'rta yer dengiziga o'tadigan muhim savdo yo'lida joylashganligi asosiy savdo mahsuloti bo'lgan nonni chekka davlatlarga sotish imkonini bergan.

Uchinchidan, Rimda ro'y berib turgan doimiy taxt talash urushlari hokimiyatning bitta markazda to'planish zaruratini keltirib chiqargan. Raqiblarini bunday fuqarolik urushlarida yenggan Konstantin o'ziga bo'ysunadigan poytaxtga asos solgan. Itoatda ushlab turishni qulaylashtirish maqsadida diniy omildan foydalangan va xristianlikni yagona rasmiy dinlardan biri deb e'lon qilgan. Shu sabab Konstantinopolь davlat dini maqomiga ega bo'lib, dunyo xristianligining markaziga aylanib qolgan, hozirgacha ham shunday.



Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling